Moliyaviy tahliliy tizimlar.
Bu toifa dasturlari bank va birja tuzilmalarida
ishlatiladi. Ular moliya, tovar va xom-ashyo bozorlaridagi vaziyatni nazorat qilish,
rо‘y berayotgan hodisalarni tahlil qilish, ma’lumotlar va hisobotlar tayyorlash
vazifasini bajaradi.
Geoaxborot tizimlari (GAT)
kartografiya va geodeziya ishlarini tipografik
hamda aerokosmik usullardan olingan axborot asosida avtomatlashtirishga
mо‘ljallangan.
Videomontaj tizimlari.
Video materiallarga ratsiya orqali ishlov berish, ularni
montaj qilish, video effektlarni yaratish, materiallardagi nosoz joylarni tuzatish,
tasmaga ovoz, titr va subtitrlarni tushirish uchun mо‘ljallangan.
О‘zining rivojlangan ichki tasniflash tizimlariga ega bо‘lgan amaliy-dasturiy
vositalarning ayrim toifalari о‘rgatuvchi, rivojlantiruvchi, ma’lumotlar beruvchi va
kо‘ngilochar tizimlar hamda dasturlarni taqdim etadi. Dasturiy ta’minotning ushbu
sinflarining о‘ziga xos tomonlari tarkibidagi mul’timediya qismiga talabning
(musiqaviy kompozitsiyalardan foydalanish)da yuqoriligida.
Do'stlaringiz bilan baham: |