Kaliy bixromat sinamasi
(Arxangelova sinamasi). Bu ham xuddi
yuqoridagi sinamaga o’xshash bo’lib, bunda kaliy permanganat eritmasi o’rniga
kaliy bixromatining 0,3 foizli eritmasi qo’llaniladi. Agar alkogol bo’lsa kaliy
bixromati qaytarilib xrom oksidi tuzi hosil bo’ladi va eritmaning sariq rangi
o’zgarib yashil rangga aylanadi.
Indikator naychasi sinamasi
(Maxova L.A. va Shinkarenko I.P. sinamasi).
Chiqariluvchi havoda alkogol borligini aniqlashda maxsus indikator naychasi keng
qo’llaniladi (98-rasm). Naycha ichida xrom angidridining sulfat kislotasida
shimdirilgan kimyoviy inert silikageldan tuzilgan reagent bo’ladi. Etil spirtining
bug’i reagentga ta’sir qilib uning sarg’imtir rangini o’zgartirib yashil rangga kiradi,
chunki bunda alkogol oksidlanib xrom ionlarining qaytarilishi kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |