5. Mustaqil ta‟limni tashkil etishning shakli va mazmuni
Talabalarga “Mutaxassislikka kirish” fanidan mustaqil ta‟limni tashkil etishda fanning
xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
-mustaqil ravishda darslik, o„quv qo„llanmalar va metodik qo„llanmalardagi mavzularni
o„rganish va tahlil qilish; tarqatma materiallar bo„yicha o„rganilgan ma‟ruza materiallarini
o„zlashtirish; ish turlari bo„yicha amaliy to‟shiriqlarni bajarish;
-axborot texnologiyalaridan foydalanib, mavzu bo„yicha taqdimotlar tayyorlash; fanga oid kurs
ishlarini o„rganish, tahlil qilish va tayyorlash; zamonaviy ta‟lim texnologiyalarini ta‟lim-
tarbiya jarayoniga tadbiq qilish usullarini o„rganish;
-ta‟lim jarayonida muammoli o‟qitish usullari va masofaviy ta‟limdan foydalanish.
Do'stlaringiz bilan baham: |