O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining muvofiqlikni baholash sohasidagi vakolatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
•
muvofiqlikni baholash sohasida yagona davlat siyosati amalga
oshirilishini ta’minlaydi;
•
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining muvofiqlikni baholash
sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
•
O‘zbekiston Respublikasida muvofiqligi tasdiqlanishi shart bo‘lgan
muvofiqlikni baholash ob’ektlari ro‘yxatini tasdiqlaydi;
•
Milliy akkreditasiya organi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlaydi;
•
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida o‘tkazilgan muvofiqlikni
baholash natijalarining O‘zbekiston Respublikasida tan olinishi tartibini
tasdiqlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlariga muvofiq
boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.