birlikda, deb talqin etadi. Qadimgi yunon falsafasida dialektika
dastlab bahs-munozara yuritish san’ati deb ta’riflangan, keyinchalik
Geraklit, Milet falsafiy maktabi vakillari, pifagorchilar dunyo haqidagi
eng umumiy va teran fikrlarni «dialektik fikr»
deb baholay
boshlaganlar. Chunonchi, Efeslik Geraklitning: «Hamma narsa
o‘zgarishda, oqib turadi», «Oqar suvga ikki bor tushib bo‘lmaydi»,
«Kurash – borliqning otasi va mavjudotning xukmdori», Pifagorning
«Haqiqat dengiz tubida», «Inson – hamma narsaning me’yori» kabi
fikrlari dialektik, ya’ni chukur falsafiy fikrlar hisoblangan.
Dialektik tafakkur uslubining ijodkori deb Aristotel mashxur
aporiyalari, ya’ni falsafiy-mantiqiy rivoyatlari bilan nom qozongan,
aporiyalarda borliq va inson fikrining ziddiyatli ekanligini yorqin
ifodalay olgan qadimgi yunon faylasufi Zenonni kursatgan.
Aristotelning o‘zi dialektikani ehtimoliy fikrlar to‘g‘risidagi
mantiqiy
ta’limot bo‘lmish «analitika»ning muqobili deb tushungan. Boshqa bir
buyuk yunon mutufakkiri Platon haqiqiy borliqni («g‘oyalar olami»ni)
o‘zgarmas va aynan birday deb talqin etsa-da, dialektik tafakkur
fikrlash san’atining chuqqisi sifatida hammaga emas, balki faqat
tanlangan zotlargagina berilgan, deb hisoblagan. «Sofist» va
«Parmenid» nomli dialoglarida u: «Mavjudotning
oliy jinslari faqat
shunday tarzda fikr qilishlari mumkinki, ulardan har biri mavjuddur va
mavjud emasdir, o‘ziga o‘zi tengdir va teng emasdir, o‘ziga aynan
o‘xshashdir va uzga holatga o‘tib turuvchidir. Borliq ziddiyatli: u bitta
va ko‘p, abadiy va o‘tkinchi» deb yozgan va bu bilan dialektik
fikrlash uslubini ulug‘lagan edi.
Dialektika sharq, jumladan, IX-XII asrlar Markaziy Osiyo falsafasida
ham muhim o‘rin tutgan. Professor O.F.Fayzullayevning yozishicha,
«dialektika» terminini sharq falsafasida ilk marta «jadl», «jadliy», «jadal»
tarzida vatandoshimiz Abu Nasr Forobiy qo’llagan.
U borliq xodisalari
o‘zaro ta’sir natijasida yuz beradi, o‘zgarishsiz narsa yo‘q, borliq va
fikr ziddiyatlidir, degan. «Oniy va boqiy», «botiniy va zohiriy» kabi
tasavvufga xos, «xalol va xarom», «jannat va do‘zax» singari islomiy
tushunchalarda ham dialektika o‘ziga xos namoyon bo‘ladi.
Evropa uyg‘onish davrida Nikolay Kuzanskiy va Jordano Bruno
«qarama – qarshiliklarning mos kelishi», yangi davrda Rene Dekart va
Borux Spinoza «o‘zini-o‘zi shartlab yuz beruvchi xarakat», XVIII asrda
Immaniuil Kant fizik va kosmogonik tabiatdagi
rivojlanishning yuz
berishi xaqida dialektik g‘oyalarni ilgari surdilar. Buyuk nemis
mutafakkiri G.-V.-F. Gegel birinchi bo‘lib «tabiiy, tarixiy va ruhiy olam
jarayondan iborat, ya’ni borliq bu – uzluksiz xarakat, o‘zgarish, bir
holatdan boshqasiga o‘tish va rivojlanishdir, bu xarakat va o‘zgarish
ich-ichidan o‘zaro aloqadordir» degan fikrni falsafiy-mantiqiy
jixatdan asoslab bergan edi. Gegelning «hamma narsa o‘z inkoriga
keladigan zaruriyat» degan g‘oyasi ham chuqur dialektik fikrdan
iborat.
Dialektik metod tabiat va jamiyatni tushunishga ham, bilish
nazariyasi va amaliyotga ham, materializm va idealizm ta’limotlariga
ham birday tatbiq etilishi mumkin.
Ana shunday keng qamrovli
dialektik tafakkur uslubi nuqtai nazaridan, ziddiyatlar turli-tuman, ko‘p
qirrali va ko‘p qutbli (polipolyar) deb tushunilishi lozim. Ilgari
ziddiyatlarni xal etish uchun kuch ishlatish, tazyiq o‘tkazish asosiy
vosita deb qaralgan bo‘lsa, endilikda, yangicha tafakkur nuqtai
nazaridan ziddiyatlar tinch yo‘l bilan, murosai-madora usuli bilan
ularning
tutash nuqtalari topilib, o‘zaro kelishtirilib bartaraf etiladi.
Shunga muvofiq, «tarixni mojarolar va adovat emas, balki xalqlar
o‘rtasidagi hamkorlik va ishonch olg‘a xarakatlantiradi» (Karimov I.A.
O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik
shartlari va taraqqiyot kafolatlari. – Toshkent, 1997, 323-bet) degan
fikr g‘oyatda chuqur dialektik mazmun kasb etadi. Muhimi – mavjud
ixtiloflar murosasiz sotsial ziddiyatlarga –
antagonizmlarga aylanib
ketmasidan ularni hal qilishdan iborat. Shu bilan birga kishilar,
guruhlar, sinflar, turli davlatlar o‘rtasida adovatga olib bormaydigan
«muayyan, noantagonistik ziddiyatlarning mavjudligi yangi mustaqil
davlatlarning qaror topishi davri uchun real hodisadir»(O‘sha joyda,
75-bet). Shunday qilib, shuro tuzumi hammaning tafakkur uslubi bir
qolipda bo‘lishini talab qilgan bo’lsa, endilikda – mustaqillik davrida
fikrlar xilma-xilligi va erkinligi sharoitida bu mutlaqo o‘rinsiz va asossiz
talabdir.
Yangi sharoitda olamdagi yalpi universal aloqadorlik va taraqqiyot
tamoyillarini o‘z ichiga olgan, ularning murakkab tabiatini o‘zaro
bog’liqlikda teran tushuntirib berishga qodir dialektik metodga
ehtiyoj yanada oshib bormoqda. Mustaqillik davrida dialektik fikrlash
uslubi anglab olingan zaruriyat tarzida «qayta tug’ilmoqda».
Dialektika mustaqil O‘zbekistonni bir butun, yaxlit ijtimoy tizim sifatida
idrok etish,
atroflicha islox qilish, mustaqillikni mustahkamlash, yangi
taraqqiyot modelini asoslash hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga
yo‘l ochishda o‘zining xayotiyligi va ta’sirchanligini isbotlamoqda.
III.
Do'stlaringiz bilan baham: