Huquq yangi shablon 2019 goluboy 170x225 tiraj oqituvchi indd


huquqiy tartibga solish (boshqaruv)



Download 28,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/248
Sana11.02.2022
Hajmi28,33 Mb.
#442540
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   248
Bog'liq
Huquq 8 узбекча 2019

huquqiy tartibga solish (boshqaruv)
ning 
pred metini tashkil qiladi. 
Huquqiy tartibga solish (boshqarish)
usuli esa, 
huquq ning ijtimoiy munosabatlarga ta’sir ko‘rsatishga yordamlashadigan 
yo‘l lari, usullari, vositalarining yig‘indisidir.
Ijtimoiy munosabatlarning mehnat munosabatlari, ijtimoiy ta’minot, mo -
li ya va hokazolar kabi turlari alohida huquqiy normalar orqali tartibga so li nadi.
O‘zbekiston Respublikasi huquq tizimini quyidagi jadval-sharhi orqali 
ifo dalash mumkin:
HUQUQ TIZIMI
Mamlakatning ichki huquq tizimi 
tarmoqlari
Moddiy huquq 
tarmoqlari
Xalqaro huquq tizimi 
tarmoqlari
fuqarolik-
protsessual
jinoyat-
protsessual
iqtisodiy-
protsessual
ma’muriy-
protsessual
moliya
agrar
yer
oila
ma’muriy
konstitutsiyaviy
ekologiya
suv
mehnat
jinoiy
fuqarolik
va boshqalar
Xalqaro dengiz 
huquqi
Diplomatik va 
konsullik huquqi
Xalqaro xavfsizlik 
huquqi
Xalqaro ommaviy 
huquq
Xalqaro xususiy 
huquq
Xalqaro tashkilotlar
Protsesual huquq 
tarmoqlari
AXLOQ VA HUQUQ. HUQUQIY MUNOSABATLAR


102
Bu huquq tarmoqlaridan ayrimlarini tavsifl aylik:
– Konstitutsiyaviy huquq sohasi – bu huquq tarmog‘i huquq tizi midagi 
eng asosiy huquq sohasi. Chunki, unda huquqning bosh tamo yillari, dav lat-
ning hu quqiy qiyofasi belgilab beriladi. Konsti tutsiyaviy huquq to mo ni dan 
davlat, jamiyat va shaxslar o‘rta sidagi munosabatlar tar tibga solinadi. Un da 
davlat suvereniteti, davlatning siyosiy, bosh qaruv shakli, ma’muriy-hudu diy 
tuzi lishi, davlat or ganlarining huquqiy maqomi, insonlarning asosiy huquq 
va er kinliklari, jamiyat ning o‘ziga xos xususiyatlari kabi muhim ma sa lalar 
mustahkamlangan.
– Mehnat huquqi sohasi orqali – korxonalar, tashkilotlar va ular ning 
xodim lari o‘rtasidagi mehnat muno sabatlari tartibga solinadi. 
– Fuqarolik huquqi sohasi orqali – mulk bilan aloqador hamda nomulkiy 
mu no sabatlar tartibga solinadi. 
– Oila huquqi sohasi orqali – oiladagi, oila va nikoh bilan bog‘liq mu-
no sabatlar tartibga solinadi. 
– Ekologiya huquqi sohasi orqali – tabiatni muhofaza qilish jarayonida 
yuza ga keladigan munosabatlar tar tibga solinadi. 
– Jinoyat huquqi sohasi orqali – qanday xatti-harakatlar jamiyat uchun 
xavfl i ekanligi belgilanadi, ularni sodir etganlar qanday jazolanishi va bu 
borada yu za ga keladigan barcha munosabatlar tartibga solinadi. 
Protsessual huquqlar sudlarning faoliyatini tartibga soladi va qaysi tar-
moq qa oid huquqiy masalalarni ko‘rayotganligiga qarab yuqoridagi sharhda 
kel ti rilgan 3 ta turga bo‘linadi:
– Fuqarolik-protsessual huquq normalari sudlarning fuqarolik, oilaviy, 
meh nat, yer bilan bog‘liq va moliyaviy munosabatlar kabi bir qator sohalar-
dagi faoliyatini tartibga soladi. Ya’ni, shu sohalarga oid ishlar ko‘rilayotgan 
bo‘l sa, sudlar fuqarolik-protsessual qonunchilikka asosan ish ko‘radilar. 
– Iqtisodiy protsessual huquqida ham yer, agrar, moliyaviy, ekologiya 
soha lariga oid huquqiy munosabatlarni sudlar orqali yechish ko‘zda tutilgan. 
Agar fuqarolik-protsessual huquqida fuqarolar jismoniy shaxslar o‘rtasidagi 
muno sabatlar o‘z aksini topsa, iqtisodiy protsessual huquqda xo‘jaliklararo 
mul kiy nizolarni hal etish nazarda tutilgan.
– Jinoyat-protsessual huquq sudlov, tergov, prokuratura organlarining jino-
yat ishlarini tergov qilish va sudda ko‘rib chiqish faoliyatini tartibga soladi.



Download 28,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   248




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish