Fyuchers shartnomalari
Forvard shartnomalari singari,
fyuchers
shartnomalari ham ikki tomon
o‗rtasidagi ma‘lum bir aktivni kelgusida belgilangan vaqt va narxda sotilishi yoki
sotib olinishi bo‗yicha kelishuv hisoblanadi. Forvard shartnomalaridan farqli
ularoq, fyuchers shartnomalari odatda birjada ayriboshlanadi. Savdoni amalga
oshirish uchun ayriboshlash shartnomasi aniq standartlashgan xususiyatlarni o‗zida
mujassamlashtirishi kerak. Shartnomani tuzayotgan ikki tomon bir–birini bilishi
shart emas, ayriboshlash har ikki tomonga shartnomani bajarilishi uchun kafolat
berish mexanizmini ta‘minlaydi. Eng katta fyuchers shartnomalari ayriboshlanishi
Chikago Savdo Birjasida amalga oshiriladi. Fyuchers shartnomalari tovar xom–
ashyo birjasidan tashqari moliyaviy aktivlar, ya‘ni aktsiya narxlari, valyutalar, va
G‗aznachilik obligatsiyalari uchun ham tuziladi.
8.2-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |