Toshkent davlat iqtisodiyot univyersityeti a. Sh. Bekmurodov, Z. A. Abdullayev, B. M. Badalov


-rasm. Xalqaro kapital manbalarining 2015 yil hajmi



Download 6,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/321
Sana11.02.2022
Hajmi6,92 Mb.
#443676
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   321
Bog'liq
XALQARO MOLIYA BOZORI VA INSTITUTLARI O„quv qo„llanma

2.8-rasm. Xalqaro kapital manbalarining 2015 yil hajmi 
(mlrd.AQSh doll.) 
Manba: 
Cushman & Wakefield, RCA 
Shimoliy Amerikada investorlar bozorda katta ulushga ega bo‗lib, butun 
dunyoda yyetakchilik qilishmoqda. Yevro qiymatini pasayishi amerikalik 
investorlar uchun nisbatan arzon aktivlar manbasiga Yevropa aylanmoqda, biroq 
Kanada kapitalini chiqib ketishi neft narhini pasayishiga ta‘sir etishi mumkin. 
Shuningdek, keyingi yillarda osiyolik investorlarni bozorda faollashuvini kuzatish 
mumkin bo‗lib, bu jarayon ularning portfelni valyuta riskini kamaytirish va 
diversifikatsiyalash imkoniyatlari izlanishlari bilan bog‗liqdir
58
.
58
www.cushmanwakefield.com International Investment Atlas 2015.


UNCTAD ma‘lumotlariga asosan yuqori daromad olish imkoniyati mavjudligi 
sababli, oxirgi yillarda rivojlanayotgan mamlakatlarda to‗g‗ridan-to‗g‗ri xorijiy 
investitsiyalar hajmi ortishining (55 foiz) (iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda 
hajmi qisqarib borishi) ijobiy dinamikasi kuzatilmoqda
59
.
Moliyaviy globallashuvning zamonaviy jarayonlari milliy hukumatlar 
tomonidan uning ko‗lamini kengaytirishga intilishlariga asoslangan. Mazkur 
jarayon xorijiy investitsiyalarga cheklovlar qo‗llanish darajasining pasaytirish 
usullari orqali bozorni rag‗batlantirish hisobiga yuz bermoqda.
Informatsion va telekommunikatsiya texnologiyalari, kapital bozorining 
liberalizatsiyalashuvi va yangi moliyaviy insturmentlarning ishlab chiqilishi, 
shubhasiz kelajakda xalqaro kapital oqimi o‗sishini rag‗batlantirib boradi va bu o‗z 
navbatida, xalqaro moliya bozorlarini kengayishi va samaradorligini oshishiga olib 
keladi.
Zamonaviy global moliya bozori quyidagilar bilan xarakterlanadi
60
:

moliya bozori pul oqimlari summasida uzoq muddatli davrda o‗sish 
tendensiyasi saqlanib qolinishi, ularning jahon iqtisodiyotiga ta‘sirini oshib borishi, 
shu bilan birga bir vaqtni o‗zida qisqa muddatli davrdagi kapital oqimi dinamikasi 
bozorlarni nolikvidlik riskini ortishiga olib kelishi;

moliyaviy resurslar mobilizatsiyasining tezlashuvi arbitraj operatsiyalar 
imkoniyatlari pasaytirib, hududiy bozorlarda turli foiz stavkalari o‗rtasidagi 
farqlarning kamayishiga olib kelishi;

yuqorida ko‗rsatilgan omillarning bir vaqtda ta‘siri xalqaro moliya 
bozoridagi aktivlar harakatini sinxronizatsiyaga olib kelishi va buning natijasida 
milliy moliya bozorlari o‗rtasida to‗g‗ridan-to‗g‗ri investitsiyalarning xalqaro 
diversifikatsiyasini zaiflashtiradi. 
Moliya bozorlarining globallashuv darajasini ko‗tarish uchun milliy 
hukumatlar tomonidan qulay investitsion iqlim yaratish bo‗yicha samarali 
infratuzilma va qonun bilan ta‘minlangan investitsiya mexanizmiga asoslangan 
chora-tadbirlarni amalga oshirilishi zarur. Bu milliy iqtisodiyotda xorijiy 
investitsiyalar hajmining o‗sishi, iqtisodiyot raqobatbardoshligi va iqtisodiy 
o‗sishining asosiy manba bo‗lib hisoblanishi bilan bog‗liq. Zamonaviy xalqaro 
moliya bozorida turli-tuman moliyaviy insturmentlar bilan amalga oshiriladigan 
operatsiyalarning paydo bo‗lishi va keng masshtabda rivojlanishi, xalqaro moliya 
bozori evolyutsiyasining tezlashuviga, shu bilan birga bir qator tendensiyalarning 
shakllanishiga olib keldi.
Xalqaro moliya bozorining zamonaviy faoliyatida quyidagi tendensiyalar 
kuzatilmoqda
61


xalqaro moliya bozorining globallashuvi;

xalqaro moliya bozorining integratsiyasi va konvergentsiyasi; 

xalqaro moliya bozori ishtirokchilari o‗rtasida xalqaro raqobatning ortishi; 
59
www.unctad.org/fdistatistics.
60
A.V. Zolotov Razvitie finansovix rinkov v usloviyax globalizatsii. Vestnik Moskovskogo universiteta imeni S. Yu. 
Vitte. Seriya 1. Ekonomika i upravlenie•2013‘2. 87–88s. 
61
Mejdunarodniy finansoviy rinok: ucheb. posobie /pod red. d–ra ekon. nauk, prof. V.A. Slepova, d–ra ekon. nauk, 
prof. Ye.A. Zvonovoy.– M.: Magistr, 2007. – 46 s. 


56 

xalqaro moliya bozorida yutilish va qo‗shilishni o‗sishi; 

xalqaro moliya bozori ishtirokchilarining keng ixtisoslashuvi va 
vositachilikni yo‗qolishi; 

xalqaro moliyaviy hududiylashuv (regionalizatsiya);

xalqaro moliya bozorini tartibga solishning amaldagi samarali tizimini 
mavjud emasligi. 
Shunday qilib, globallashuv jarayonlari xalqaro moliya bozorining 
shakllanishidagi asosiy bosh omillardan biriga aylandi. Shu bilan bir qatorda, ushbu 
jarayonga ta‘sir etuvchi quyidagi: xalqaro moliya operatsiyalari amalga oshirish 
vaqti va operatsion xarajatlarini keskin qisqarishiga hamda asosiy moliya 
markazlarini bog‗lovchi yangi informatsion–texnologiyalarni rivojlanishi, xalqaro 
moliyaviy 
insturmentlar 
bilan 
operatsiyalar 
va 
banklar 
faoliyatini 
liberalizatsiyalashuviga bog‗liq xolda xalqaro moliya bozori ishtirokchilari faoliyati 
shartlarini o‗zgarishi, risklarni boshqarish va xejirlash mexanizmlari asosida yangi 
xorijiy valyuta insturtmentlarini paydo bo‗lishi va rivojlanishi kabi boshqa 
omillarni keltirish mumkin.
Xalqaro 
moliya 
operatsiyalarining 
liberalizatsiyalashuvi 
moliyaviy 
transaktsiyalardan olinadigan soliqlar va komission to‗lovlarning pasayishiga, 
imtiyozli soliq rejimida faoliyat ko‗rsatuvchi offshor moliya institutlari 
tarmog‗ining shakllanishiga olib keladi. Liberalizatsiya davomida moliya 
institutlari tomonidan amalga oshiriladigan ko‗pgina operatsiyalar bo‗yicha 
cheklovlarning olib tashlanishi, jumladan, investitsion banklar, sug‗urta va pensiya 
fondlari tijorat kreditlash, tijorat banklari–fond operatsiyalari, sug‗urta, xorijiy 
valyuta derivativlari savdosi bilan shug‗ullanishi. Natijada, mijozlarga xalqaro 
moliyaviy insturmentlar to‗liq to‗plamini taklif qiluvchi global moliya tarmoqlarini 
shakllantiruvchi moliya xoldinglari vujudga keldi. Oxirgi yigirma yillikda xalqaro 
moliya bozorining integratsiya va konvergentsiya tendensiyasi rivojlanmoqda.
Xalqaro moliya bozorining integratsiyasi xalqaro savdoni liberlizatsiyalashuvi 
va sanoati rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda investitsion muhitni 
yaxshilanshiga olib keladi.

Download 6,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish