Excel dasturi va uning imkoniyatlari
Hisoblash elektron jadvalining dastlabki dasturi 1979 yili Visicals
(Visiblencalculators-ko‘rinib turuvchi kalkulyator) nomi bilan Software Arts
firmasida yaratilgan. Bu dastur Apple II kompyuteri uchun ishlab chiqilgan va ko‘p
jihatdan uning bozorda ommabopligi aniqlangan.1981 yili IBM PS kompyuteri
paydo bo‘lishi bilan bu tipdagi kompyuterlar uchun elektron jadvallar ishlab chiqila
boshlandi. Visicals va Supercals dasturlarining yangi ko‘rinishlari paydo bo‘ldi, shu
bilan birgalikda Microsoft-Multiplan firmasining birinchi amaliy dasturi paydo
bo‘ldi va u elektron jadvallar yangi avlodining yorqin yulduziga aylandi.
Hisoblashlar natijalarini ko‘rgazmaliroq tasvirlash uchun joylashtirilgan
grafik rejimlarining paydo bo‘lishi bu elektron jadval rivojlanishining navbatdagi
qadami bo‘ldi.1983 yil LOTUS firmasining 1 – 2 – 3 paketlari chiqib, kutilgandan
ham ziyodroq muvaffaqiyatga erishdi. Ammo 1997 yil Microsoft firmasi tomonidan
EXCEL dasturi taqdim etildi, u hozirgi kunda ham o‘z sinfidagi eng kuchli dastur
hisoblanadi. Bu dastur ixtiyoriy axborotni (matnlar, sonlar, sana va hokazolarni)
qayta ishlab chiqish va saqlash imkonini beribgina qolmasdan, balki qilgan ishingiz
natijasini bezash, ko‘rgazmaliroq ko‘rsatish va chop etish imkoniyatini beradi.
EXCELning ommaviy imkoniyatlarini o‘zlashtirish qiyin emas, ammo dasturning
murakkabligi va imkoniyatlarining juda kengligi sababli, ular bilan tanishish uzoq
davom etishi mumkin, binobarin, aynan ish jarayonida uning yangi - yangi
imkoniyatlarini ko‘rish mumkin.
EXCEL bugungi kunda mashhur elektron dasturlash jadvallaridan biridir.
Undan ishbilarmonlar, o‘qimishli kishilar, hisobchilar va jurnalistlar foydalanadilar.
209
Uning yordamida turli xildagi riyxatlar, kataloglar, jadvallar, moliyaviy va statik
hisobotlar, jamoa fikrini hisobga olish biznes korxonalarini rejalashtirish, ilmiy
eksperimentlar natijasini ishlab chiqish, prezentasion materiallar tayyorlash
mumkin. Xullas, EXCEL qulay elektron jadvaldir.
Jadvallarni jihozlash turli xil bo‘ladi, formatlashda berilgan imkoniyatlar
xuddi yaxshi matn prosessordek, shriftlarni o‘zgartirish mumkin, rasm chizishni,
qatorlar ajratishni, qatorli yoki alohida yacheykalardagi matnni rang bilan ko‘pincha
(agar sizda rangli printer bo‘lsa) ramkali va chiziqli, oblastlarni ranglash, berilgan
jadvallarda grafik va diagramalar ko‘rish, jadvallarga rasmlar quya qilish va
hokazolarni bajarish mumkin.
EXCEL hujjatlari ,ya’ni qayta ishlash obyektlari bo‘lib ixtiyoriy nomli ,.XLS
kengaytmali fayl hisoblanadi. Bunday fayl ishchi kitob deb ataladi.
MS Excel 2003 dasturida elektron jadval kompyuter xotirasida joylashgan 1
dan 16384 gacha raqamlangan satrlardan va lotin harflari A, B, ..., Z, AA , AB, ...
deb raqamlangan 256 ta ustundan iborat edi.
MS Excel 2007 dasturida esa 16,4 ming ustun va 1 mln.dan ortiq satr mavjud
MS Excel 2013 va unyan yangi versiyalarida esa ustun va satrlar miqdori
cheklanmagan.
Ustun va satrlar kesishish joyida yacheyka (katak) joylashgan. Ixtiyoriy
katakka boshlang‘ich qiymatlar son yoki matn, shuningdek, ixtiyoriy axborotni
hisoblash uchun formula kiritish mumkin. Ustun kengligi va satr balandligini
o‘zgartirish mumkin.
MS Excel dasturida qo‘llash mumkin bo‘lgan asosiy imkoniyatlar:
- katta hisoblash ishlarini talab qiluvchi masalalarni yechish; (hisobotlar
yaratish, natijalarni tahlil qilish);
- diagramma yaratish;
- ro‘yhatlari tashkil etish (murakkab tuzilishdagi ro‘yhatlarni yaratish va
foydalanish);
- boshqa turdagi ma’lumotlar bilan ishlash (har xil turdagi manbalardan
ko‘plab ma’lumotlarni import qilish);
210
- rasmlar va sxemalarni yaratish (SmartArt shakl va obyektlari);
- murakkab masalalarni bajarishni avtomatlashtirish (makroslar
yordamida).
Microsoft Excel 2013 jadval prosessori interfeysi
Do'stlaringiz bilan baham: |