3. Nutq faoliyati haqida tushuncha
Insonning nutqiy faoliyati uch ko’rinishda amalga oshiriladi. Bular: so’zlash,
mutoalaa va eshitish.
So’zlash deganda so’zlovchining ma’lumot, maslahat berishi, buyurishi,
o’ziga na’molum narsalar haqida so’rashi anglashiladi. So’zlaganda so’zlovchining
bilimi, madaniyati, ahloqi, odobi yuzaga chiqadi.
So’zlash monologik va dialogik ko’rinishda bo’lishi mumkin. Monologik
nutqda bir kishining mulohazalari qarshi savollarsiz
yoki javoblarsiz yuzaga
chiqadi, suhbatdosh tomonidan bo’linmaydi.
Dialogik nutqda muloqat qiluvchi shaxslar navbat bilan goh tinglovchi, goh
so’zlovchi bo’lib turadi.
Mutoalaa o’quvchining yozma nutq orqali asar muallifi, obrazlari bilan
muloqatidir. Mutoalla tufayli o’quvchi yozma nutqda aks etgan voqyea-
hodisalardan xabardor bo’ladi. Ular ta’sirida hulqida qandaydir o’zgarish bo’ladi.
Mutoalla ma’lumot olishning eng muhim yo’lidir. Kishi o’qish orqali ma’noviy
yetuklikka erisha boradi.
O’quvchilarga ta’lim va tarbiya berishda o’qituchining
nutqi ishi bilan
teppateng ahamiyatga ega. Zotan o’qituvchi mutaxasislikka oid ishning yirik
bo’lagini nutqi orqali amalga oshiradi. Shuning uchun uning nutqi hamma vaqt
g’oyaviy yuksak, ravon, yumshoq, dilkash bo’lishi lozim. Nutqda va ishda
subutsizlik o’qituvchi uchun noloyiqdir. Har
bir nutq bolalarning yosh
xususiyatlarini, bilimi va tushunchasini nazarda tutib tuzilishi shart. Shu bilan
birga, o’qituvchining nutqi yosh avlod ko’z oldida uni o’rab olgan moddiy va
ma’naviy dunyoning yangi qirralarini ochib berishni maqsad qilib qo’yadi. Demak,
o’qituvchining nutqi ta’lim-tarbiya berishning asosidir.
O’qituvchining nutqi iloji boricha sodda,
jozibador, ta’sirchan tuzilishi
lozim. Har qanday bilim va tarbiya, asosan, o’qituvchining dars hamda darsdan
tashqari kundalik nutqi orqali berib boriladi. Nutqda u qanday shaklda bo’lmasin
bizning qadriyatlarimiz qattiq hurmat qilinishi lozim.
Pedagogik nutqiy muloqatning o’ziga xosligi o’qituvchining hamma yerda,
har qanday sharoitda ham tarbiyasi ekanligi bilan harakterlanadi. Pedagogik o’z
tarbiyalanuvchilari bilan ko’proq
auditoriyada, darsda nazariy muloqatda bo’ladi.
Uning nutqi ilmimy-pedagogik mazmun kasb etadi. Bunday vaqtda ilmning turli
sohalariga xos qoidalar, atamalar, xulosalar aks etadi. Bunday nutqda har bir narsa
o’z o’rnida, me’yorda bo’ladi. Atamalarga, yangi so’zlarga berilgan izohlar sodda,
o’quvchi hazm qiladigan sintaktik qurilmalarda berilishi shart. Qoida va
nazariyalar hayotiy, o’quvchiga yaqin misollar bilan tushuntiriladi.
Polilog. Ikkidan ortiq kishilarning nutqidan tuzilgan suhbat polilogdir.
Polilog hamma til xususiyatlari jihatidan diologning o’zidir. So’zlovchi o’rtaga
tashlagan muammoga birdan ortiq ishtirokchi o’z fikrlarini bildirishi mumkin.
O’qituvchi sinfda og’zaki nutqning turli shaqllaridan foydalanadi. Quyi
sinflarda ko’proq nutqning diolog va palilog shaqli o’rinlidir. Chunki suhbat usuli
shuncha asoslanadi. Monologik nutqdan o’qituvchi hikoya, tasvir, ta’rif, tavsif
haraktiridagi mavzularni bayon etishda foydalanadi.
Monologik nutq tarix,
adabiyot darslari uchun xos bo’lganidek, diologik nutq ona tili, matematika
darslarida qo’l keladi. O’qituvchi har bir darsda og’zaki nutqning hamma
shaqllaridan foydalanishi lozim.
O’qituvchi o’quvchilarga o’rganilayotgan mavzu va material to’la
yetib
borishi, ularning xulqiga ta’sir etishini ko’zda tutgan holda aytilayotganlarga mos
harakatlar ham qiladi: Masalan, ko’z, qosh, qo’l, yuz, bosh, kift harakatlarini ishga
soladi. Bunday harakatlar tasdiqni, inkorni yoki mamunlikni va hakozalarni
ifodalashi mumkin. Harakat o’z o’rnida bo’lsa, yoqimli kechsa foyda keltiradi.
Ammo hadeb o’rinli-o’rinsiz harakatlar qila berish o’quvchini zeriktiradi.