Bog'liq XALQARO MOLIYA BOZORI VA INSTITUTLARI O„quv qo„llanma
Triffin paradoksining mazmuni boshqa mamlakatlarning Markaziy banklari milliy valyuta rezervlarini shakllantirilishini ta‘minlash uchun AQShda doimiy ravishda to‘lov balansining defitsiti kuzatilishi talab etadi. Agar to‘lov balansining defitsiti davom etsa, uzluksiz dollar oqimi jahon iqtisodiyotining o‘sishiga ko‘maklashadi. Biroq to‘lov balansi defitsitining mavjudligi ushbu valyutaga bo‘lgan ishonchni pasaytirib, uning zaxira valyuta sifatidagi qiymatini kamaytiradi. Dollarga ishonchning yo‘qligi uni jahon zaxira valyutasi sifatida foydalanilishining to‘xtatilishiga olib keladi. Bu esa qat‘iy belgilangan kurs tizimining buzilishiga hamda nobarqarorlikka olib keladi. Agar valyutaga bo‘lgan xalqaro ishonchni oshirish uchun mazkur davlat to‘lov balansi profitsitda bo‘lishi ta‘minlansa, xalqaro bozor rezerv mablag‘ni shakllantirishning asosiy manbaidan ajraladi. Natijada, likvidlikning tanqisligi jahon iqtisodiyotini yopiq (jilovlovchi) spiralga olib keladi va yana nobarqarorlikka sabab bo‘ladi.