237
Jamg„armalarning investitsiyalarga aylanishi muammosi va
investitsiyalarga ta‟sir etuvchi boshqa omillar
J.M. Keyns nazariyasida yuqori ish bilan bandlikni ta‘minlashda,
milliy daromadni ko‗paytirishda investitsiyalarning roliga katta e‘tibor
beriladi. Investitsiyalar muammosi asosiy muammo hisoblanadi.
Investitsiyalar muammosi bu jamg‗armalarning
investitsiyalarga ayla-
nishi muammosidir.
Agar investitsiyalar hajmi jamg‗armalar hajmidan ortiq bo‗lsa, u
holda yalpi talab taklifdan ortiqdir va milliy daromad o‗sish
tamoyiliga ega bo‗ladi. Agar investitsiyalar jamg‗armalardan kam
bo‗lsa, u holda yalpi talab taklifdan kamdir va daromad kamaya
boradi. Va nihoyat, agar investitsiyalar jamg‗armalarga teng bo‗lsa,
yalpi talab taklifga teng va milliy daromad darajasi o‗zgarmay
qoladi
(Pezenti A. Ocherki politicheskoy ekonomii kapitalizma. V 2-x t.: Per.
s italyanskogo. M.: «Progress», 1976, 628-629 s.).
Jamg‗armalar jiddiy to‗siqlarsiz investitsiyalarga aylanishi uchun
nima qilish kerak?
J.M. Keyns klassiklarning tejamkorlik, joriy iste‘moldan o‗zini
tiyish iqtisodiy o‗sishning asosi, degan tushunchasini
inkor etadi va
asosiy e‘tiborni «tejamkorlik uddaburonliksiz bo‗lishi mumkin emas»,
«tejamkorlik uddaburonlikdan oshib ketishi bilanoq, u oxirgisining
jonlanishiga xalaqit beradi» degan qoidaga qaratdi.
haqiqatan ham
jamg‗armalarning ko‗payishi investitsiyalarning ko‗payishidan ustun
bo‗lishi bilan bog‗liq bo‗lgan iqtisodiy rivojlanish ertami-kechmi
to‗xtaydi: samarali talab yalpi taklifdan orqada qoladi va ortiqcha ishlab
chiqarish vujudga keladi.
J.M. Keyns bo‗yicha, jamg‗arma va investitsiyalar yangi klassiklar
hisoblaganlaridek, moliya bozorida avtomatik tarzda tenglashmaydi.
jamg‗armalar va investitsiyalar dinamikasi har xil omillarga bog‗liq
bo‗ladi. Jamg‗armalar daromad o‗sishiga qarab ko‗payib boradi.
investitsiyalar kapital qo‗yilmalaridan
keladigan foydaga va foiz
stavkasiga bog‗liq. Bu bilan J.M. Keyns bozor tizimining eng zaif
bo‗g‗inini ko‗rsatib beradi: investor iqtisodiyotda kelajakda bo‗ladigan
vaziyatni mo‗ljallab qaror qabul qiladi, jamg‗aruvchi qo‗lga
kiritilgan
daromad darajasidan kelib chiqqan holda, ya‘ni iqtisodiyotning avvalgi
holatiga qarab ish yuritadi.
238
Jamg‗arma miqdori foiz stavkasiga qarab emas, balki yalpi
daromadning o‗sishiga qarab o‗zgarib turadi.
Investitsiyalar hajmi J.M. Keyns bo‗yicha, kapital qo‗yilmalaridan
keladigan daromad miqdoriga yoki ularning me‘yorli
unumdorligiga va
foiz me‘yoriga bog‗liq bo‗ladi (kutiladigan daromad qancha yuqori va
foiz stavkasi qancha past bo‗lsa, kredit olish va investitsiyalar hajmini
ko‗paytirish shuncha foydali). Tadbirkorlar kapital qo‗yilmasining
me‘yorli foydaliligi foiz me‘yoridan pasayib ketmaguncha investit-
siyalar jarayonini davom ettiradilar. Agar foiz me‘yori yuqori bo‗lsa,
jamg‗arma egalari o‗z mablag‗larini
investitsiyalarga, kapital qo‗yil-
masiga sarflamaydilar. Chunki pulni qarzga berish, obligatsiyalarni sotib
olish yo‗li bilan ancha oson daromad topishi mumkin.
Investitsiyadan keladigan foyda darajasining pasayishi va foiz
me‘yoriga yaqinlashib borishi kuzatilayotgan vaziyatda investitsion
faoliyat to‗xtatiladi, turg‗unlik kelib chiqadi. Foiz me‘yori bo‗lajak
investitsiyalar foydasining quyi chegarasini aniqlab beradi. Foiz me‘yori
qancha past bo‗lsa, investitsiya jarayoni shuncha jonli bo‗ladi va
aksincha.
Do'stlaringiz bilan baham: