Tibbiyot instituti talabalari uchun



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet337/577
Sana14.02.2022
Hajmi6,49 Mb.
#448516
1   ...   333   334   335   336   337   338   339   340   ...   577
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

14.3.3. Qizlik holatini aniqlash
Bunday sud tibbiyoti ekspertizasi nomusiga tegish va urinish hollari, yosh 
bolalarga nisbatan jinsiy buzuqilik qilish va boshqa ayrim holatlarda amalga 
oshiriladi.
Qizlik holatining asosiy ko’rsatkichlaridan biri buzilmagan qizlik 
pardasining bo’lishidir. Xotin-qizlarda jinsiy aloqa natijasida qizlik pardasi 
butunligining buzilishiga defloratsiya deyiladi. Qizlik pardasini barmoq bilan yoki 
xirurgik operatsiya paytida buzilishi bunga kirmaydi.
Qizlik pardasi qinga kirish joyida joylashib, uning shakli, qalinligi, zichligi 
va cho’ziluvchanligi juda turli tuman bo’ladi. Qizlik pardasining shakli uning 
yuzasi, chetlarining erkinligi va teshiklarining soniga qarab aniqlaniladi. 
Chetlarining erkin shakli tishsimon, bo’lakchali yoki qiyqimsimon, spiralsimon, 
ustunsimon shaklida ko’rinadi. Bundan tashqari, qizlik pardasida bir, ikki yoki 
birnecha teshikchalar borligi ko’zga tashlanadi. Odatda qizlik pardasida bitta teshik 
379


bo’lsa, uning diametri 2-2,5 sm bo’lib, qiz bolalarda kichiqroqligi aniqlanadi.
Qizlik pardasi shakllarining tasnifi ko’pgina bo’lib, ular ichida sud tibbiyoti 
ekspertizasi uchun ancha qulayi M.G.Serdyukov (1964) tomonidan taklif qilingan 
tasnif hisoblanadi. U qizlik pardasini 3 turga bo’ladi:
1) odatda ko’proq uchraydigan turi (halkasimon, yarimoysimon, naysimon, 
voronkasimon, labsimon, pushtaksimon, valiksimon);
2)
odatda kamroq uchraydigan turi (bo’lakchali, popuksimon, 
spiralsimon, gulbargsimon, tishsimon, ustunsimon);
3)
alohida turlari (ikki tabaqali yoki chegaralangan, yarim 
chegaralangan, teshilmagan, panjarasimon).
Ginekologik kursida ko’zdan kechirishda qizlik pardasining shakli, kengligi, 
qalinligi, erkin chetlarining xarakteri va unda yangi hamda eski jarohatlanishlar 
borligi yozilishi zarur. Bundan tashqari, qizlik pardasidagi teshiklar soni, ularning 
shakli va kattaligi, shuningdek ularning qisqarishiga alohida ahamiyat beriladi. 
Barcha ishlar qizlik pardasini jarohatlab qo’ymasligi uchun juda ehtiyotkorlik bilan 
amalga oshirilishi zarur.
Qizlik pardasini baholashda uning erkin chetlaridagi o’yilgan joylarni 
yirtilgan deb almashtirib xatoliklarga yo’l qo’yilishi mumkin. Qizlik pardasining 
jarohatlanishi bir yoki birnecha yorilish yoki yirtilishlar ko’rinishida bo’lib, 
ko’pincha uning asosigacha borishi mumkin. Ularning joylashishi soatdagi 
raqamlarga qarab yoziladi. Qizlik pardasining yirtilishi ko’pincha soatdagi 5-7 
raqamlarga to’g’ri keladi.
Qinning kirish joyida jinsiy aloqa qilish tufayli qizlik pardasi buzilmaganda 
ham homiladorlik holati bo’lishi aniqlangan. Ayrim xotin-qizlarda qizlik pardasi 
tuzilishining anatomik xususiyatlariga ko’ra qizlik pardasi buzilmasdan ham jinsiy 
aloqa qilish hollari ham kuzatiladi.
Birinchi kunlari qizlik pardasining yirtilgan chetlaridan qon ketishi
yallig’langanligi, ba’zan unda fibrin ipchalari va yosh biriktiruvchi to’qima 
ko’rinadi. Yara bitgandan keyin uning o’rnida 10-20 kundan keyin chandiq 
topiladi. 3 hafta o’tgandan keyin qizlik pardasining buzilish vaqtini aniqlab 
380


bo’lmaydi.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   333   334   335   336   337   338   339   340   ...   577




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish