Bozor kon’yukturasi /
Commodity market / Товарный рынок – muayyan davrdagi bozor
holati; bozorda muvozanatning mavjudligi yoki buzilganligi bilan xarkterlanadi. Shunga ko’ra bozor
kon’yukturasi ijobiy va salbiy, qulay yoki noqulay bo’lishi mumkin.
Davlat buyurtmalari / Government procurement / Государственный план – davlat
tomonidan muayyan mahsulot turini (hozirgi kunda paxta va g’allani) yetkazib berish bo’yicha qishloq
xo’jaligi korxonalari bilan tuzilgan shartnoma-topshiriq.
Dividend / Divident / Дивиденд — sof foydaning soliqlar, yig’imlar va boshqa to’lovlar
to’langanidan keyin shirkat xo’jaligi (aksiyadorlar jamiyati) ixtiyorida qoladigan va a’zolar o’rtasida
taqsimlanishi lozim bo’lgan qismi.
225
Davlat byudjeti /
State budget / Госбюджет – davlatning muayyan vaqt (odatda bir yil) uchun
mo’ljallangan pul daromadlari va xarajatlari majmui.