83
Buning uchun maxsus isituvchi moslamalar
qo‘llaniladi. qizdirilgan zagotovka maxsus
vintlar yordamida forma yuzasiga(vakuum
yoki bosim ostida) tortiladi. Forma hosil
bo‘lgandan so‘ng sovutiladi (bosim yoki
vakuum ta’sirida), buyum tortib olinadi.
Buyum
olish
jarayoni
bosqichlarini
keltirilgan rasmda kurishimiz mumkin.
1-qolip; 2-zagotovka; 3-qizdirish moslamasi.
Bu usul bilan buyum olish uchun ko‘proq quyidagi polimer materiallar qo‘llaniladi: ABS,
UPS, PVX, PP, PE-VP va boshqalar.
SHtampovka — isitilmagan termoplstlardan mexanik kuch ta’siri ostida buyum hosil qilish
texnologiyasi. Bu usul hamma termoplastlar uchun qo‘llanilmaydi. Masalan, mo‘rt plastiklardan bu
usul bilan buyum olish ancha qiyin. YUmshok plastiklardan esa aksincha, olish oson.
List holatidagi termoplastlardan katta gabaritli va qalinligi yupqa bo‘lgan ko‘p
miqdorda
kerak bo‘lmagan buyumlar olishda bu usulni iqtisodiy samaradorligi yuqoridir. Ko‘z oldingizga
keltiring, plastmassa uchun qolip tayyorlash - u kimmat va murakkab.
List holatidagi zagatovkani qizdirish
muhim ahamiyatga
ega.
Buni odatda maxsus isitish
shkaflarida, infraqizil nurlar yoki yuqori chastotali elektr toklar yordamida amalga oshiriladi. U yoki
bu usulni qo‘llash termoplastning hossasiga va tuzilishiga ham bog'liqdir. Amalda amorf
polimerlarni qizdirayotganda tagi sathi (qolipga qaragan yuza) harorati ishlanish haroratidan yuqori
bo‘lishi kerak.
Kristall polimerni qizdirish harorati esa polimerni yumshash haroratidan yuqori bo‘lishi shart.
YAna shuni aytish lozimki, ichki yuza bilan tashqi yuza (kizdiruvchini yuzasiga to‘g'ri
kelayotgan
yuza) o‘rtasidagi harorat (ya’ni list qalinligi ikki tomonidagi harorat) juda katta farq qilishi salbiy
xollarga olib keladi.
∆
T=T
v
-T
n
Bu farq qancha katta bo‘lsa, termik destruksiyaga olib keladi. SHu sababli qalin
zagatovkalarni ikki yoklama qizdirish tavsiya qilinadi.
Hamma holda quyidagi shart bajarilishi kerak:
∆
T
≤
T
d
-T
s
bu yerda:
T
d
— destruksiyalash harorati;
T
s
— shishalanish harorati.
Buyum hosil qilish harorati odatda tajriba orqali aniqlanadi. CHunki bu texnologik parametr
polimer hossasiga, list qalinligiga, buyum o‘lchami va konfiguratsiyasiga, kirishishiga bog'liqdir.
Bu harorat to‘g'ri aniqlansa, olingan buyumning fizik-mexanik xususiyati yaxshi bo‘ladi.
Buyumning shakllanishi siqilgan havo yoki vakuum orqali listni tortish (v
ыtyajka) yo‘li bilan
sodir bo‘ladi. Deformatsiyalanish tezligi shunday tanlanish kerakki,
makromolekula yangi holatga
o‘tishi uni parchalanishsiz hosil bo‘lishi kerak. Agar deformatsiya tezligi maksimumga olib borilsa,
aniq bir haroratda makromolekulalar orientatsiyasi sodir bo‘ladi. Tortish (v
ыtyajka) tezligi odatda
siqilgan havoni sarf qilish bilan tartibga solinadi.
84
SHakllanish jarayoni cho‘zish koeffitsenti orqali baxolanadi va quyidagi formula bilan
aniqlanadi:
К
ч
=
δ
л
/
δ
б
- 1
bu yerda:
δ
l
, δ
b
va - list holatdagi zagatovkaning qalinligi va buyum devori qalinligi.
K
ch
xuddi deformatsiya tezligi singari makromolekulaning orientatsiyalanishiga va
buyumning mustahkamligiga ta’sir qiladi.
Buyumni sovutish bir yoki ikki tomonlama bo‘lishi mumkin.
Bu formalash usuli va buyum
konstruksiyasiga bog'liq. Sovutish siqib yuboriladigan havo orqali amalga oshiriladi.
Sovutish sekin-asta amalga oshirilishi kerak aks holda buyum qiyshayishi mumkin. Sovutish
jarayonida torayish ketadi va bu polimer molekulasini orientatsiyalanish darajasiga bog'liq.
Do'stlaringiz bilan baham: