Muvofiqlikni baholash natijalarini tan olish
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida o‘tkazilgan muvofiqlikni baholash
natijalarini O‘zbekiston Respublikasida tan olish O‘zbekiston Respublikasining
xalqaro shartnomalari hisobga olingan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
2. MUVOFIQLIKNI BAHOLASH SOHASINI DAVLAT TOMONIDAN
TARTIBGA SOLISH
Muvofiqlikni baholash sohasini davlat tomonidan tartibga solishni amalga
oshiruvchi organlar
Muvofiqlikni baholash sohasini davlat tomonidan tartibga solish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston standartlashtirish,
metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni
saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish
qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi
hamda boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |