Tarmoq / Branch / Сеть -
qo’llanilayotgan vositalar, ishlab chiqarish texnologiyasi, tashkil
qilish xususiyati hamda mahsulotlardan foydalanish tartibiga ko’ra bir-biridan farq qiladigan ishlab
chiqarishning bir qismi.
Ta’rif (ish haqi fondi)
/ Tariff / Tариф
- ishlab chiqarish texnologiyasiga ko’ra bajariladigan
ishning hajmi, me’yori va razryadi stavkasiga ko’ra aniqlanadigan ish haqi fondi.
Ta’rif jadvali
/
Shedule of tariff / График тарифа
– mehnatga haq to’lash razryadlari, ta’rif
koeffisentlari va stavkalarini ichiga olgan jadval.
Ustav fondi
/ Churter fund / Уставный фонд
- korxonalar faoliyatini ta’minlash uchun
ta’sischilar tomonidan dastlab kiritiladigan va keyinchalik ko’paytirib borish mumkin bo’lgan, hajmi
korxonaning ustavida belgilab qo’yiladigan mablag’. Shirkat xo’jaliklarida pay fondi va bo’linmas
fonddan iborat bo’ladi.
Xarajatlar
/ Expenses / Затраты
- hisobot davrida aktivlarning kamayishi yoxud
majburiyatlarning ko’payishi.
Qishloq xo’jalik kooperativi (shirkat xo’jaligi)
/
collective farm / Колхоз
– tovar qishloq
xo’jalik mahsuloti yetishtirish uchun pay usulga va asosan oila (jamoa) pudratiga, fuqarolarning
ixtiyoriy ravishda birlashishiga, boshqarishning umumiyligiga asoslangan, yuridik shaxs huquqiga
asoslangan mustaqil xo’jalik yurituvchi subekt.
/ Extra wage / Дополнительные заработной платы
– qo’shimcha
mehnat sarf qilish, ish jarayonlarini takomillashtirish orqali qo’shimcha yetishtirilgan mahsulot yoki
yuqori sifatli mahsulot hamda shu mahsulotlarni yetishtirish uchun xarajatlarni tejash evaziga
to’lanadigan ish haqi.
Chorvachilik tizimi / Livestock system / Система животноводство
- chorva mollari sonini
o’stirish va sifatini yaxshilash, maxsuldorligini muntazam oshirib borish hamda mahsulot birligiga
qilinadigan xarajatlarni kamaytirish, umuman, chorva mollari va chorvachilik vositalaridan maqsadga
muvofiq foydalanish orqali uni eng samarali tarmoqqa aylantirishni ta’minlaydigan tashkiliy-iqtisodiy,
texnologik va texnikaviy tadbirlar yig’indisi.
Fermer xo’jaligi / Agricultural farm / Сельскохозяйственные фермы -
o’ziga uzoq
muddatli ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda tovar qishloq xo’jaligi ishlab chiqorishi
226
bilan shug’ullanuvchi, a’zolarining birgalikdagi faoliyatiga asoslangan, yuridik shaxs huquqlariga ega
mustaqil xo’jalik yuritish subekti.
Do'stlaringiz bilan baham: |