qadriyatlar ilk yozma matni eramizdan oldingi birinchi ming yillikda
dunyo ko‘rgan «Avesto»da jamlangan. Er, suv, olov va ko’k tangrilari
ustidan quyosh bosh ilox, u o‘zga tangrilarga nom bergan,
vazifalarini tayinlagan, payg‘ambar Zardusht orqali o‘z kalomini
odamlarga ham etkazgan.
Osoyishtalik, falokat, ma’murchilik,
urushlar-barcha–barchasi Oliy iangri marhamatidan yoki qaxridan.
Qadim Turonzaminda milliy qadriyatlar nafaqat zardushtiylik, balki
boshqa diniy va falsafiy ta’limotlar, chunonchi, islomning, tasavvuf
falsafasining kuchli ta’sirida shakllangan. Markaziy Osiyo xatto
buddaviylik dini ta’siridan ham bebahra qolmagan. Bu erda vujudga
kelgan diniy oqimlar vaqti kelib qo‘shni mamlakatlarga ham
tarqalgan. Butun sharq olami extirom bilan tilga oladigan ko‘plab
sufiy ustozlar (A.Navoiy «Nasoyim-ul muhabbat» asarida tasavvuf
ahllari bo‘lmish 770 avliyo haqida ma’lumot beradi) ning ham tag
zoti shu o‘lkadan ekanligi e’tiborga molik.
Milliy – madaniy qadriyatlarimiz
tarkib topishida islomning
mukaddas kitobi – Qur’oni Karim bilan bir qatorda Muhammad
paygambarning so‘zlari va ko‘rsatmalarini o‘zida majussam etgan
hadislar aloxida o‘rin tutadi. Hadislarda dunyoviy qadriyatlarga ham
keng o‘rin berilgan. Ushbu axloqu-odob qomusini yaratishda
vatandosh allomalarning xizmati benihoya ulug bo‘lganligi ham
iftixorli. Chunonchi, atoqli muxaddis Imom al-Buxoriy (819-870) islomiy
odam xulqi va tafakkur tarzini belgilab berishda kuchli ta’sirga ega
besh mingdan ziyod xadisga tartib berib, o‘z faoliyati bilan dini
islomda butun boshli yangi mazxabga asos solgan.
Islom va islomiy falsafa inson ma’naviy – ruhiy kamoloti, botiniy
mukammalligi bilan bog‘liq qadriyatlar rivojiga keng yo‘l ochdi,
ammo ikkinchi tomondan, ko‘proq duolar bilan band bo‘lib, moddiy
– iqtisodiy qadriyatlar rivojini ta’minlay olmadi, xatto, ba’zan bu
qadriyatlar oyog‘iga kishan bo‘ldi: iqtisodiyotda tovar – pul
munosabatlari islomga moslashtirildi, masalan, sudxo‘rlik man qilindi.
Bu esa kapital jamg‘arilishi, moliya – kredit, bank tizimlari rivojiga
to‘siq bo’ldi. Natijada iqtisodiy munosabatlar o‘rta asrlar darajasida
qolib ketdi. Islomga xos tavdiliya – tekischilik,
tenglashtirish tamoyili
shaxsiy tashabbusni jilovladi. Shariyat me’yor va qoidalari, olloh
tolmonidan berilgan deya uqtirilgani sababli, ming yil davomida
deyarli o‘zgarishsiz saqlanib qoldi. Shular oqibatida jamiyatda
turg’unlikka, an’anaviylikka moyillik kuchaydi, islom sharqi kapitalistik
iqtisodiy munosabatlar tulqinida ilgarilab ketgan garbdan sezilarli
orqada qoldi. Xususan, XVI asrga kelib Markaziy Osiyo xalqlarining
iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy xayotida parokandalik sodir bo’ldi. Feodal
tarqoq va ko‘p sonli xokimiyat da’vogarlari o‘rtasidagi muttasil
urushlar temuriylar qudratini susaytirdi,
bu davrda nafaqat iqtisodiy
qadriyatlar, shu bilan birga mintaqa ilm – fani, falsafasi, umuman
ma’naviy qadriyatlari ham quvginga uchradi, ular urnini xurofot va
bid’at egalladi. XVII – XIX asrlar ham shu jixatdan mintaqamizdagi
tarqoqlik va parokandalikka deyarli barham bera olmadi, kapitalizm
an’anaviy, konservativ jamiyatga aylangan Markaziy Osiyoni
«chetlab» o‘tdi, u tom ma’nodagi yirik savdo yo‘llari va jahon
bozoridan chetda qolib ketdi. Bu esa xalqimizning tadbirkorlik,
uddaburronlik, omilkorlik, iqtisodiy
tafakkur kabi qadriyatlari
sustlashuviga sabab bo’ldi.
Bugun O‘zbekistonga ob’ektiv zaruriyat tarzida bozor iqtisodiyoti,
uning beshafqat, ammo odil qonunlari, tamoyili krib keldi. Uning
ijtimoiy – yangilovchilik moxiyati keng miqiyosdagi xususiy tashabbus
va tadbirkorlikka, tovar – pul va moliya – kredit munobatlariga
tayanadi, binobarin, islom dini va falsafasi targib etuvchi mo’minlik,
kamsuqumlik, muloyimlik, o‘z qalbiy kamolotini ko‘zlash bilangina
chegaralanish kabi ma’naviy – axloqiy
qadriyatlar bilan zamonaviy
ustuvor iqtisodiy qadriyatlar o‘rtasida ziddiyat mavjudligini payqash
qiyin emas.
Demak, milliy va umuminsoniy qadriyatlar mutanosibligi buzilgan
yoinki ular o‘rtasida muayyan ziddiyatlar yuzaga kelgan chog‘da
milliy qadriyatlar umuminsoniy mazmun bilan boitiladi, tuldiriladi.
«Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq
– degan edi
O‘zbekiston prezidenti I.A.Karimov o‘zining «O`zbekiston XXI asr
bo‘sag‘asida» nomli asarida, - ajdodlarimizning ko‘p asrlar
mobaynida yaratib kelgan g’oyat ulkan, bebaho ma’naviy va
madaniy merosini tiklash davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi». Millat
ma’naviyati, aql – itdroki, shuuri, o‘zligi uning ona tili, ana’nalari,
ruhiyatida jamlangan, shu bois milliy qadriyatlarni tiklash, uning milliy
xis-tuygularini, g‘urur va iftixorini o‘stirish demakdir.
Odatiy qadriyatlardan butunlay yangi qadriyatlar tizimiga o‘tish
xamma
vaqt ziddiyatli, u ma’naviy-ruhiy iztiroblar orqali kechishi
tabiiy. Yangi ijtimoiy qadriyatlar xali tushunarsiz va begona bo‘lgan
sharoitda ko‘pchilik o‘zi ko‘nikkan shaxsiy qadriyatlar doirasida
qolishga moyil bo’ladi. Aksariyat empirik zaminga ega bu kundalik
qadriyatlar ijtimoiy qadriyat va meyorlarga mutanosib bo‘lmasligi
ham mumkin. Biroq inson o‘zoq vaqt o‘z shaxsiy qadriyatlari olamida
biqinib yashay olmaydi, shu bois u ertami – kechmi murakkab xayotiy
vaziyatlarda xam suyanch bo‘la oladigan ijtimoiy qadriyatlarga ega
bo‘lishi zarur. Yangi demokratik jamiyatda u qadriyatlarni o‘zi tanlab
olish xuquqiga ega bo‘ladi. Qadriyatlarni tanlab olish erkinligi ham
shaxs, ham millat darajasida yakkalikdan — umumiylikka va eng
umumiylikka, aniqrog‘i, individual, shaxsiy qadriyatlardan – ijtimoiy
qadriyatlarga, milliy qadriyatlardan – umumbashariy qadriyatlarga
tomon yunalgan, ob’ektiv va sub’ektiv omillar bilan bog‘liq
murakkab jarayondir.
Sho‘ro davrida asil o‘zbekona
qadriyatlarimiz, olamga mashxur
o‘zbekchilik fazilatlari millatning o‘zi kabi qatag‘on qilingan,
kamsitilgan, «sotsialistik qadriyatlar» ga qarama – qarshi qo’yilib,
yuzaki va jo‘n talqin qilingan bo‘lsa, mustaqillik yillarida ularni tiklash,
bilish va o’rganishga keng yo‘l ochildi. Jahon bugun o‘zbekni
taniyotgan va tan olayotgan ekan, avvalo milliy qadriyatlarning,
millatni-millat, xalqni-xalq qilib jipslashtiruvchi qudratli omil ekanligini
yana bir bor tasdiqlaydi.