4-MASHG„ULOT:
O„ZBEK-LOTIN ALIFBOSINING IMLO QOIDALARI
REJA:
1. ―Davlat tili haqida‖gi tarixiy qonun
2. Yangi alfavitning joriy qilinishi
1989-yil 21-oktabrda istiqlol sari tashlangan dadil qadam sifatida
O‗zbekiston Respublikasining 30 moddadan iborat ―Davlat tili haqida‖gi tarixiy
qonuni qabul qilindi. O‗zbekiston Respublikasining 1991-yil 31-avgustda mustaqil
davlat deb e‘lon qilinishi qaddimizni bukib kelgan barcha
tahqir va tazyiqlardan
ozod etdi. ―Davlat tili haqida‖gi qonun qabul qilingan kun – 21-oktabr o‗zbek tili
bayrami kuni deb e‘lon qilindi va har yili boshqa bayramlar qatori yuqori
ko‗tarinkilik bilan nishonlanib kelinmoqda.
Mazkur tarixiy qonun qabul qilingan paytda O‗zbekiston Respublikasi hali
sobiq sho‗rolar davlati tarkibida bo‗lib, birgina qonun qabul qilish bilan o‗zbek
tilining mamlakat ichida va undan tashqaridagi obro‗-e‘tibori, xalqaro mavqeyini
tezdan tiklash qiyin edi. Shuningdek, mazkur qonunda o‗zbek tili bilan bir qatorda
rus tiliga ham millatlararo muomala tili sifatida bir talay
imtiyozlar ham berilgan
ediki, bu hol ham o‗zbek tilining davlat tili sifatida keng miqyosda qo‗llanishiga
biroz bo‗lsa-da, soya tashlar edi. Shuning uchun ham istiqlolga erishilgach, qonun
qayta ishlanib, davr talabidan ortda qolayotgan moddalar yangilari bilan
almashtirildi, mustaqil davlat hayotiga mos keluvchi yangi tahrirda 1995-yil 21-
dekabrda qabul qilindi. Avvalgi qonun 30 moddadan iborat bo‗lgan bo‗lsa, yangi
tahrirdan so‗ng u 24 moddaga keltirildi. Qonunning 1-moddasidayoq ―O‗zbekiston
Respublikasining davlat tili o‗zbek tilidir‖ deyilgan (1, 8-b.). Mazkur moddaning
o‗ziyoq respublikamizda ish yuritish – hujjatlar bilan bog‗liq
barcha ishlarning
davlat tilida olib borilishi lozimligini talab etadi. Bu esa O‗zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining 4-moddasi bilan hamohang bo‗lib, unda shunday deyilgan:
―O‗zbekiston Respublikasining davlat tili o‗zbek tilidir. O‗zbekiston Respublikasi
o‗z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari
hurmat qilinishini ta‘minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi‖ (5, 8-
b.).
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 10-sentabrdagi
311-sonli qarori bilan ―Davlat tili haqida‖gi O‗zbekiston Respublikasi Qonunining
amalga oshirilishini ta‘minlash Davlat dasturi o‗zgartirish va qo‗shimchalar
kiritilgan yangi tahrirda tasdiqlandi. Davlat dasturiga asoslanib O‗zbekiston
Respublikasi Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi 1996-yil 14-noyabrda
O‗zbekiston Respublikasining ―Davlat tili haqida‖ (yangi tahrirda)gi Qonunini
bajarish tadbirlari to‗g‗risida 267-sonli buyruq chiqardi. Unda o‗quv
yurtlarida
xodimlar va talabalar uchun ―Davlat tilida ish yuritish, hujjatchilik va
atamashunoslik‖ kurslarini 1997-yildan e‘tiboran doimiy ravishda tashkil etish
qat‘iy qilib qo‗yildi. Shu yildan boshlab, Davlat dasturi hamda vazirlikning tegishli
buyruqlari asosida oliy o‗quv yurtlari talabalariga
mazkur kursdan amaliy
mashg‗ulotlar o‗tib kelinmoqda.
Ma‘lumki, eng kichik, quyi, boshlang‗ich tashkilotlardan tortib, davlatning
oliy organlarigacha
hujjatlarga tayanib, ish yuritadi. Yaqin vaqtlargacha hujjatlar
asosan rus tilida rasmiylashtirilar edi. O‗zbek tilida esa ayrim hujjatlargina
yuritilar, ular ham rus tilidagi hujjatlar andozasiga asoslangan bo‗lib, milliylikdan
yiroq edi. Endilikda respublikamizdagi barcha korxonalar,
tashkilotlar,
muassasalarda yuritiladigan hujjatlar o‗zbek tili qonun-qoidalariga mos ravishda
rasmiylashtirilmoqda. Oliy o‗quv yurtlarini bitirib chiqayotgan yosh mutaxassislar
o‗zlari ishga boradigan mehnat jamoalarida ish qog‗ozlari, hujjatlarning mantiqiy
to‗g‗ri yozilishi yoki to‗g‗ri to‗ldirilishi, ishoraviy, imloviy, uslubiy xatolarsiz,
davr
talabiga
javob
beradigan
tarzda
rasmiylashtirilishiga
yaqindan
ko‗maklashishlari lozim. Buning uchun esa bitiruvchi
talabalarimiz nafaqat
hujjatlar bo‗yicha, balki yangi alifbo va imlo qoidalari bo‗yicha ham yetarlicha
tushunchaga ega bo‗lishlari talab etiladi.
Nutq tovushlari nutqning eng kichik, bo‗linmas qismidir. Nutq
tovushlarining yozuvdagi shakli
harf
deb ataladi.
Nutq tovushlarini talaffuz
qilamiz va eshitamiz. Harflarni esa ko‗ramiz, yozamiz va o‗qiymiz.
Ma‘lum tartibda joylashgan harflar qatori
Do'stlaringiz bilan baham: