@Mahmud_Yazdanov +998913182468
tashlanadi. -Boshga dezinsektsiyalash
eritmasi surtiladi, polietilen ro‘mol va ustidan sochiq bilan o‘rab bir
necha soatga qoldiriladi. -Ro‘molni echib sochlarni iliq ohar suv bilan, keyin esa shampun yordamida yuviladi.
-Sochlar quritiladi va ilitilgan 6% uksus kislotasi eritmasi surtiladi. -Yana polietilen ro‘mol va sochiqo‘rab 20
daqiqaga qoldiriladi. -Sochlar iliq ohar suv bilan yuviladi va sochiq yordamida quritiladi. -Bemorni boshini oq
qogoz ustida engashtirib yaxshilab taraladi va takroran ko‘rikdan o‘tkaziladi. -Kesilgan sochlar va ishlatilgan
qogoz yoqib yuboriladi. -Bemorning
kiyimlari, ishlatilgan buyumlar va maxsus kiyim polietilen qopga solib
dezinfeksiya kamerasiga jo‘natiladi. -Taroq va qaychi 70% spirt bilan artiladi, xona esa dezinksiyadlash
eritmasi bilan tozalanadi. Ushbu
eritmalar homilador, tuqqan, bola emizayotgan ayollarda, 5 yoshgacha bo‟lgan
bolalarda va teri kasaliklari bor bemorlarda ishlatish mumkin emas. Ushbu bemorlarda dezinseksiyalash
bosqichlari. -Kerakli ashyolarni tayyorlab maxsus himoya kiyimi kiyiladi. -Kushetkaga kleyonka qo‘yiladi,
bemor o‘tkaziladi va uning elkalariga polietilen yo‘rgak yoyiladi. -Kerak bo‘lsa sochlar tog‘orani ustida kesib
tashlanadi. 27 -Sochlarga 6% iliq uksus kislotasi eritmasi surtiladi (bosh terisiga tekuzmasdan) mexanik
uslubda bitlar terib yo‘qqilinadi. -Boshga polietilen ro‘mol yoki qalpoqcha kiyiladi, sochiq bilan o‘rab 20
daqiqaga qoldiriladi. -Ro‘molni echib sochlarni iliq ohar suv bilan, keyin esa shampun yordamida yuviladi va
sochiq bilan quritiladi. -Bemorni boshini oqqoqoz ustida engashtirib yaxshilab taraladi va takroran ko‘rikdan
o‘tkaziladi. -Kesilgan sochlar va ishlatilgan qogoz yoqib yuboriladi. -Bemorning kiyimlari, ishlatilgan
buyumlar va maxsus kiyim polietilen qopga solib dezinfeksiya kamerasiga jo‘natiladi. -Taroq va qaychi 70%
spirt bilan artiladi, xona esa dezinksiyadlash eritmasi bilan tozalanadi. Qov bitlari aniqlanganida sanitar-
gigienik tozalash. • bemorning tanasi issiq suv va sovun bilan yuviladi • bitlar tarqagan joylardagi sochlarni
qirib tashlanadi • bemorni tanasi issiq suv va sovun bilan qayta yuviladi • qirilgan sochlar tog‘orada kuydiriladi
• bemorning kiyimlari, ishlatilgan buyumlar va maxsus kiyim polietilen qopga solib dezinfeksiya kamerasiga
jo‘natiladi. • qaychi 70% spirt bilan artiladi, xona esa dezinksiyadlash eritmasi bilan
tozalanadi Sochlarni kesish
Kerakli ashyolar: qaychi, soch qiradigan ustara, tog‘ora va gugurt, spirt 70%. • Kerakli ashyolarni tayyorlanadi.
• Kushetkaga kleyonka qo‘yiladi, bemor o‘tkaziladi va uning elkalariga polietilen yo‘rgak yoyiladi. • Sochlar
ustara yordamida olib tashlanadi va yoqib yuboriladi. Soqol olish. Kerakli ashyolar: rezina qo‘lqop, britva,
kistochka va krem Soqol olish uchun, salfetka, sochiq, suv uchun idish. • Kerakli ashyolarni tayyorlanadi.
Qo‘lqoplar taqiladi. • Suv isitiladi (40-45°C), salfetkani suvga botirib olib bemorni yuziga qo‘yiladi. •
Salfetkani olib kistochka bilan krem surtiladi. • Britva bilan Soqol olinadi, yuz terisi britva yo‘liga teskari
yo‘nalishda biroz tortib turiladi. • Yuzni avval nam keyin esa quruq salfetka yordamida artiladi. • Britva spirt
bilan zararsizlantiriladi va qo‘lqoplar echilafi. Tirnoqlarni olish. Kerakli ashyolar: rezina qo‘lqop, qaychi,
issiq
suv, suyuq sovun, qo‘l va oyoq uchun krem, spirt (70%), suv uchun tog‘ora va lotok, sochiq. • Kerakli
ashyolarni tayyorlanadi. Qo‘lqoplar taqiladi. Suv isitiladi. • Suvga suyuq sovun qo‘shiladi va bemorni qo‘llarini
2-3 daqiqaga solib qo‘yiladi. • Barmoqlarni ketma-ket suvdan olib tirnoqlar kesiladi. • qo‘llarga krem surtiladi.
• Iliq suvga suyuq sovun solib, bemorni oyog‘larini 2-3 daqiqaga solib qo‘yiladi. • Oyog‘larni quritib maxsus
qaychi bilan tirnoqlar kesiladi va krem surtiladi. • Qaychilar spirt yordamida dezinfeksiya qilinadi. Qo‘lqoplarni
echib, qo‘llar yuviladi. Gigienik vanna yoki dush qabulqilish Yuvinish xonasi Vanna cho‘tka, sovun va
dez.eritma bilan yuviladi, dog‘larni 3%
li HCl yordamida tozalanadi, issiq suv bilan chayib tashlanadi va bemor
kelishidan 29 oldin suv to‘ldiriladi, suvni harorati o‘lchanadi. Vanna yonida rezina gilamchalar bo‘lishi kerak.
Toza kiyim va mochalka paketda bo‘lishi lozim. Bemor yuvinganidan so‘ng vannani 1% xloramin B eritmasi
bilan yuviladi. Kushetkadagi kleyonka 2% xloramin B yoki 0,5% xlor oxaki eritmasi bilan artiladi, so‘ng sovun
bilan yuviladi. Kushetkadagi choyshab har bir bemordan so‘ng almashtiriladi. Nam tozalash ishlari kun
davomida bir necha marotaba amalga oshiriladi. Inventar markirovka qilinadi. Mochalkalarga alohida
"ishlatilgan" va "ishlatilmagan" deb yozilgan idishlar bo‘lishi lozim. Bemorni ahvoli va kasalikka qarab
gigienik tozalash to‘liq (vanna, dush) yoki qisman (xo‘llab artish) bo‘lishi mumkin.
Gigienik vanna qabul qilish
uchun qarshiliklar: miokard infarkti, bosh miya qon aylanishi buzilishlari, gipertonik kriz, o‘tkir yurak va qon-
tomir etishmovchiligi, tubekulyoz aktiv fazasi, teri kasalliklari, qon ketishi.
Gigienik vannani tuxayotgan
ayollar va shoshilinch xirurgik yordamga muhtoj bemorlar qabulqilishmaydi. Gigienik vanna qabulqilish uchun
qarshiliklar mavjud bo‘lganida bemorni avvaliga sovunga botirilgan nam salfetka bilan artib chiqiladi, so‘ng
toza iliq suv bilan namlangan salfetkada artiladi va quritiladi.