Tibbiyot instituti talabalari uchun



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet437/577
Sana14.02.2022
Hajmi6,49 Mb.
#448516
1   ...   433   434   435   436   437   438   439   440   ...   577
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

Yo’ldosh kasalliklar
– bu mustaqil nozologik birliklar bo’lib, asosiy 
kasalliklar bilan bir vaqtda uchrasa-da yoki unga qo’shilib kelganda ham uning 
asoratlari bilan etiologik va patogenetik bog’lanmagan, ya’ni to’satdan topilgan 
kasalliklardir. Ba’zan ular asosiy kasalliklar yoki jaroxatlanishlarni o’tishini 
og’irlashtiradi. Yo’ldosh jaroxatlanishlar boshqa jarohatlovchi faktorlar bilan 
etkazilib, asosiy jarohatlanishlardan avval boshqa voqea natijasida sodir bo’ladi. 
Masalan, marhumning ko’kragidan teshib o’tuvchi o’k orqali yuragi va o’ng 
o’pkasining jarohatlanishi (asosiy jarohatlanish) tufayli qo’l panjalari va yuzida 
shilinishlar hamda qontalashlar (yo’ldosh jarohatlanishlar) paydo bo’lishi.
502


Ayrim hollarda davolanish davomida asosiy va yo’ldosh jarohatlanishlar 
agar yuldosh kasalliklarning o’tishi birdaniga og’irlashsa va o’limga olib keladigan 
taqdirda o’z o’rinlarini almashtirishi mumkin. Masalan, jabrlanuvchi kuyishdan 
jarohatlanish tufayli kasalxonaga yotqazilgan, kuyish tananing 5 foiz yuzasini 
egallab, kuyish kasalligi nisbatan engil o’tganda. Kasalxonada bo’lgan paytda 
undagi yurakning surunkali ishemik kasalligi (yo’ldosh kasalligi) kuchaysa, 
miokard infarkti rivojlanib o’limning sababchisi bo’lganda va boshqalar. Bunday 
holda oxirgi klinik va sud tibbiyoti tashxislarida asosiy kasallik sifatida yurakning 
surunkali ishemik kasalligi, yo’ldosh kasallik sifatida esa kuyishlar ko’rsatilishi 
zarur.
Tashxisning birinchi bo’limi (asosiy jarohatlanish) ning shakllanishida 
jarohatlanish turi ko’rsatiladi. Masalan, «Avtomobildan jarohatlanish», 
«Balandlikdan yiqilishdan jarohatlanish», «O’tmas vositaga urilishdan 
jarohatlanish» va boshqalar. Buning muhimligi jaroxatlanish turini ilmiy 
asoslashda va sud tibbiyoti ekspertizasi hisobotlarida alohida ahamiyatga egadir. 
Jarohatlanish turining nomi tashxisda birinchi o’rinda ko’rsatiladi. Ekspert 
tomonidan jaroxatlanish turini aniqlash imkoniyati bo’lmasa, tashxis uni turini 
ko’rsatilmagan holda shakllantiriladi.
Keyinchalik tashxisning bu bo’limida jarohatlanish xarakterining 
umumlashtirilgan ifodasi beriladi. Bu jarohatlanishning mohiyati uning bosh 
xususiyatlari va asosiy joylashuvi haqidagi vrachning qisqacha xulosasi 
hisoblanadi. Umumlashtirilgan ifodasida ko’pchilik yoki bir-biri bilan qo’shilib 
keluvchi jarohatlanishlar ko’rsatilishi zarurdir. Masalan, «Qorin bo’shlig’ining 
ko’p joyidan o’tmas jarohatlanishi» yoki «Ko’kragi, qorni, chanog’i va 
oyoqlarining bir-biri bilan qo’shiluvchi o’tmas jarohatlanishi». Bunday ta’rif 
tergovchi, davolovchi vrach va sog’liqni saqlash organlarining boshqa vakillariga 
bu tashxisni o’qishda jaroxatlanishni mohiyati, uning asosiy xususiyatlari va asosiy 
joylashuvi, shuningdek ekspertga o’limning sababi haqidagi savolga aniq va to’liq 
javob berishni belgilashda yordamlashadi.
Ayrim jarohatlanishlarda ko’pincha jaroxatlanishning turi, mohiyati va 
503


o’ziga xos xususiyatlari, ta’rifi bir-biriga to’g’ri keladi va birgina jumla bilan 
ifodalanishi mumkin. Masalan: «Ko’krakning chap tomonida o’q bilan teshib 
o’tuvchi yaraning bo’lishi», «Bo’yindagi kesilgan yara tufayli hiqildoqning 
jarohatlanishi».
Yuqorida ko’rsatilgan umumlashtirilgandan keyin ko’pgina va bir-biri bilan 
qo’shilgan jarohatlanishlardan keyin aniq davomlilikda guruhlangan topilgan 
jaroxatlar va ularning yaqin oqibatlari sanaladi. Ayniqsa bir-biri bilan qo’shiluvchi 
jarohatlanishlarni tananing qismlarga bo’lib o’rganilishi qulay va to’g’ri 
hisoblanadi. Bunday sanalish tananing o’limga olib keluvchi qismidagi 
jarohatlanish (tanatogenetik printsip) dan boshlanishi zarur.
Shunday qilib, sud tibbiyoti tashxisi (asosiy jarohatlanish) birinchi 
bo’limining sxemasi quyidagilarni o’z ichiga oladi:
1) jarohatlanish turi;
2) jarohatlanish xarakterining umumlashgan ifodasi;
3) regional va tanatogenetik qoidani hisobga olib guruhlangan topilgan 
jarohatlanishlar va ularning yaqin oqibatlarining ro’yxati.
O’tmas jarohatlanishda ushbu sxemani hisobga olganda tashxisning birinchi 
bo’limini ifodalashda (transportdan jarohatlanish, balandlikdan tushib ketish va 
boshqalar) jarohatlanishning ko’pligi, tananing har xil qismlarida joylashuvi, bir 
xil jarohatlovchi faktorning bir vaqtda ta’siri natijasida sodir bo’ladigan bunday 
jarohatlanishlar tashxisning birinchi bo’limiga kiritilishi mumkin (asosiy 
jarohatlanishga), biroq ularning oqibatini ahamiyati har xil bo’lishi mumkin.
Bir xil jarohatlanishlarda tashxis birinchi bo’limining ifodasi nisbatan oddiy 
bo’ladi. Masalan, bitta chap son suyagining yopiq bo’laklanib sinishi, o’pka va 
bosh miyaning yog’li emboliyasi; bitta o’ng o’pkaning yopiq yorilishi, o’ng 
tomonlama gemopnevmotoraks; bitta ingichka ichak tutqichi ildizini sanchib 
kesilgan yaralanishi, qorin bo’shlig’iga qon yig’ilishi va boshqalar. Bunday 
hollarda «alohida», «birgina», «bir» terminlarni tashxisni ifodalashda yozmasa 
ham bo’ladi.
Ko’plab va bir-biri bilan qo’shilgan jarohatlanishlarda tashxisni tuzish ancha 
504


murakkabroqdir.
Tashxisni ifodalashda uning har bir bo’limini xat boshidan ajratib yozilgani 
ma’qul, biroq xirurgik muolajalarni ko’rsatishda «Operatsiya» so’zi sarlavhacha 
shaklida yozilishi maqsadga muvofiqdir.
Ayrim to’satdan o’lim hollarida bir yoki bir necha og’ir kasallik murdani 
tekshirishda topilganda har doim ham asosiy kasallikni ajratish imkoniyati 
bo’lavermaydi. Ko’pincha har xil kasalliklar va jarohatlanishlar (masalan, o’yuvchi 
zaharli moddalar bilan zaharlanganda va balandlikdan tushib ketish natijasida og’ir 
yopiq jarohatlanish) aniqlanilganda topilgan jarohatlanishlar raqobatlashuvchi 
asosiy kasalliklar (jaroxatlanishlar) sifatida baholanadi.
Raqobatlashuvchi kasalliklar deb, ikki yoki undan ortiq nozologik turlardan 
birini to’g’ridan to’g’ri yoki o’zini asoratlari orqali o’limga olib kelishiga aytiladi. 
Shuni aytish zarurki, bunda hech bir kasalliklar o’rtasida raqobatlanish 
bo’lmasdan, balki ular bir xil yo’nalishda ta’sir qiladi va bir birini ta’sirini 
og’irlashtiradi.
Sud tibbiyoti o’tkazish qoidasida sud tibbiyoti ekspertizasi faqat tergov va 
sud organlari faoliyatiga yordam beribgina qolmasdan sog’liqni saqlash 
organlariga ham aholiga sog’liqni saqlash sifatini yaxshilashda xizmat qilishi ham 
ko’rsatilgan.
Shuning uchun ham sud tibbiy ekspertlari va barcha sud tibbiyoti ekspertiza 
xodimlarining eng muhim vazifalaridan biri diagnostika va davolashdagi qo’pol 
kamchiliklarni topish va sog’liqni saqlash rahbariyotiga o’z vaqtida xabar 
berishdan iboratdir. Bunday vazifalarni ekspertlar asosan jabrlanuvchi biroz 
muddatda kasalxonada bo’lib o’lganda uning murdasini sud tibbiyotida 
tekshirilayotganda amalga oshiradi.
Klinik va sud tibbiyoti tashxisini solishtirish ekspertga diagnostik 
xatoliklarni aniqlash imkoniyatini beradi. Klinik va sud tibbiyoti tashxisining bir 
biriga to’g’ri kelmasligida oxirgi klinik tashxis bilan murdani kesib ko’rishda 
topilgan nozologik birlikning har xilligi, etiologiyasi noto’g’riligining 
aniqlanilishi, hayotiylik davrida jarohatlanish yoki kasallik jarayonining 
505


joylashuvini umuman o’rganilmaganligi ko’zga tashlanadi. Ayrim hollarda asosiy 
kasalliklarning tashxisi bir-biriga to’g’ri kelganda ham muhim asoratlari yoki 
muhim yo’ldosh kasalliklari bir-biriga to’g’ri kelmasligi mumkin.
Tashxis qo’yish, davolash va tibbiyot hujjatlarida yo’l qo’yilgan 
kamchiliklar kliniko-anatomik konferentsiyalarda muhokama qilinadi. Bunday 
konferentsiyalarda klinik va murdani kesib ko’rish natijalarini har tomonlama 
tahlil qilish tufayli muhokamaning mohiyati va o’ziga xos xususiyatlari, tashxis 
qo’yishdagi xatolikning sabablari, davolashdagi kamchiliklar, bemor o’limining 
sabablari o’rganiladi. Tibbiy yordam ko’rsatish va tibbiyot hujjatlari to’g’risidagi 
kamchiliklar barcha hollarda sog’liqni saqlash organlari faoliyatida o’limning 
oqibatlarini o’rganuvchi komissiyalar tomonidan ko’rib chiqiladi. Jinoiy ish 
qo’zg’atilgan taqdirda, sud tibiyoti ekspertizasi komissiyasi bu vazifani amalga 
oshiradi.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   433   434   435   436   437   438   439   440   ...   577




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish