ta’minlash uchun neft qazib olish va gaz kondensati ishlab chiqarishga nisbatan
ko’’roq mablag’ ajratishga majbur bo’ldi.
Ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida davlat mavjud ‘ul va valyuta
zahiralarini chetdan iste’mol buyumlarini sotib olib kelishga emas, ularni cheklab,
investistiya tovarlarini, ya’ni yangi texnika va texnologiyalarni sotib olib kelishga
qaratadi. Bunda ayrim sohalarga e’tibor va mablag’ sarflash kuchaytirilgan
sharoitda
boshqa sohalarga ajratiladigan mablag’larni ob’ektiv ravishda nisbatan
kamaytirishga to’g’ri keladi.
Shunday qilib, resurslarning cheklanganligi ehtiyojni qondirishning muhim
yo’li bo’lgan ishlab chiqarish imkoniyatlarini ham cheklab qo’yadi. Bu
imkoniyatlar darajasi doimo bir xil bo’lib turmaydi,
balki yangi texnikalar va
texnologiyalarning yaratilishi va ishga solinishi ishlab chiqarish imkoniyatlarini,
uning chegaralarini kengaytirish imkonini beradi. Yangi texnikalar va
texnologiyalar, bir tomondan,
mehnat unumdorligini, ekinlar hosildorligini
oshirish, energiya, yonilg’i, mehnat va boshqa moddiy resurslarni tejash imkonini
bersa, ikkinchi tomondan, yangi material, xom ashyo, energiya va boshqa resurslar
manbalarini to’ib, hayotga jalb etish imkonini beradi: jumladan,
erning chuqur
qatlamlaridagi boyliklarni to’ish va ishga tushirish, jahon okeanining uzoq va
chuqur joylaridagi resurslaridan foydalanish, quyosh energiyasidan foydalanish va
h.k.
Iqtisodiy resurslar, ishlab chiqarish va ehtiyojlarni qondirish darajasi
o’rtasidagi doimiy va mustahkam aloqadorlikni quyidagicha ifodalash mumkin:
2-chizma. Iqtisodiy resurslar va ehtiyojlarning qondirilish darajasi o’rtasidagi
bog’liqlik.
Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib,
ishlab chiqarish
imkoniyatlarini va binobarin ehtiyojlarni qondirishning darajasini oshirish zarurligi
iqtisodiyot oldiga quyidagi muammolarni qo’yadi.
1. Ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishning o’timal variantlarini (eng zarur va
tejamli turlarini) tanlab olish va resurslarni ko’’roq ishlab chiqarishga jalb qilish.
2. Mavjud resurslarning har bir birligidan tejab-tergab, samarali foydalanish.
Иқтисодий ресурслар,
имкониятлар
Ишлаб чиқариш ёки
хизмат кўрсатиш
даражаси
Эҳтиёжларнинг
қондирилиш
даражаси
3. Fan-texnika yutuqlarini va yangi texnologiyalarni joriy qilib, yangi
energiya, material, xom-ashyo turlari, ularning manbalarini to’ib, foydalanishga
jalb qilish, resurslar unumdorligining oshishiga erishish.
Do'stlaringiz bilan baham: