Tibbiyot instituti talabalari uchun


Jinoiy abortning sud tibbiyoti ekspertizasi



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet344/577
Sana14.02.2022
Hajmi6,49 Mb.
#448516
1   ...   340   341   342   343   344   345   346   347   ...   577
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

Jinoiy abortning sud tibbiyoti ekspertizasi
Voqea sodir bo’lgan joyni o’z vaqtida va sinchiklab kuzatish natijasida u 
erda topilgan narsalar – kateterlar, rezinali ballonchalar, suyuqligi bor idishlar, 
doriga mo’ljallangan ampulalarga qarab, shuningdek to’shaklaridagi qon dog’lari, 
sochiqlari, lattalar, tog’oralar, chelaklarga qarab o’tkazilgan abortni usuli 
to’g’risida tasavvurga kelish mumkin. Shuni eslatib o’tish lozimki, ba’zan abort bir 
joyda qilingan bo’lsa, boshqa joyda u o’zini yomon sezishi va uchinchi joyda o’lib 
qolishi mumkin. Bunda har uchala joy ham ko’zdan kechirilishi zarur.
Jinoiy abort natijasida o’lgan ayol murdasini ko’zdan kechirishda unda 
homiladorlik alomatlari borligini qidirishga to’g’ri keladi. Tashqi ko’zdan 
kechirishda jinsiy yoriqlarida ajralishlar, shilinishlar va qontalashlar topilishi 
mumkin.
Tug’ish yoshidagi ayollar to’satdan o’limining holati noma’lum bo’lganda 
bunday ayollarning o’ligini kesib ko’rishda havo emboliyasini tekshirish sinamasi 
o’tkaziladi. Bunda havo faqatgina yurakning o’ng tomonidagina emas, balki pastki 
387


kovak venada va bachadondan ketuvchi venalarda ham topilishi mumkin. Murdani 
ichki tekshirishda jinoiy abortning boshqa belgilari ham, jumladan qin devori va 
bachadon devori va bo’ynining jarohatlanishi, yot jismlar, suyuqliklar, ba’zan 
yo’ldoshning ko’chishi, homila urug’i va uning qismlarini yo’qligi ko’zga 
tashlanadi.
Qonunsiz abortga shubha tug’ilganda ayollarning sud tibbiyoti ekspertizasi 
doimo akusher-ginekologlar ishtirokida komission holda o’tkaziladi. Bu ko’zdan 
kechiriluvchi shaxsini aniqlash va so’roq qilishda tuzilgan hujjatlardan boshlanadi. 
Ayol bilan suhbat vaqtida ishning holati aniqlanilib, ginekologik anamnez 
yig’iladi. Shuningdek, qorinning oq chizig’idagi pigmentlanish darajasiga hamda 
sut bezlarining holatiga (kattalashganligi va so’rg’ichlaridagi ajralmalariga) 
ahamiyat beriladi.
Ginekologik ko’zdan kechirishda tashqi jinsiy organlar shilliq pardasining 
holati va rangi, jarohatlanish (shilinish va qontalashlar) borligi, jinsiy organlardagi 
ajralmalar va qizlik pardasining holati o’rganiladi. Agar qizlik pardasi buzilgan 
bo’lsa, oyna orqali qinning shilliq pardasi va bachadon bo’yni hamda unda 
shilimshiqli tiqin borligi ko’zdan kechiriladi. Siydik chiqaruv yo’li, qini va 
bachadon bo’ynidan tekshirish uchun surtma olinadi. Shundan keyin ichki jinsiy 
organlari ginekologik tekshiruvdan o’tkaziladi. Bunda bachadonning kattaligi, 
konsistentsiyasi va harakatchanligi, qo’shimcha qismining holati o’rganiladi.
Jinoiy abortning sud tibbiyoti tashxisida har xil laboratoriya tekshiruv 
usullaridan foydalaniladi. Ular orasida bachadondagi ajralmalar va to’qimalarni 
gistologik tekshiruv usuli keng qo’llaniladi. Bundan tashqari, siydik va qonni 
bioximik tekshirish, ajralmalar va qonni bakteriologik o’rganish, voqea sodir 
bo’lgan joydan olingan predmetlardagi ashyoviy dalillarni biologik aniqlash, jinoiy 
abort o’tkazilgan joyda topilgan poroshok va suyuqliklarning qoldig’i hamda ichki 
organlar, bachadon bo’shlig’idagi narsalarni sud-kimyoviy usulida tekshirishlar 
alohida ahamiyatga egadir. Shuningdek sut bezlari shirasi va boshqa ajralmalar 
tarkibini tsitologik usulida o’rganish ham katta o’rin egallaydi.
388



Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   340   341   342   343   344   345   346   347   ...   577




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish