98
Mavzu IX. O‘ZBEKISTONDA TARKIB TOPGAN EKOLOGIK
VAZIYATLAR VA EKOLOGIK XAVFSIZLIGNI TA’MINLASH.
Reja:
1.
Ekologik muammo, ekologik holat va ekologik vaziyat
to‘g‘risidagi tushuncha.
2.
O‘zbekistonda tarkib topgan ekologik mushkul vaziyatlar.
3.
O‘zbekistonda ekologik xavfsizlikni ta’minlash chora tadbirlari.
1. Ekologik muammo, ekologik holat va ekologik vaziyat
to‘g‘risidagi tushuncha. Ekologik muammolarning insoniyat oldida
tobora keskinroq, ko‘ndalang bo‘layotganligi, sayyoraviy muammolarga
aylanib ketayotganligi insoniyatning kelgusi hayotida ham og‘ir
tashvishlar keltirib chiqarishi aniq bo‘lib qoldi. Birlashgan Millatlar
Tashkiloti kelayotgan o‘n yillikda
quyidagi ekologik muammolar
sayyoraviy tus olishini ham e’lon qildi. Bu muammolar quyidagilar:
1.
Havoning zaharlanishi;
2.
Daryo va suv havzalarining ifloslanishi;
3.
Tuproq tarkibining o‘zgarishi va hosildor yerlarning sho‘rlanib
borishi.;
4.
Ekologik toza oziq-ovqat miqdorining kamayib borishi;
5.
Atmosfera azon qatlamining yemirilishi:
6.
Inson sog‘ligiga zarar yetkazadigan texnik moslamalarning
ko‘plab ishlatilishi.
Ekologik xavf ham xuddi harbiy, energetik, demografik, oziq-
ovqat muammolari kabi o‘z rivojlanishiga ega. Xavfdan hamisha
himoya tizimi yaraladi yoki inson yaratishga majbur bo‘ladi.
Sivilizatsiya, rivojlanishining erta bosqichlari xavfidan o‘zini
himoya qilishni uddalagan bo‘lsa, hozirgi kundagi ilmiy-texnika
taraqqiyoti davrida himoya sohasida juda qiynalib qoldi.
Chunki
insoniyatning o‘zi tabiat resurslaridan foydalanishga nisbatan shunchalik
shiddatli tezlikni tanladiki, bu tezlik xavfidan qutulish uchun himoya
tizimini qurish, yaratish juda murakkablashib bormoqda.
Ekologik muammolar sub’ekti (insonning yashash faoliyati uchun
sharoit va mablag‘ ishlab chiqarish) bilan ob’ekt (tabatning rivojlanishi
qonuniyatlari, resurslarning chegaralanganligi, mavjud texnologiyalar
darajasi) o‘rtasidagi ehtiyojlar qarama-qarshiligi kuchayib ketganda
namoyon bo‘ladi. Ekologik xavfni sub’ektning ob’ekt
bilan birgalikda
99
o‘zini rivojlantirish, o‘zgartirish natijasida yo‘q qilish mumkin. Buning
ma’nosi-ehtiyojlarni iqtisodiy, tanqidiy tahlil qilish, sub’ektning
talablarini tafakkur nuqtai nazaridan qayta ko‘rish, ishlab chiqarishdagi
«Inson + Tabiat + Jamiyat» tizimiga amal qilish lozim bo‘ladi. Ekologik
muammo ekologik xavfdan, ekologik xavf
esa ekologik vaziyatdan
kelib chiqadi. O‘zbekistonda ishlab chiqarishning keng miqyosda
taraqqiy etishi bilan inson o‘rtasidagi munosabatlarni tobora
keskinlashtirmoqda. Har bir tabiiy majmua o‘zining inson tomonidan
buzilishi jihatdan ma’lum darajasidagi ekologik holatga ega bo‘lib, ular
biri-biridan mazkur holatning og‘ir yoki yengilligi, murakkabligi,
majmualiligi bilan farq qaladi. Ekologik holat umumiy tushuncha va
o‘sha hudud uchun nisbatan barqaror xususiyatlarga ega.
Barqarorligidan o‘zoq muddatlarda ham o‘zgarmasligi mumkin.
Lekin
ekologik holat ba’zan og‘irlashuvi va yengillashuvi ham mumkinki, bu
hol ishlab chiqarish maromiga bog‘liq. Atrof-muhitga ta’sir tezlashsa
ekologik holat og‘irlashadi va aksincha.
Ekologik holatning turli darajada sodir bo‘lishi hududda har xil
vaziyatlarni shakllantiradi. Ekologik vaziyat ekologik holatning ma’lum
bir vaqtdagi ahvoli, binobarin, u beqaror bo‘lib makonda vaqt
mobaynida bir vaziyatdan ikkinchi vaziyatga o‘zgarishi mumkin.
Demak, ekologik vaziyat makonda ma’lum
bir vaqt mobaynida sodir
bo‘ladi. Hamda ekologik aniq va ravshan aks ettiradi.
O‘zbekistonda ekologik vaziyatlar tabiiy resurslardan foydalanish
darajasi, ishlab chiqarishni rivojlantirish, atrof-muhitning ifloslanishini
oldini olish tadbirlari qo‘llanilishi ko‘lamiga qarab turli darajalarda hosil
bo‘lmoqda. Majmuali ekovaziyat barcha tabiiy kamponentlarning
o‘zgarishi oqibatida hosil bo‘ladi. Masalan, Orol bo‘yidagi vaziyatni
madmuali ekovaziyat deb hisoblash kerak, chunki,
u hududda barcha
tabiiy kamponentlar cho‘llanish natijasida tubdan o‘zgarishga uchrab,
dastlabki gidromorf vaziyat endilikda kseromorf, gidrogalomorf va
avtomorf vaziyat bilan butunlay almashgan.
Ekovaziyat ba’zan bir omil yoki komponent bilan bog‘liq holda
yuzaga keladi. O‘zbekistonda aksariyat katta hududlardagi ekovaziyat
suv resurslarining ifloslanishi tufayli xatarlidir. Daryo suvlarini ichimlik
suvi sifatida ishlatib bo‘lmasligi, sug‘orishda foydalanganda tuproq
sho‘rlanishining
kuchayishi,
tuproqning
turli
chiqindilar
bilan
ifloslanishi ekologik holatni jiddiylashtirmoqda.
Daryoning sifatsiz suvini iste’mol qilish Quyi Amudaryo, Quyi
Sirdaryo,
Quyi Zarafshon, Quyi Qashqadaryo kabi ko‘plab hududlarda
100
aholi orasida turli xavfli kasalliklarning tarqalishiga sabab bo‘lmoqda.
Ayniqsa, 1 yoshgacha bo‘lgan go‘dak, yosh bolalar, ayollarda og‘ir
asorat qoldirayapti, aholi orasida o‘lim ba’zi tuman va viloyatlarda
nisbatan ko‘p.
Olimlarning tadqiqotlariga ko‘ra respublikada suv resurslari bilan
bog‘liq bo‘lgan ekovaziyat ustivor bo‘lib, atmosfera havosining
ifloslanishi
va boshqa, sabablar bilan bog‘liq ekovaziyatlar keyingi
o‘rinlarda turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: