Akkreditasiyani amalga oshirish
Akkreditasiya akkreditasiya qilinishga talabgor bo‘lgan yuridik shaxslarning
vakolatli ekanligini tasdiqlash maqsadida amalga oshiriladi.
Akkreditasiya akkreditasiya qilinishga talabgor bo‘lgan yuridik shaxslar
tomonidan ishlab chiqilgan hujjatlarning tahlili va ekspertizasini, olingan dalillarni
tekshiruvlar o‘tkazish yo‘li bilan baholashni o‘z ichiga oladi.
Muvofiqlikni deklaratsiyalash
Muvofiqlikni
deklaratsiyalash
— mahsulotning normativ-huquqiy
hujjatlari, shuningdek texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar
talablariga muvofiqligini ishlab chiqaruvchi, sotuvchi yoki ijrochi tomonidan
tasdiqlash.
Muvofiqlikni deklaratsiyalashda muvofiqlikni tasdiqlash qoidalari, tartibi va
usullari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi tegishli normativ hujjatlarda
belgilanadi.
Agar muvofiqlikni deklaratsiyalashda muvofiqlikni tasdiqlash qoidalari,
tartibi va usullarida mahsulot sinovini o‘tkazish zarur ekanligi belgilangan bo‘lsa,
bunday sinov akkreditasiya qilingan sinov laboratoriyasi (markazi) tomonidan
ishlab chiqaruvchi, sotuvchi yoki ijrochi bilan tuzilgan shartnoma asosida
o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |