Zo’rlashni sud tibbiyoti ekspertizasi.
Zo’rlash bu yuridik tushuncha
hisoblanadi, chunki buning asosida qasddan jinoyat qilish yotadi.
Zo’rlashga shubha tug’ilganda ekspertiza o’tkazishda sud tibbiyoti
ekspertining vazifasiga jinsiy aloqa qilganlikni aniqlash, zo’rlash belgilarini topish,
ayollar uchun jinoyatning tibbiy oqibatlarini baholash (homiladorlikni, sog’lig’ini
buzilishi va tanosil kasalliklarni yuqtirganligini) masalalari kiradi.
Ekspertiza tayinlash to’g’risidagi tergovchining qarori bilan tanishilgandan
keyin ayol kishi so’roq qilinadi. Bunda zo’rlanish holati to’lig’icha talqin qilinib,
qaerda, qachon (sutkaning qaysi vaqtida, qanday yorug’likda), kim, qanday va
nima qilganligi (kiyimi echilganligi, jabrlanuvchi va o’zidan qaysisi oldin
echilganligi, qiniga jinsiy organning tiqilganligi), jabrlanuvchining og’riq
sezganligi va qo’rqqanligi hamda jinsiy aloqadan keyin qanday ajralmalar
chiqqanligi kabi holatlar aniqlaniladi. Keyin jabrlanuvchining qarshilik ko’rsatish
turi va darajasi (kurashganligi, qichqirganligi, yordamga chaqirganligi va
boshqalar); voqea sodir bo’lganda birdaniga murojaat qilganligi; qarshilik
ko’rsatish paytida qanday tan jarohati olganligi va zo’rlovchi tanasida qanday
belgilarni izlash mumkinligi ko’rsatiladi. Shuningdek ginekologik anamnez
390
yig’iladi.
Ayol kishini ko’zdan kechirishda u to’lig’icha echiladi. Jabrlanuvchining
tanasida shilinishlar, tirnalishlar, qontalashlar, ba’zan yaralar ko’rinadi. Ular ko’p
miqdorda yuzi, bo’yni, sut bezlari, soni, dumbasi va tashki jinsiy organlarida
topiladi.
Tashqi jinsiy organlari va ularning atrofida sochlar, qon va urug’ suyuqligi
ko’zga tashlanishi mumkin. Agar jinsiy aloqa qilish paytida qizlik pardasi buzilgan
bo’lsa, uning yirtilganligi kuzatiladi. Ba’zan qin devorining yirtilishi va yorilishi,
chotining yorilishi uchraydi. Bunday jarohatlanishlar avvallari jinsiy aloqada
bo’lib turadigan ayollarda ham bo’lishi mumkin.
Maxsus akusher-ginekologik ko’rikdan keyin jabrlanuvchining siydik
chiqaruv yo’li, qini va bachadon bo’ynidan surtki olinishi zarur.
Sochni va qov, choti va soni terisidan yuvindi olib tekshirilganda, qinidan
olingan surtmadan spermatozoid topilmaganda, u erlarda spermatozoidlar
aniqlaniladi va jinsiy aloqadan 5-10 sutka o’tgandan keyin ham topilaveradi
(Kuznetsov P.A., 1980).
Barcha topilgan jarohatlanishlarni ekspert yordamida baholashda juda
ehtiyotkorlik zarur, chunki zo’raki jinsiy aloqa qilishning ishonchli belgilari aniq
emas. Yuqorida ko’rsatilgan jarohatlanishlarning ko’pchiligi jinsiy aloqa ixtiyoriy
bo’lganda ham kuzatilishi mumkin.
Jabrlanuvchidan tashqari, shubhalanuvchi zo’rlovchi ham ko’zdan
kechiriladi va tekshiriladi. Bunda u to’lig’icha echib ko’riladi. Uning tanasida
o’zini himoya qilgan ayolning belgilari tirnalishlar, shilinishlar, qontalashlar,
tishlangan izlari topilishi mumkin. Odatda bunday jarohatlanishlar uning yuzida,
tanasining ochiq qismida va boshqa qismlarida, shuningdek jinsiy organida ham
kuzatiladi. Ko’pincha jinsiy organlar terisida sochlar, qonning izi topiladi. Erkaklar
jinsiy organi boshidan va preputsial xaltacha suyuqligidan tamg’a olib
tekshirilganda spermatozoid, eritrotsitlar, qin epiteliyasi hujayralari va mikroblarni
aniqlash mumkin (Shalaev N.G., 1966). Siydik chiqaruv yo’lidan olingan surtmada
spermatozoidlar ko’zga tashlanadi. Ba’zan tirnog’ining tagida bor narsalardan qon
391
va qindagi elementlar aniqlanishi mumkin.
Jabrlanuvchi va shubhalanuvchining kiyimlarini sud tibbiyoti eksperti
yaxshilab ko’zdan kechiradi. Agar unda jarohatlanish, qon hamda sperma izlari
borligiga shubha tug’ilsa kiyimni sud tibbiyoti laboratoriyasiga tekshirish uchun
jo’natgan tergovchiga ekspert o’z vaqtida xabar berishi zarur. Zo’rlash joyida
kurashish, himoyalanish hamda jinsiy aloqa qilish yoki unga urinish belgilari,
jumladan uzilgan tugmalar, to’qalar, kuylakning ilgagi, qon, soch, sperma va
boshqalar topilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |