120
qiymatning qolgan qismi tadbirkorning daromadi ko‗rinishida uning
foydasini tashkil etadi. A.Smit foydani tadbirkorlik tavakkalchiligi
uchun, ishchiga yashash vositalarini avanslagani uchun tadbirkorga
to‗lanadigan haq, deb hisobladi, undan keyinchalik tadbirkorlik
daromadining adolatli ekanligini isbotlashda keng foydalanildi.
Foyda
miqdori A.Smit bo‗yicha, ―kapital qiymati bilan aniqlanadi va foydaning
ko‗p yoki kam bo‗lishi ushbu kapital miqdoriga bog‗liq bo‗ladi‖. Foyda
Me‘yorining pasayish moyilligi qayd qilib o‗tiladi, bunday moyillik
iqtisodiy rivojlanish bilan bog‗lab tushuntiriladi, negaki, ancha
rivojlangan mamlakatlarda foyda Me‘yori hamisha past bo‗ladi.
U foyda miqdoriga 3 ta omil ta‘sir ko‗rsatishi mumkin, deb taxmin
qiladi:
1. Mehnat bozorlaridagi raqobat. Buning natijasida maoshlar ko‗tariladi.
2. Mahsulot bozori o‗rtasidagi raqobat. Ishlab chiqaruvchilar o‗rtasida
raqobat ortadi, mahsulot narxlari tushadi, foyda ham kamayadi.
3. Investitsiya bozorlarida raqobat, investitsiya imkoniyatlari soni
cheklangan, kapital miqdori oshganda foyda kamayadi.
U ba‘zi hudud (masalan, Shimoliy Amerikada) maosh va foyda har
ikkisi yuqori darajadi oshganini ham E‘tirof etib o‗tadi.
Renta nazariyasi.
A.Smit nazariyasiga ko‗ra
renta ishchining haq
to‗lanmagan mehnati bilan yaratiladi, uning mehnati mahsulotning bir
qismi hisoblanadi. U rentada yerga bo‗lgan xususiy mulkchilik
monopoliyasi unsurlarini ko‗rgan, lekin absolyut va differensial renta
tushunchalarini ajratib ko‗rsatib bermagan. Yer uchastkalari ham
unumdorligi, ham joylashishi bo‗yicha
farq qilishi, bu farqlarning
ikkalasi ham turli tavsif va miqdordagi rentaning shakllanishiga sabab
bo‗lishi mumkinligi qayd qilib o‗tilgan.
Smit rentaning eng kamida 4 ta nazariyasini taklif etadi, rentaning
kelib chiqishi:
1)
yer egalari tomonidan talab;
2)
monopoliya;
3)
turli xil afzalliklari;
4)
tabiat saxiyligi bilan belgilanadi.
Nominal narx.
Adam Smit garchi nominal narx taklif yoki faqatgina
mahsulot narxlari kabi belgilanadi, deb izohlagan bo‗lsa ham, u
talabning rolini butunlay rad etmagan.
U bozordagi narx talab va
taklifning har ikkisi tomonidan belgilanadi, deb ishongan. U ba‘zida
tabiiy narxlar ham aynan talab va taklifga bog‗liqligini ta‘kidlagan.
Shuningdek, u iqtisodning turli sektorlari orasida resurslar nazoratida va
121
tabiiy narxlar tuzilmasida talabning o‗rni haqida qayd etib o‗tgan.
Nominal narxni belgilashda ba‘zi faktorlar chalg‗ituvchi bo‗lgani sabab
Smit 3 ta alohida nazariyani ishlab chiqdi: 1) mehnat qiymati; 2) mehnat
buyrug‗i nazariyasi va mahsulot narxi nazariyalari. Smitning fikricha,
narxlar talab va taklif bilan bog‗liq holda shakllanadi.
Taqsimot nazariyasi
. Daromadning shaxsiy taqsimoti alohida
sotilgan mahsulot miqdori va narxiga bog‗liq bo‗ladi. A.Smit mehnat
ko‗pchilik oila va ro‗zg‗or tomonidan
egalik qilinadigan mahsulot
omilidir, shuning uchun daromad maosh darajasi va ish vaqtiga bog‗liq
bo‗lgan holda shakllanadi, deydi.
Smitning iqtisodiy nazariyaga qo‗shgan hissasi
nihoyatda ulkan. O‗sha davrdagi mutafakkirlarga
qaraganda A.Smit bozor iqtisodiyotini boshqarish-
ning asosiy g‗oya va kuchlarini ko‗ra oldi. Biroq
uning ishlari xatolardan xoli emas. U ba‘zi
jabhalarda, ya‘ni narxlarning umumiy darajasi,
nisbiy narxlarda chalkashliklarga yo‗l qo‗ydi. Biroq
uning g‗oyalari
iqtisodiy siyosat va bozor
o‗rtasidagi munosabatlarga aniqlik kiritdi, tartibga
soldi.
Umumiy olganda, Smit raqobatbardosh bozorlar faoliyati ustida
tadqiqotlar olib borgan holda iqtisodiy nazariyaga sezilarli darajada o‗z
hissasini qo‗shgan Rikardo, J.S.Mill va Alfred Marshall kabi naza-
riyotchilar Adam Smitning tahlillarini chuqur o‗rganishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: