Toshkent davlat iqtisodiyot univyersityeti a. Sh. Bekmurodov, Z. A. Abdullayev, B. M. Badalov



Download 6,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/321
Sana11.02.2022
Hajmi6,92 Mb.
#443676
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   321
Bog'liq
XALQARO MOLIYA BOZORI VA INSTITUTLARI O„quv qo„llanma

Bretton-Vuds tizimi.
Konferentsiyada ikkinchi jahon urushidan keyingi 
davrda xalqaro moliyaviy kelishuvlar deb nomlanib, unda quyidagi masalalar 
ko‗tarilgan edi: 
-
Valyuta kursining barqaror tizimi; 
-
Xalqaro valyuta fondini tashkil etish; 
-
Jahon bankini tashkil etish. 
Valyuta kursining barqarorligi
 
kelishuv a‘zolari tomonidan o‗z valyutalarini 
oltinda yoki AQSh dollarida ifodalangan kursini saqlashlari orqali erishilishi 
kelishib olindi. Unga ko‗ra, AQSh dollari nominal qiymati oltinda ifodalanib, 
oltinning 1 untsiya 35 dollar qiymatiga teng bo‗ldi. Qolgan valyutalar esa dollarga 
bog‗lab qo‗yilgan edi. Shu sababli Bretton-Vuds valyuta tizimi ―Oltin valyuta 
standarti‖ deb nom oldi.
Markaziy banklar o‗z valyutasining dollarga nisbatan kursi 1 foizlik intervalda 
tebranishini ta‘minlash uchun muntazam ravishda xorijiy valyuta bozorlarida 
interventsiyalar o‗tkazishlari lozim edi. Markaziy banklar o‗z valyutalarini 
kelishilgan kursda saqlab turishdagi harakatlari Xalqaro valyuta fondi tomonidan 
qo‗llab-quvvatlanishi kelishuvda aks etgan edi. 
Kelishuvga ko‗ra, Xalqaro valyuta fondi va Jahon bankining asosiy vazifasi – 
belgilangan valyuta kursi tizimida a‘zo mamlakatlarning xalqaro valyuta 
munosabatlarini tashkil etish va tartibga solishdan iborat edi
100

Bretton-Vuds valyuta tizimida ishtirokchi davlatlar yetarli darajada oltin va 
keng qo‗llaniladigan valyuta zaxiralariga ega bo‗lishlari kerak edi. Unga ko‗ra, 
davlatlar zaxiralarini xalqaro valyuta bozorlarida milliy valyutalari kursini saqlab 
qolish maqsadida, uni sotib olish uchun sarflashlari lozim edi. Ammo asosiy ikki 
zaxira aktivi – oltin va AQSh dollari xalqaro savdo va moliyaviy oqimlarning 
kengayib borishini qo‗llab-quvvatlash uchun yetarli bo‗lmay qoldi. Shu sababli 
Bretton-Vuds valyuta tizimi doirasida 1969 yilda Xalqaro valyuta fondi tomonidan 
qo‗shimcha zaxira aktivi sifatida SDR (Special Drawing Rights) tashkil etildi
101

SDR naqdsiz shaklda bo‗lib, banklar hisobraqamlarida aks ettiriladi. SDR ning 
muomalaga kiritilishidan asosiy maqsad Bretton-Vuds valyuta tizimi doirasida 
Triffin paradoksi (Triffin dilemma)ni oldini olishdan iborat edi. Ya‘ni 
valyutalarning xalqaro miqyosda foydalanish xarakteri va milliy tabiati (ichki 
bozor) o‗rtasidagi ziddiyatni bartaraf etishga qaratilgandi. 
―Xalqaro valyuta tizimidagi tub islohotlar ancha vaqtga kechikdi. Bugungi 
kunda qudratli bo‗lgan AQSh dollariga bo‗layotgan tahdidda islohotlarning 
zarurligi va zudlik bilan amalga oshirish kerakligini yana bir bor ko‗rishimiz 
mumkin.‖ 
100
Xalqaro valyuta fondi va Jahon banki to‗g‘risida mazkur qo‗llanmaning X bobida to‗liq ma‘lumot beriladi. 
101
 http://www.imf.org/en/About/Factsheets/Sheets/2016/08/01/14/51/Special-Drawing-Right-SDR.  


94 
Robert Trifin,1960 yil, noyabr 
Dunyoda dollar hajmining keskin oshib borishi, oltin iste‘molini ortishi hamda 
spekulyantlar va jamg‗aruvchilar faoliyati sababli oltinga bo‗lgan talab oshib bordi. 
1960- yillarning boshida dunyoda Bretton-Vuds valyuta tizimining zaif jihati – 
dollarning oltinga qat‘iy belgilangan almashinuv kursini tuzatish yo‗llari axtara 
boshlandi. Xususan,
-
Oltinga bo‗lgan talab oshib borayotgan bir sharoitda uning dollarga nisbatan 
kursini saqlab qolish yo‗lida G‗arbiy Yevropa va AQSh hamkorlikda ish olib 
borishardi; 
-
AQSh dollarning xorijga oqimini kamaytirishga yo‗naltirilgan siyosatni 
qabul qildi; 
-
Xalqaro valyuta fondi oltin va dollarga asoslanmagan boshqa likvidlikni 
bozorga taklif etishga e‘tibor qaratdi. Yangi zaxira aktivi – SDR, aynan umumiy 
jahon pul taklifini oshirish uchun joriy etildi. 
Dastlab SDR qiymati ham ekvivalent sifatida 0,888671 gramm oltinga 
tenglashtirilgan edi. SDR paydo bo‗lganiga ko‗p bo‗lmasidan Bretton-Vuds valyuta 
tizimi inqirozga yuz tutdi. 
AQSh va xalqaro bozorlarda muomaladagi dollarning hajmi oshib borayotgan 
bir sharoitda, ushbu dollarlarni ta‘minlashga qaratilgan oltin zaxirasi AQShda 
keskin kamayib bordi. Xalqaro moliyaviy yyetakchilar AQSh dollarni 
qadrsizlantirishga yoki uni oltin bilan ta‘minlashdan voz kechishga majbur 
bo‗lishlarini taxmin qilishgandi.
1960- yilda AQSh Kongressida ma‘ruza qilgan iqtisodchi Robert Triffin 
hammaning e‘tiborini xalqaro valyuta tizimidagi fundamental muammoga qaratdi. 

Download 6,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish