Umuminsoniy va milliy qadriyatlar
nisbati masalasi uta muhim
ijtimoiy – falsafiy va siyosiy masala, negaki bugungi kunda jahonda
ko‘pmillatli bo‘lmagan birorta mamlakat yo‘q. Milliy hamda
umuminsoniy qadriyatlar nisbatini aniqlash ertami-kechmi jamiyat
oldida muqarrar paydo bo‘ladi.
Umuminsoniy
deb barcha xalqlar, millatlar, bashariyat uchun
mushtarak qadriyatlarga aytiladi. Masalan, tinchlik, demokratiya,
ijtimoiy adolat, ma’naviyat, ezgulik, insonparvarlik, xuquqiy davlat,
qonun ustuvorligi – bular irqi, dini, millati, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi
qandayligidan qat’iy nazar, inson zoti uchun bir xilda ahamiyatli,
ya’ni umuminsoniy mohiyatga ega qadriyatlardir. «Umuminsoniy»
degan so‘z bu qadriyatlar bir qadar mavxumligini ham anglatadi,
negaki «umuman insoniyat», xuddi «umuman odam» kabi sof
abstraktsiyadir, amalda insoniyat hamisha muayyan millat va elatlar
yig‘indisidan iborat. Binobarin, umuminsoniy qadriyatlar – bu millat va
elatlardan ayri, alohida olamda yashovchi qadriyatlar emas,
ularning mazmuni umuminsoniy, umumiy, amalda bu mazmun
hamma vaqt ma’lum shaklu – shamoyilga, qobiqqa, ya’ni milliylikka
o‘ralgan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |