Asalari va pashsha
(masal)
Pashsha uchib kelayotgan asalarini ko‟rib:
-Do‟stim, qayerdan kelayapsan?-deb so`radi.
-Gulzordan. Biroz asal yig`dim, uya solish uchun mum olib kelayapman,-dedi
asalari.
18
-Bir boshing uchun muncha ko`p harakat qilasan? Sen ham menga o`xshab
kishilar hozirlagan ovqatlarni mazza qilib yeb yursang bo`lmaydimi?- dedi pashsha.
Asalari pashshaga zarda bilan javob berdi:
-Tirikchiliging o`z boshingdan beri kelmasin. Mehnat qilmay yegan ovqatdan
maza bo`ladimi? Odamlar seni quvlaydilar. O`ldiradilar. Sen tekinxo`rsan. O`g`ri
kabi yashaysan. Men halollik bilan kun ko`raman. Mening tayyorlagan asalimni
hamma sevib yeydi. Shuning uchun kishilar bizni yaxshi ko`radilar, maqtaydilar, buni
bilib qo`y! Mening sen kabi bekorchi bilan gaplashishga vaqtim yo`q.
Shu so`zlarni aytgach, asalari uchib ketdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |