90
-
valyuta operatsiyalari amalga oshirish shakllarining yagona shaklga
keltirilganligi;
-
valyuta va kredit risklarini oldini olish (cheklash) maqsadidagi
operatsiyalarning keng rivojlanishi;
-
hisob-kitoblar banklarning vakillik hisob raqamlari orqali amalga oshirishi;
-
valyuta kurslari barqaror emasligi;
-
arbitraj va spekulyativ operatsiyalar hajmining almashuv (xarid
qilish va
sotish) operatsiyalari hajmidan kattaligi.
Xalqaro valyuta bozori yuqorida ta‘kidlab o‗tganimizdek, kun davomida
uzluksiz faoliyat yuritishi bilan bir qatorda, jahon xo‗jaligi hajmiga nisbatan yirik
hajmlardagi operatsiyalarni amalga oshirilishi bilan ajralib turadi.
Xalqaro valyuta bozori shakllangan tizim sifatida quyidagi elementlardan
tarkib topadi:
-
rezerv va kollektiv valyutalar;
-
valyutalarning o‗zaro almashinuv sharoitlari;
-
valyuta kursi rejimi;
-
valyuta cheklovlarini davlatlararo tartibga solish;
-
to‗lo balansini tartibga solish;
-
kredit instrumentlaridan foydalanish vositalarini soddalashtirish;
-
xalqaro hisob-kitoblar shaklini soddalashtirish;
-
xalqaro oltin va valyuta yuozorlari rejimi;
-
xalqaro valyuta bozorini tartibga soluvchi tashkilotlar.
Xalqaro valyuta bozori moliya bozorining eng yirik segmenti sifatida moliya
bozori uchun zarur bo‗lgan likvidlilik bilan ta‘minlaydi.
Xalqaro valyuta bozori quyidagi asosiy funktsiyalarni bajaradi.
Transfer
. Xalqaro valyuta bozori tranzaktsiyada
ishtirok etayotgan
mamlakatlar o‗rtasida xarid qobiliyatini bir tomondan ikkinchi tomonga uzatadi. Bu
funktsiyani xorijiy valyutadagi veksellar, bank trattalari va telefon aloqasi kabi
kredit vositalari orqali amalga oshiradi.
Kreditlash.
Xalqaro valyuta bozori tashqi savdoni kreditlar bilan ta‘minlaydi.
Uch oy muddatga ega o‗tkazma veksellar odatda xalqaro to‗lovlar uchun ishlatiladi.
Importer uchun ushbu muddatdagi kredit (3 oy) tovarga ega bo‗lish, uni sotish va
pulini olish uchun talab etiladi.
Xedjerlash.
Xedjerlash deganda, eksporter va importer kelajakdagi
belgilangan sanada tovarlarni joriy narx va valyuta kursida sotish hamda sotib olish
to‗g‗risidagi kelishuvi tushiniladi. Xedjerlashdan maqsad kelajakda valyuta
almashinuvi kurslarining o‗zgarishi tufayli moliyaviy yo‗qotishlarning
oldini
olishdir. Yuqorida ta‘kidlab o‗tkanimizdek, aynan valyuta kurslari barqaror
emasligi xalqaro valyuta bozoriga xedjerlash funktsiyasini bajarishni taqozo etadi.
Spekulyativ.
Spekulyativ funktsiyasi tabiiy holda xalqaro valyuta bozoriga
xosdir. Global bozorning rivojlanishi qisqa muddatli likvid kapitalning tez o‗sishi
bilan birga kechadi, u spekulyativ foydani izlash jarayonida tez ko‗chib yurishi
mumkin. Juda ulkan pul mablag‗lari valyuta kurslarining farqi asosidagi
chayqovchilik operatsiyalaridan foyda olish uchun
xalqaro falyuta bozorida
to‗planadi. Xalqaro valyuta bozori bu funktsiyani bajarib, global iqtisodiyotning
yuqori foyda keltiruvchi va samarali sohalariga xalqaro investitsiyalarning oqib
kelishiga yordam beradi. Xalqaro valyuta bozorining chayqovchilik va sug‗urta
funktsiyalari o‗zaro yaqin bog‗liq bo‗lib, valyuta operatsiyalarining ma‘lum
doirasining o‗tkazilishini ta‘minlaydi.
Xalqaro valyuta bozorlarining axborot funktsiyasi – bu bozor ishtirokchilarini
uning faoliyat yuritayotgani to‗g‗risidagi axborot bilan ta‘minlashdir. Va nihoyat,
tartibga soluvchi funktsiyasi xalqaro valyuta bozorida tartib va tashkil etishni
ta‘minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: