84-rasm. Boshi va yuzini nur bilan o’tkir jarohatlashi. Jabrlanuvchi
40 minut ichida 11000 r olgan. O’lim 6 yildan keyin
yiringli meningoentsefalit bilan asoratlanuvchi miya o’ng
peshona qismi abstsessidan sodir bo’lgan (Guskova A.K.
va Chechelashvili M.Ya. kuzatuvi)
a – nurlanishdan 2 oy o’tgandan keyin bemor
boshining ko’rinishi; o’ng ko’z olmasining
atrofiyasi;
b – murdaning boshi; peshona yumshoq
to’qimasining nekrozi.
Surunkali nur kasalligi nur energiyasini uzoq muddatda kam dozada ta’sir
qilganda, shuningdek o’tkir nur kasalligi oqibatida kuzatiladi.
Nur kasalligidan o’limda qon ishlab chiquvchi organlaridagi distrofik
o’zgarishlar, ko’plab qon quyilishlar, har xil to’qimalarda distrofik va nekrobiotik
o’zgarishlarning topilishi muhim xarakterli patomorfologik belgilar hisoblanadi.
Qon ishlab chiqaruvchi organlardagi distrofik o’zgarishlar suyak iligining
282
Do'stlaringiz bilan baham: |