Microsoft Word 06 Agrar siyosat va oziq ovqat xavfsizligi


 Oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi va ozuqaviy qiymati



Download 4,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/474
Sana10.02.2022
Hajmi4,09 Mb.
#441921
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   474
Bog'liq
AGRAR SIYOSAT

11.2. Oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi va ozuqaviy qiymati; 
Qishloq xo’jaligining mamlakat oziq-ovqat xavsizligini ta’minlashda asosiy tarmoqlardan biri 
ekanligini inobatga oladigan bo’lsak, ushbu yo’nalishda tahlil etilayotgan davrda erishilgan ijobiy 
natijalarni alohida ta’kidlash joiz. Jumladan, barcha asosiy qishloq xo’jaligi mahsulotlari turlari 
bo’yicha aholi jon boshiga ishlab chiqarish ko’rsatkichlari miqdor jixatidan o’sgan. Masalan, 
sabzavotlar 147,2 kg ga, sut yetishtirish 86,6 kg ga va tuxum 69 donaga ko’paygan. 
Oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan me’yordagi ehtiyojni aniqlashda mutanosib rasion asosida 
ovqatlanishni ta’minlash vazifasi faqat me’yordagi kaloriyaga ega bo’lgan va har kuni iste’mol 
qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat emasligini e’tiborga olish o’ta muhimdir.
To’laqonli ovqatlanish ko’p jihatdan uning tarkibiga, iste’mol qilinadigan oziq-ovqat 
mahsulotlarining insonning normal rivojlanishi va faoliyat yuritishi,uning organizmida to’g’ri modda 
almashinuvi, salomatlikni mustahkamlash, kasalliklarning oldini olish, keksayish jarayonini 
sekinlashtirish va umrni uzaytirish uchun zarur bo’ladigan to’yimli va sifatli moddalar bilan kerakli 
darajada ta’minlanishiga bog’liq.
Bu borada ovqat bilan birga o’rnini hyech narsa bosolmaydigan aminokislotalar, vitaminlar, 
mineral moddalar, mikroelementlar va organizmda o’z-o’zidan hosil bo’lmaydigan boshqa 
moddalarning ham iste’mol qilinishi inson hayoti uchun eng muhim ahamiyatga egadir.
Ana shu foydali moddalar, vitamin va mikroelementlar katta miqdorda faqatgina sabzavotlar, 
meva va uzum tarkibida bo’ladi va ularning o’rnini boshqa hyech qanday mahsulot bosa olmaydi.
Boshqacha aytganda, inson salomatligi, uning uzoq va barakali umr ko’rishi to’g’ri va 
mutanosib rasion asosida ovqatlanishni ta’minlash bilan chambarchas bog’liq ekani, meva va 


137 
sabzavotlar uning eng muhim tarkibiy qismi bo’lishi lozimligi hyech kimga sir emas. Jahon sog’liqni 
saqlash tashkiloti ma’lumotlari shundan dalolat beradiki, bugungi kunda rivojlanayotgan 
mamlakatlarda bir kishi uchun tavsiya etilgan kundalik 400 gramm o’rniga juda kam miqdorda – bor-
yo’g’i 150-200 gramm meva va sabzavot iste’mol qilinmoqda. Xalqaro diyetologlarning tavsiyasiga 
ko’ra, inson iste’mol qiladigan oziq-ovqatning kamida 50 foizini meva va sabzavotlar tashkil etishi 
zarur.
Mamlakatda yetishtiriladigan oziq-ovqat ekinlarining ahvoli, istiqboli va turlari, ulardan 
olinadigan hosilning mazali ta’mi va foydali xususiyatlari, ularning milliy iqtisodiyot va eksportda 
tutadigan o’rni, birinchi navbatda, shu davlatning geografik joylashuvi, uning tuproqiqlim sharoitiga 
va shakllangan dehqonchilik madaniyati va saviyasiga, muayyan mahsulotni yetishtirish mahoratiga, 
bunday mahsulotlarning mahalliy va xorijiy bozorlarda nechog’liq xaridorgir bo’lishiga bog’liq.
Ekspertlarning ma’lumotlariga ko’ra, bizning sharoitimizda yetishtirilgan meva-sabzavotlar 
bebaho iste’mol xususiyatlari, ya’ni tarkibida tabiiy shakar, amino va organik kislotalar, salomatlik 
uchun eng muhim bo’lgan mikroelementlar va oziq-ovqat rasionida o’rnini almashtirib bo’lmaydigan 
turli biologik moddalarga boyligi bilan boshqa mintaqalarda yetishtirilgan ana shunday 
mahsulotlardan sezilarli ravishda yuqori turadi.
O’zbekistonda yetishtiriladigan meva va sabzavotlarning faqat ularga xos bo’lgan xususiyatlari 
va to’yimlilik darajasi haqida gapirganda, shuni qayd etish kerakki, mamlakatimiz seleksionerlari 
sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkaning 170 dan ortiq navini, meva va rezavor ekinlar va uzumning 
175 ta yangi navini yaratdilar. 

Download 4,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   474




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish