Ikkinchi jihat
-asosiy turdagi oziq-ovqatlarning aholi uchun ularning qayerda yashashidan
qat’iy nazar hammabopligini ta’minlash bilan bog’liq. Bunda jismoniy hammaboplik shuni
anglatadiki, kishilarning ehtiyojini qondirish uchun yetarli hajmdagi oziq-ovqat mahsulotlari ular
iste’mol qilinadigan joylarga uzluksiz ravishda yetkazib berilishi kerak. Jismoniy hammaboplik
yetarli miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning mamlakatlararo hamda
mamlakat ichida to’siqsiz harakatlanishi bilan bog’liq bo’lgan vazifalar majmuining hal qilinishini
taqozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |