Huquq institutlari
– bu o‘zaro bog‘langan, bir turdagi ijtimoiy muno-
sa batlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar guruhidan iborat. Kons ti-
tutsiyaviy huquq sohasida prezidentlik, fuqarolarning huquq va erkinliklari
ins ti tuti, jinoyat huquqi sohasida – javobgarlik instituti, oila huquqida –
nikoh instituti va boshqalar. Bu huquq institutlari huquq sohasining ichki
tar kibiy qismidir. Huquq institutlari birlashib, huquq sohasini tashkil etadi.
Ya’ni huquq institutlari huquq sohalarining tarkibiy qismidir.
Ijodiy faoliyat
Tuzgan shartli davlatingizda ikkita jismoniy shaxs (fuqaro) va ikkita
yuri dik shaxs (tashkilot)larni misol tariqasida ajratib oling. Ularni nom-
lang.
1. Jismoniy shaxslaringiz kirishishlari mumkin bo‘lgan ijtimoiy muno-
sa batlarda huquqning qaysi tarmoqlari asqotishi mumkinligini aj-
ra tib ko‘rsating.
2. Agar ular o‘rtasidagi huquqiy munosabatlarni sud orqali yechishiga
to‘g‘ ri kelsa, qaysi protsessual huquq sohalariga murojaat qilishiga
to‘g‘ ri kelishini ayting.
3. Agar yuqoridagi jismoniy shaxslar o‘rnida yuridik shaxslar (tash-
ki lotlar) bo‘lsa-chi?
Do'stlaringiz bilan baham: |