Talabasining iqtisodiyot nazariyasi fanidan mustaqil ish



Download 255,71 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/31
Sana14.02.2022
Hajmi255,71 Kb.
#447872
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31
Bog'liq
oxirgisi

Ma’naviy ehtiyojlar
moddiy ko’rinishga ega bo’lmagan kishilarning bilim va
dam olish, madaniy saviyasini oshirish, malaka-mahoratga ega bo’lish, har xil
xizmatlardan bahramand bo’lish kabi ko’’lab ehtiyojlarni o’z ichiga oladi.
Ehtiyojlar yakka tarzda va birgalikda qondirilishi mumkin. Bu esa ehtiyojning
tabiatiga va uni qondiruvchi obe’ktlar xususiyatiga bog’liq. Shunday buyum va
xizmat turlari borki, ulardan faqat birgalikda foydalanish mumkin. Masalan, ta’lim
olish binolari, kasalxonalardan, dam olish joylaridan bahramand bo’lish, s’ort
o’yinlari va ko’ngilochar tomoshalarni birgalikda ko’rish kabilar shular
jumlasidandir.
Jamiyat ehtiyojlariga bir qator omillar ta’sir ko’rsatadi. Bular quyidagilar:
a) jamiyatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi. Iqtisodiyoti rivojlanishdan orqada
qolgan mamlakatlarda ehtiyojlar doirasi tor bo’lsa, aksincha, iqtisodiyoti yuqori
darajada rivojlangan mamlakatlarda uning doirasi keng va xilma-xil bo’ladi;
b) jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy tuzum. Agar jamiyatdagi tuzum bozor
iqtisodiyoti yoki ka’italistik tartiblar asosida qurilgan bo’lsa, undagi ijtimoiy guruhlar
boylar va kambag’allar, mulkdor va mulksizlarga bo’linib, ularga mansub kishilar
ehtiyojlari o’rtasida katta farq mavjud bo’ladi. Yuqori daromad oluvchilar juda sifatli,
noyob mahsulotlar va xizmatlarga ehtiyoj bildirsa, kambag’allarning ehtiyojlari o’z
hayotini saqlash uchun juda zarur mahsulotlar va xizmatlar bilangina cheklanadi;
v) tabiiy—geografik sharoitlar. Ular ham ehtiyojlarning miqdori va turiga
ta’sir qiluvchi omillardir. Nisbatan sovuq iqlim sharoitida, issiq iqlim sharoitiga


qaraganda hayot kechirish uchun oqsil va yog’ga boy oziq-ovqat, issiq kiyim—
kechak, uy va trans’ort vositalariga ko’’roq ehtiyoj bo’ladi;
g) tarixiy-milliy an’analar va urf-odatlar ham ehtiyojlarga ta’sir ko’rsatadi.
Masalan, tarixan shakllangan milliy va diniy marosimlar, urf-odatlar, Navro’z
bayrami, ro’za va hayitlar o’ziga xos ehtiyojlarni yuzaga keltiradi.
d) aholi sonining o’sishi, uning tarkibidagi o’zgarishlar ham ehtiyojlarga ta’sir
etuvchi asosiy omillardan hisoblanadi.
e) xalqaro, davlatlar, millatlar va mintaqalar o’rtasidagi aloqalar, ayniqsa, ular
o’rtasidagi mahsulot va axborot ayirboshlash yangi ehtiyojlarning keng tarqalishiga
olib keladi.
Alohida kishilarning ehtiyojlari ularning yoshi, jinsi, oilaviy ahvoli, kasbi,
mehnatning tabiati kabi omillarga bog’liq. Masalan, keksa kishilar yoshlardan farq
qilib, engil hazm bo’ladigan ovqatga, dori-darmonga, shovqin-suronsiz yashash
muhitiga ko’’roq ehtiyoj sezadilar. Ko’’ bolali oilalarda bolalar kiyimi,
o’yinchoqlarga ehtiyoj yuqori bo’lsa, farzandsiz oilalarda bunday ehtiyojlar
bo’lmaydi. Alohida kishilar ehtiyojlariga kuchli ta’sir qiluvchi omillar shundan
iboratki, murakkab, og’ir va engil mehnat turlari bilan shug’ullanuvchi kishilar
ehtiyojlari bir-biridan tubdan farq qiladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy, shu jumladan, moddiy ehtiyojlarni to’liq qondirish mumkin
emas. Jamiyatda har bir ma’lum davrda ko’’lab qondirilmagan ehtiyojlar bo’ladi.
Vaqt o’tishi bilan yangi buyumlarning ‘aydo bo’lishi, keng reklamaning ta’siri va
savdoning rag’batlantirishi natijasida ehtiyojlar o’zgaradi va ko’’ayib boradi.
Shunday ekan, jamiyatning, ya’ni uni tashkil qiluvchi shaxslar, muassasa va
korxonalar ehtiyojlarining cheksizligi, ularning to’xtovsiz yangilanib va o’sib
borishi tabiiydir. Bu ehtiyojlarning to’xtovsiz o’sib borishi iqtisodiy qonunda o’z
ifodasini to’adi. Bunday qonun nafaqat ehtiyojlarning miqdoran o’sib borishini,
balki ularning tarkiban yangilanib turishini, eskilarining o’rniga yangilarining
kelishini bildiradi. Ehtiyojlarning o’sib borishi qonuni ishlab chiqarish bilan
ehtiyojlar o’rtasidagi uzviy, to’g’ridan-to’g’ri bog’liqlikni aks ettiradi. Ishlab
chiqarish ehtiyojlarni qondirishga qaratiladi va uning rivojlanishi yangi ehtiyojlarni
yuzaga keltiradi. Ishlab chiqarish baynalminal tus olishi bilan ishlab chiqarish va
ehtiyoj o’rtasidagi bog’liqlik xalqaro miqyosda aks etadi. Ma’lum bir mamlakatda
‘aydo bo’lgan ehtiyoj boshqalariga tarqalib, xalqaro xususiyatga ega bo’ladi.
Masalan, kom’yuter bir mamlakatda ‘aydo bo’lib, tez orada unga ehtiyoj dunyo
miqyosida tarqaldi. Xalqaro aloqalar rivojlanib borgani sari ehtiyojlarning milliy


xususiyatlari bilan bir qatorda uning millatlararo, baynalminal belgilari rivoj to’ib
boradi.
Ehtiyojlarning o’zi ham bir-birini taqozo qiladi. Bir ehtiyoj o’z orqasidan
boshqa bir ehtiyojni keltirib chiqaradi. Masalan, kom’yuter texnikasiga ehtiyojning
‘aydo bo’lishi, o’z navbatida uni ishlatishni o’rganish, unga xizmat ko’rsatish,
dastur tuzish kabi ehtiyojlarni keltirib chiqaradi.
Ehtiyojlarning o’sib borishi bir tekis, uzluksiz bo’lmaydi. Uning o’sishiga qarshi
ta’sir qiluvchi omillar ham mavjud bo’ladi. Ishlab chiqarish holati, jamiyatdagi
hukmron munosabatlar, favqulodda yuz beradigan holatlar (urushlar, iqtisodiy tizim
almashishi) va zilzila, suv toshqini, yong’in kabi tabiiy ofatlar ehtiyojlarning o’sib
borishiga qarshi ta’sir ko’rsatuvchi omillardir. Shunday qilib, ehtiyojlarning o’sib
borishi qonuni mavjud ehtiyojlarning miqdoran o’sib borishida, mutlaqo yangi
ehtiyojlarning ‘aydo bo’lishida, muayyan ehtiyojlar doirasida turli ehtiyojlar
nisbatining o’zgarishida va bir ehtiyojning boshqasi bilan almashinishida namoyon
bo’ladi. Ehtiyojlarning o’sib borishi, uni qondirish vositalari darajasi bilan
chegaralanadi. Chunki ehtiyojlar cheksiz o’zgargani holda uni ta’minlash uchun kerak
bo’ladigan iqtisodiy resurslar cheklangan bo’ladi.

Download 255,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish