Beshinchi bosqich
. 2011- yildan keyingi davrni namoyon etadi va bu davrda
moliya bozori barqarorligini oshirish hamda uni yuqori xalqaro reyting
ko‗rsatkichlariga erishgan holda rivojlanishini ta‘minlashga ustuvorlik berilmoqda.
Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‗lamli iqtisodiy islohotlar
jarayonida qimmatli qog‗ozlar munosabatlariga doir qabul qilingan qator qonun
hujjatlarini amalda tatbiq etilishi natijasida yurtimizda fond bozori izchil shakllana
boshladi. Bu borada ko‗plab qonun hujjatlari qatorida muhtaram Prezidentimizning
2012- yil 19- martdagi «Fond bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari
to‗g‗risida»gi PQ1727-sonli qarorlarini qabul qilinishi juda katta ahamiyat kasb
etadi. Ushbu qarorga asosan qimmatli qog‗ozlar bozorida investorlar uchun
yaratilgan qulayliklarni yanada kengaytirish va qimmatli qog‗ozlar bilan savdo
qilishning zamonaviy usul va texnologiyalarini o‗zlashtirish maqsadida Koreya
fond birjasi hamkorligida respublikamiz fond bozorini yanada modernizatsiya
qilish bo‗yicha Yagona dasturiy–texnik kompleksini yaratish va uni amaliyotga
joriy etilishi belgilab berilgan. Shuningdek, mazkur qarorga asosan qimmatli
qog‗ozlar bozori professional ishtirokchilarining qimmatli qog‗ozlar bozoridagi
faoliyatidan olingan daromadlari 2016- yilgacha soliq to‗lovlaridan ozod etilgan
bo‗lib, iqtisod qilingan mablag‗lar ushbu soha orqali investitsion faoliyatni yanada
rivojlantirish, yangi ish o‗rinlarini yaratish va aholi daromadlarini oshirishda
ularning
moddiy–texnik
bazasini
mustahkamlash
bo‗yicha
qo‗shimcha
imkoniyatlar yaratadi.
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012- yil 22- maydagi
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining "Fond bozorini yanada rivojlantirish
chora-tadbirlari to‗g‗risida" 2012- yil 19- martdagi PQ–1727–son qarorini amalga
oshirish chora– tadbirlari haqida № 140 sonli qarorining 3 banddiga binoan, Koreya
fond birjasi fond bozori uchun umumiy summasi kamida 6 mln. AQSh dollari
bo‗lgan Yagona dasturiy– texnik kompleksni yetkazib berish va joriy etishga
"Toshkent" respublika fond birjasi"ning bitta aktsiya kam 25 foiz miqdoridagi
aktsiyalar paketini ayirboshlash bo‗yicha Koreya fond birjasi bilan shartnoma
tuzilishini ta‘minlashi deb belgilangan.
Koreya fond birjasining ―Toshkent‖ Respublika fond birjasiga 2013
yilning oxirida yagona texnik dasturini joriy qilish yakunlanadi.Ushbu texnik
dasturning kimmatli kog‗ozlar bozorining ishtirokchilariga avzallik tomonlari
kuyidagilardan iborat:
•
birja operatsiyasida ―on-layn‖ tizimini yanada rivojlantirish imkoniyati ega
bo‗ladi.
•
Jismoniy va yuridik shaxslarni internet orqali fond bozoriga jalb qilish
ya‘ni bo‗sh turgan pul mablag‗larini fond bozori orqali qimmatli qog‗ozlar
oldi-sotdi bilan shug‗ullanib qo‗shimcha daromad olish manbai paydo bo‗ladi.
•
Tijorat banklari, sug‗urta kompaniyalari, aktsiyadorlik jamiyatlar o‗zining
koshida yirik brokerlik idoralari ochilib, qimmat kog‗ozlar bozorida
anderrayterlik va market-meykerlik faoliyati orqali yangi daromad olish manbaiga
ega bo‗lishga erishadi.
•
Bir kun bir dona aktsiyaning oldi-sotdi operatsiyasi bir necha marta amalga
oshirishga erishiladi.
52
•
Fond birjasida savdo hajmining bir necha barovar o‗sishiga olib keladi.
•
Iqtisodiyotimizni real sektoriga ya‘ni ishlab chiqarish korxonalariga
kreditga qaraganda kam foizli moliyaviy resurslarni kiritish imkoniyatiga ega
bo‗lishi.
•
REPO kelishuvlarini amalga oshirish uchun investorlarga xar soniyada
yagona texnik-dastur tomonidam ma‘lumotlarni yangilanib turilishi imkoniyati
shakllantiriladi.
•
Aktsiyadorlik jamiyatlar o‗z faoliyatini kengaytirish uchun kredit olishga
qiziqmay faqatgina aktsiya emissiya qilish orqali moliyaviy resurs topishga
intiladi. (Xalqaro amaliyotda yirik kompaniyalar misol uchun Samsung, LG,
Kia motors kompaniyalari o‗z faoliyatini kengaytirmoqchi bo‗lsa asosan aktsiya
emissiya qilish orqali moliyaviy resurs topadi.)
―Toshkent‖ Respublika fond birjasi tomonidan qimmatli qog‗ozlarning
birlamchi va ikkilamchi bozordagi erkin muomalasi uchun teng huquqli sharoitlar
yaratish hamda talab va taklifdan kelib chiqqan holda qimmatli qog‗ozlarning
bozor narxlarini shakllantirish, investorlarni tegishli ma‘lumot va axborotlar bilan
ta‘minlash vazifalari amalga oshirilib kelinmoqda
53
.
Respublikaning xalqaro moliya munosabatlari va jahon xo‗jaligiga
integratsiyasi majmui aniq belgilangan maqsadlar hamda ularni amalga oshirishga
qaratilgan quyidagi asosiy tadbirlarni o‗z ichiga oladi
54
.
Birinchidan, respublika milliy iqtisodiyotining kuchli eksport bo‗ganini tashkil
etuvchi va uning jahon bozorida munosib o‗rin egallashini ta‘minlovchi
bo‗g‗inlarni aniqlash;
Ikkinchidan, iktisodiyotning eksport sohasida davlat tomonidan qo‗llab–
quvvatlash usulidan keng foydalanish.
Bu usullar quyidagilardan iborat:
eksportga yo‗naltirilgan ishlab chiqarishni kengaytirish uchun imtiyozli foizlar
bo‗yicha uzok muddatli kreditlar ajratish, mo‗ljallangan investitsiyalarni
sug‗urtalash;
eksportyorlarga milliy ishlab chiqarish va uning xorijiy raqobatchilari ishlab
chiqarishi xarajatlari o‗rtasidagi farqni qoplash;
davlat tomonidan respublikaga ilgor texnologiyalar, tajribalar va bilimlarning
kirib kelishi uchun subsidiyalar ajratish;
eksport va importni litsenziyalash yoki chetga mol chiqarishga va chetdan uni
olib kelishga ruxsatnomalar berish;
ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi, xorijdan keltirilgan xomashyo va
materiallar, asbob–uskunalar xamda jihozlar ulushini bosqichma–bosqich
kamaytirish va boshqalar.
Shu bilan birga xalkaro moliya sohasidagi siyosat milliy valyutani
mustahkamlash va uni boshqa valyutalarga erkin almashuvini ta‘minlashni, ichki
narxlarni jahon bozori narxlariga yaqinlashtirish maqsadida baholar islohotini
53
http://www.uzse.uz/new/info_news/1111/uz/.pdf .
54
Vahabov A.V., Tadjibaeva D.A., Xajibakiev Sh.X. Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar. O‗quv
qo‗llanma. / i.f.d., prof. A.V. Vahabovning umumiy tahriri ostida. –T.: Moliya, 2011.623–624b.
tugallashni, tashqi iqtisodiy faoliyatning meyoriy–hukuqiy asoslarini xalqaro
talablar darajasiga yetkazishni nazarda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |