shunday qat'iy fikrni aytadi: «davlat islohot jarayonining
barcha bosqichlarida
yetakchi o'rinda turishi, bu jarayonning markazida bo'lishi shart». Darvoqe, bugun
bu tamoyilning naqadar to'g'ri ekani MDH davlatlaridagina emas, butun dunyo
miqyosida e'tirof etilmoqda.
Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o'tish tamoyili. Bozor iqtisodiyotiga
bosqichma-bosqich o'tish tamoyili taraqqiyotning evolyutsion yo'li, zarurat bo'lib u
bir qancha sabablar bilan bog'liq ekanligini konsepsiya muallifi I. Karimov bir
qancha dalillar bilan asoslab beradi. Birinchidan. O'zbekistonning eng yaqin tarixi
sobiq sotsialistik tuzumi, uning istiqboldagi tuzumi bilan - «bir-biri bilan mutlaqo
kelisha olmaydigan ikki xo'jalik tizimidir». Bunda eski iqtisodiyotni
takomillashtirish emas, balki tamomila yangi xo'jalik yuritish tizimini barpo etish
talab etiladi. «Bu bir sifat holatidan ikkinchisiga o'tishdir». Shuning uchun o'tish
vazifalarini birdaniga amalga oshirib bo'lmaydi, u bir qancha bosqichlarni o'z
ichiga oluvchi nisbatan uzoq davr doirasida amalga oshadi; ikkinchidan yangi
iqtisodiy tizimni farmonlar va qonunlar chiqarish bilan qurib bo'lmaydi, bunday
iqtisodiyot tegishli infrastrukturani va huquqiy bazani yaratishni talab etadi.
Qonunning
ustuvorligi, hamma uchun tengligi tamoyili. Birinchi
Prezidentimiz o'zining Oliy Majlisning ikkinchi chaqiriq oltinchi sessiyasidagi
«Adolat-qonun ustuvorligida» nomli ma'ruzasida uqtiradiki, «biz tanlagan
taraqqiyot modeli bozor iqtisodiyotiga tayangan ochiq demokratik davlat qurish,
fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantiradigan
yangi hayot barpo etish
harakatidamiz», «bir tomondan, ko'p asrlik tarix, buyuk madaniyat, yuksak milliy
an'analar, muqaddas qadriyatlarga, ikkinchi tomondan esa-jahon xalqlarining eng
ilg'or tajribasiga» asoslanishi bilan birga qonunlar ustuvorligiga ham suyanadi.
Qonunlarning ustuvorligi tamoyili shuni bildiradiki, qabul qilingan
Konstitutsiyamiz, barcha boshqa qonunlar hech istisnosiz hamma tomondan
hurmat qilinishi va ularga rioya qilinishi kerak. Har bir fuqaro nafaqat qonunlar
talabini bilishi, ularga so'zsiz amal qilishi, balki boshqalarning ham qonunlarga
rioya qilishlarini nazorat qilmog'i demokratik jamiyat qurishning talabiga aylanadi.
Qonunlarning ustuvorligini ta'minlash tamoyilining mohiyatini I. Karimov yana
quyidagicha izohlaydi: «Qonun ustuvorligini ta'minlash, shaxs, oila, jamiyat va
davlatning huquq va manfaatlari muhofazasini kuchaytirish,
aholining huquqiy
madaniyati va huquqiy ongini oshirish, fuqarolarni qonunga bo'ysunish va hurmat
ruhida tarbiyalash - bu rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan chinakam
demokratik, huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyati qurishning nafaqat
maqsadi, balki uning vositasi, eng muhim sharti hisoblanadi».
Kuchli ijtimoiy siyosat. Bu tamoyil Islom Karimov asarlarida nihoyatda
mukammal va atroflicha ishlab chiqildi. «Aholining muhtoj tabaqalarini ijtimoiy
himoyalash kechiktirib bo'lmaydigan eng ustuvor vazifa amaliy harakatlarning eng
asosiy qoidasi bo'lib qoldi va shunday bo'lib qoladi»
deganda uning ijtimoiy
himova tamoyili o'z ifodasini topgan edi.
I. Karirmovning ijtimoiy siyosat konsepsiyasida keng qamrovli himoya
mexanizmi ishlab chiqilgan. Bu mexanizm bo'g'inlari asosan quyidagilardir:
ijtimoiy himoyaning huquqiy bazasini yaratish, aholining nogiron, nafaqador, ko'p
bolali va kambag'al oilalari, o'quvchi yoshlarga yordam berish, ish bilan vaqtincha
ta'minlanmagan kishilarga nafaqa to'lash va ish joylari yaratish, ma'lum davrda
narxlarning erkinlashuvini to'xtatib turish va asta-sekin bozor qonunlariga
moslashib borishiga yo'l ochish, boqimandalik va tekis taqsimlash illatlarini
batamom tugatish, pulning qadrsizlanishini to'xtatish,
iqtisodiy islohotlarni
chuqurlashtirib borish asosida iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini tubdan
o'zgartirish (bevosita iste'mol buyumlari ishlab chiqishga yo'naltirilgan iqtisodiyot
barpo etish) va boshqalardir.
Kuchli ijtimoiy himoyalash konsepsiyasi ilmiy jihatdan muallifning boshqa
sohalardagi iqtisodiy ta'limotlari bilan chambarchas bog'liqdir. Bu bog'liqlikni,
ya'ni bozor munosabatlarini O'zbekistonda barpo etish-saqlash ta'limotini shunday
ta'riflaydi: «Samarali ijtimoiy siyosatni iqtisodiyotni barqarorlashtirish, tarkibiy
o'zgarishlar, bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich joriy etish chora-tadbirlari
bilan uyg'unlashtirib amalga oshirib borgan taqdirdagina ijtimoiy sohaga
yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini barpo etish mumkin».
Do'stlaringiz bilan baham: