Fiziokratlar
(lot. – tabiat, hukmronlik) – bu
XVIII
asrdagi fransuz
iqtisodchilari, klassik siyosiy iqtisod vakillaridir. Fiziokratlar maktabi
Fransiyada feodalizmdan kapitalizmga o‗tish davrida vujudga keldi. Bu
tasodifiy hol emas edi. O‗sha davrda Fransiyada manufaktura ancha
rivojlangan bo‗lsada, ammo mamlakat hali ham agrar holatda edi.
Aholining asosiy qismi qishloqlarda yashar, milliy boylikning 2/3 qismi
shu sohada yaratilar edi. Qishloq xo‗jaligi ahvolini yaxshilash tadbirlari
fiziokratlar tadqiqotlarining asosini tashkil etadi. Ular qishloq xo‗jaligini
iqtisodiyotning yagona unumli sohasi, deb hisobladilar. Ularning
fikricha, boylik faqat qishloq xo‗jaligida yaratiladi, sanoat va savdoda
esa u qayta ishlanadi va qayta taqsimlanadi, xolos. Shunga ko‗ra
fiziokratlar tadqiqotni muomala sohasidan ishlab chiqarish sohasiga olib
o‗tdilar va bu bilan kapitalistik tizimning keyingi tahlili uchun asos
yaratdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |