avtomobilni boshqarishda, davolash muolajalari, sport bilan shug’ullanish paytida
va boshqa hollarda uchrashi mumkin. Bunday vaqtda, ayniqsa, zo’raki o’limga
shubha tug’ilganida sinchiklab tergovdan o’tkaziladi va har xil turdagi ekspertiza
tayinlanishi tavsiya qilinadi. Birinchi navbatda is gazi bilan zaharlanish, kislorod
etishmasligidan
asfiksiya, elektr tokidan jarohatlanish va boshqalar haqida fikr
tug’iladi.
Ishlab chiqarishda baxtsiz hodisa tufayli o’lim kuzatilganda murda topilgan
joyda ish to’xtatiladi. Tuzilgan komissiya voqea sodir bo’lgan joyda o’limning
sababini aniqlashga kirishadi. Havodan sinama olinadi, elektr simlari va asboblari
ko’zdan kechirilib,
ishchilar, texnik xodimlar va boshqalar so’roq qilinadi.
To’satdan o’limda o’limning zo’raki xarakterga egaligiga katta shubha
tug’ilganda, ayniqsa o’ta xavfli kasbda ishlovchilar,
masalan shaxtalarda
qutqaruvchilar, sinovchi-uchuvchilar, g’avvoslar, cho’qqiga chiquvchilar va
boshqalarda bunday holat ko’zga tashlanadi. Biroq bunda odatda to’satdan o’lim
yuzaga kelishiga gumon qilinmaydi, chunki bunday mutaxassislarni tanlashda juda
yuqori talab qo’yiladi va ularning sog’lig’i sinchiklab tekshiriladi. Shuning uchun
ham, ularni alohida tibbiy ko’rikdan o’tkazilibgina qolmasdan, balki ular maxsus
fiziologik tekshiruvdan ham o’tkaziladi.
Davolash muolajalari paytidagi to’satdan o’lim ko’pincha
atrofdagilarga
tibbiy xodimning noto’g’ri harakati sifatida qaraladi. Bunday hollar sinchiklab
ekspertiza o’tkazishni talab qiladi. Buerda o’lim odatda asosiy kasallikdan yuzaga
kelib, faqat vaqtiga qarab diagnostik yoki davolash muolajalariga to’g’ri keladi.
Masalan, 57 yoshli ayol tishini oldirish paytida xushini yo’qotadi va
birdaniga o’ladi. Murdani kesib ko’rishda bosh miya moddasida keng qon quyilish
gipertoniya kasalligi natijasida aniqlaniladi. Biroq marhumning eri stomatologning
ta’siri bilan uning xotini o’limi o’rtasida shubhasiz bog’lanish borligi tufayli
vrachni javobgarlikka tortilishi zarurligi to’g’risida shikoyat qilgan.
To’satdan o’lim qandaydir dorini yuborishda
uni yuboriluvchi shaxs
ko’taraolmagani natijasida sodir bo’lishi mumkin. Bunday hollarda sud tibbiyoti
tashxisining to’g’ri qo’yilishi juda muhimdir.
553
Sport bilan shug’ullanayotganda to’satdan o’lim hollarida odatda zo’raki
o’lim haqida har xil taxminlar va katta taajjublanish tug’iladi. Ba’zan o’lim
yashirin kasallik bilan bog’langan bo’lib, u tibbiy ko’rik paytida topilmagan va
bemorga sport bilan shug’ullanishga ruxsat berilganligi tufayli yuzaga kelishi
mumkin. Ko’pincha ko’zdan kechiriluvchi qandaydir sabab bilan o’zining
shikoyatini yashirishi tufayli kasallik tashxisini qiyinlashtiradi. Bundan tashqari,
bemorlar tibbiy ko’rikdan
bosh tortib, hech bir ruxsatsiz sport bilan
shug’ullanadilar.
Sud tibbiyoti amaliyotida haddan tashqari fizik kuchlanish va emotsional
qo’zg’alish (musobaqalardan oldin) natijasida kuchli chiniqqan kishilarning
to’satdan o’lish hollari ham uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: