55
➢
odamlarning hayoti, sog‘lig‘i, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-
mulki hamda atrof muhit uchun xavfli bo‘lgan mahsulotlar realizatsiya
qilinishini nazorat etib borish;
➢
mahsulotlarning jahon bozorida raqobat qila olishini ta’minlash;
➢
mamlakat korxonalari, qo‘shma korxonalar
va tadbirkorlar xalqaro
miqyosdagi iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamkorlikda va xalqaro savdo-
sotiqda ishtirok etishlari uchun sharoit yaratish;
➢
iste'molchini
tayyorlovchining
(sotuvchining,
ijrochining)
vijdonsizligidan himoya qilish;
➢
mahsulot
tayyorlovchisi
(sotuvchisi,
ijrochisi)
ta'kidlagan
sifat
ko‘rsatkichlarini tasdiqlash maqsadlarida amalga oshiriladi.
Sertifikatlashtirish majburiy va ixtiyoriy tusda bo‘ladi.
Basharti, xalqaro shartnoma yoki bitimda sertifikatlashtirish to‘g‘risidagi
qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan o‘zgacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, u
holda xalqaro shartnoma yoki bitimning qoidalari qo‘llaniladi.
O‘zbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish organlari
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish
agentligi
(bundan buyon matnda «O‘zstandart» agentligi deb yuritiladi) O‘zbekiston
Respublikasining milliy sertifikatlashtirish organidir.
«O‘zstandart» agentligi mazkur Qonunga muvofiq:
➢
sertifikatlashtirish
sohasida
davlat
siyosatini
amalga
oshiradi,
sertifikatlashtirish o‘tkazish yuzasidan umumiy qoidalarni belgilaydi,
ular to‘g‘risida rasmiy axborotlar e’lon qilib boradi;
➢
sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish dasturlarining loyihalarini
ishlab chiqadi hamda ularni hukumat muhokamasiga taqdim etadi;
➢
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda
sertifikatlashtirishning xalqaro tizimlariga qo‘shilish to‘g‘risida
qarorlar
qabul qiladi, shuningdek sertifikatlashtirish natijalarini o‘zaro e’tirof
etish to‘g‘risida bitimlar tuzadi, sertifikatlashtirish masalalari bo‘yicha
boshqa davlatlar bilan o‘zaro munosabatlarda va xalqaro tashkilotlarda
O‘zbekiston Respublikasi nomidan ish ko‘radi;
➢
majburiy
ravishda
sertifikatlanadigan
mahsulotlarning
ro‘yxatini
belgilaydi va uni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tasdig‘iga
kiritadi;
➢
sertifikatlashtirilgan mahsulotlarning, attestasiyadan o‘tkazilgan sifat
bo‘yicha ekspert-auditorlarning davlat reestrlarini yuritadi;
➢
majburiy sertifikatlashtirish talablariga rioya etilishi ustidan davlat
nazoratini amalga oshiradi;
➢
sertifikatlashtirish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
normalari buzilganligi
uchun muvofiqlik sertifikatlarining va muvofiqlik belgilarining amal
qilishini to‘xtatib turadi hamda ularni bekor qiladi.
«O‘zstandart» agentligining sertifikatlashtirish sohasidagi faoliyatini
moliyaviy ta’minlash manbai — O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti
56
mablag‘i, shuningdek «O‘zstandart» agentligi ko‘rsatayotgan
xizmat uchun
olinadigan haqdan iborat.
Mahsulotlarni sertifikatlashtirishga akkreditasiya qilingan organlar:
➢
mahsulotlarni sertifikatlashtirish tizimlarini tuzadilar va ularning amal
qilishini ta’minlaydilar;
➢
sertifikatlashtirishni tashkil etadilar va o‘tkazadilar;
➢
milliy muvofiqlik sertifikatlarini rasmiylashtiradilar, beradilar yoki chet
el muvofiqlik sertifikatlarini e’tirof
etadilar;
➢
sertifikatlangan mahsulotlar ustidan nazoratni amalga oshiradilar.
Tegishli sertifikatlashtirish tizimi belgilagan tartibda akkreditasiya qilingan
sinov laboratoriyalari (markazlari) muayyan mahsulotlarning sinovini yoki
muayyan sinov turini amalga oshiradilar hamda sertifikatlashtirish maqsadlari
uchun bayonnomalar beradilar.
«O‘zstandart» agentligi o‘z vazifalarining
bir qismini mahsulotlarni
sertifikatlashtirish organlariga va sinov laboratoriyalariga (markazlariga)
o‘tkazishga haqlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: