Toshkent davlat iqtisodiyot univyersityeti a. Sh. Bekmurodov, Z. A. Abdullayev, B. M. Badalov


-rasm. Aktsept-rambursli kredit sxemasi



Download 6,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/321
Sana11.02.2022
Hajmi6,92 Mb.
#443676
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   321
Bog'liq
XALQARO MOLIYA BOZORI VA INSTITUTLARI O„quv qo„llanma

5.7-rasm. Aktsept-rambursli kredit sxemasi 
Manba:
ttps://www.google.com/url?sa=t&rct=j&q=&esrc=s&source=web&cd. 
1.
Bank-aktseptantning aktsept trattalari haqidagi ko‗rsatmasi. 
2.
Aktsept to‗g‗risidagi kelishuv. 
3.
Qaytarilmaydigan aktseptlangan akkreditivni taqdim etilishi. 
4.
Tovarlarni yuklab jo‗natish. 
4a. Tratta hisobi va bankka tijorat xujjatlarini taqdim etish. 
5. Aktsept uchun tratta va tijorat xujjatlarini yuborish. 
6.
Aktseptlangan trattani qaytarish.
7.
Trattani qayta hisobga olish. 
8.
Tijorat xujjatlarini yuborish. 
9.
Ta‘milash uchun tijorat xujjatlarini importyorga beriish. 
10.
Ramburslash – veksel summasini o‗tkazish va ta‘minotni qaytarish. 


132 
11.
Bank-aktseptantga veksel summasini o‗tkazish. 
12.
To‗lash muddati kelgan trattlarni taqdim etish. 
Qaytarilish davri uzoq muddatli investitsion loyihalarni moliyalashtirish va 
xalqaro kreditlashning shakli bo‗lgan loyihaviy kreditlash keng tarqaldi. Loyihaviy 
kreditlash kreditlashning an‘anaviy shakllaridan quyidagilari bilan farqlanadi: 
1.
Keng diradagi ishtirokchilar; operatsiyalar hajmi har bir kreditorning 
imkoniyati va yo‗l qo‗yilishi mumkin bo‗lgan risklar limitini oshiradi. Loyiha 
tashabbuskori bankka kredit buyurtmasini beradi. Loyihaviy moliyalashtirishni 
tashkil etish va amalga oshirish uchun, qaysiki loyiha krediti qarzdori, investitsion 
loyiha bo‗yicha buyurtmachi, investitsion faoliyat obyektini operatori rolini 
bajaruvchi loyiha kompaniyasi tashkil etiladi. Moliyalashtirish va kreditlash, 
keyinchalik qarzlarni so‗ndirish hamda ta‘sischilar oldidagi majburiyatlarni 
bajarish bilan bog‗liq asosiy moliyaviy oqimlar loyihasi kompaniyasi orqali o‗tadi.
Loyihaviy moliyalashtirishda loyiha kompaniyasi emissiya qilingan qimmatli 
qog‗ozlarga ega bo‗lgan banklar, institutsional investorlar, ushbu qimmatli 
qog‗ozlarni joylashtirgan investitsion banklar va vositachi-brokerlar, sug‗urta 
kompaniyalari, konsultantlar (moliyaviy, texnik, yuridik va boshqa) ishtirok 
etishadi.
2. Resurslar manbaining turli-tumanligi-milliy va xorijiy, xususiy va davlat, 
bank va nobank moliyaviy vositachilar. 
3. Turli kredit (bank, tijorat, lizing, forfetlash) va moliyalashtirish (qimmatli 
qog‗ozlar emissiyasi, davlat kafolati shaklidagi byudjet subsidiyasi, soliq 
imtiyozlari, ayrim xollarda loyiha ishtirokchisi bo‗lgan kompaniyaning xususiy 
kapitali) shakllaridan foydalanish. Boshqa investorlarni jalb qilish uchun banklar 
berilgan kreditlar bo‗yicha ta‘minlangan qimmatli qog‗ozlar chiqaradilar.
4. Qarzdorning kelajakdagi loyiha mahsulotlari realizatsiyasidan tushumi 
loyihaviy kreditning ta‘minoti sifatida xiszmat qiladi.
5. Loyihaviy kreditlashning tartib-taomilini o‗ziga xosliklaridagi farqlanish:
kreditni maxsus tashkil etilgan loyiha kompaniyasi tomonidan taqdim etilishi; 
investitsion kreditni taqdim etishda qarzdorning kredit tarixiga emas, balki 
loyihaning iqtisodiy, texnik, yuridik, tijorat va boshqa nuqtai nazarlardan har 
tomonlama tahlilga e‘tiborni qaratilishi; qarzdorga ochilgan kredit liniyalarini turli 
ulushlari (transhlar) doirasida kredit shartlari differentsiyalashuvini ko‗zda tutilishi; 
ma‘lum loyiha quvvatiga (60-75 % gacha) erishilganda, loyiha realizatsiyai va 
mahsulotlar sotishdan tushgan daromad hisobidan kreditni so‗ndirish uchun mijoz 
javobgarligining umum qabul qilingan tamoyili. 
6. Loyiha xomiylari tomonidan loyihaviy moliyalashtirish bo‗yicha risklarni 
sug‗urtalash uchun turli kafolatlardan: to‗lov kafolati, loyihani yakunlash kafolati 
(xomiylarni loyihani moliyalashtirish majburiyatlaridan voz kechmasligi), loyihani 
amalga oshirayotgan barcha kerakli firmalar ta‘minoti kafolati, loyihani amalga 
oshiruvchi xomiy yoki firmaning kreditor bankdagi ma‘lum summadagi depoziti va 
boshqalardan foydalanishi.


Innovatsion loyihalarni moliyalashtirishni rag‗batlantirish uchun davlat 
tomonidan kafolat va kafillik ko‗rinishda bevosita va bilvosita qo‗llab-
quvvatlaydi
121
.

Download 6,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish