IZOHLI DIKTANT
1-namuna.
Matndagi otlarning ma`no guruhlarini aniqlang va izohlang.
Sport
Sport - maqsadli harakat, ilmiy asoslangan, sinovlardan o`tgan harakat. Shu
bois u jismni chiniqtiradi, kuch beradi. Ertalabdan kechgacha daladan quti-quti
pomidor, bodringni yelkaga ortmoqlab chiqish sport emas, ammo tosh irg`itish, tosh
ko`tarish – sport, chunki unda qoidali harakat qilinadi.
(Sh.Xojaniyazova)
2-namuna.
Tez aytishlarni aytib, mashq qilib ko`ring. Nutqingizni o`stiring.
Gaplar ichida sifatlarni topib, ularga izoh bering.
1. Norning nordon anori narida. 2. O`tkir o`tkir o`roqda o`t o`rgil. 3.Oqil oq
olma oldi, oq olmani Oqil oldi. 4. To`p-to`p ko`k koptok, har bir to`pda ko`k koptok.
5. Soqi quritgan qoqi qoq quruq qoqi.
Do'stlaringiz bilan baham: |