Bog'liq sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1
15.13. Homila va chaqaloqlar murdasini sud tibbiyotida tekshirish 15.13.1. Homila va chaqaloqlar murdasini tekshirishda echiladigan asosiy masalalar Homila va chaqaloqlar murdasini tekshirish murdani kesib ko’rish
qoidalariga hamda maxsus savollarni echilishiga ko’ra ham kattalarnikidan keskin
farqlanadi. Bunda odatda tergov organlari sud tibbiyoti eksperti oldiga quyidagi
savollarni qo’yadi:
1. Tug’ilgan bola chaqaloqmi?
2. U etilganmi?
3. Ona qornida yashash davomliligi qanaqa?
4. Bola tirik yoki o’lik tug’ilganmi?
5. Chaqaloq yashash qobiliyatiga egami?
6. Tug’ilgandan keyingi hayotining davomliligi qanaqa?
7. Chaqaloqqa kerakli yordam ko’rsatilganmi va u parvarishlanganmi?
8. Chaqaloq o’limining sababini ko’rsating?
506