Urmaiov N. J., R o ‘ziyev O. A., Gulmatov J. Q., Berdiyev S. R. Qishloq xo‘jaligiiqtisodiyoti «tafakkur»


www.ziyouz.com kutubxonasi 9-BOB



Download 10,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/178
Sana10.02.2022
Hajmi10,95 Mb.
#441774
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   178
Bog'liq
Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov)

187
www.ziyouz.com kutubxonasi


9-BOB
QISHLOQ XO‘JALIGINING YALPIVA TOVAR
MAHSULOTI, ULARNI KO'PAYTIRISH YO‘LLARI
• Qishloq xo'jaligi yalpi va tovar mahsuloti to‘g ‘risida tushuncha, ulami 
aniqlash tartibi.
• Qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotini sotish va taqsimlash yo'nalishlari.
• Yalpi mahsulotni ko'paytirish va uning tovarlilik darajasini oshirish yoilari.
9.1. Qishloq xo‘jaligi yalpi va tovar mahsuloti to‘g‘risida tushuncha,
ularning ahamiyati.
Qishloq xo‘jaligidagi barcha korxonalar ishlab chiqarish jarayonida 
turli mahsulotlami yetishtiradi, ishlar va xizmatlami bajaradilar. Jumladan
paxta, bug‘doy, sholi, makkajo‘xori, kartoshka, karam, pomidor, sabzi, sut, 
go‘sht va boshqa mahsulotlami yetishtiradilar. Qishloq xo‘jaligi korxonalarida 
ma'lum davr mobaynida, odatda bir yil mobaynida ishlab chiqarilgan barcha 
mahsulotlar, bajarilagn ish va xizmatlar yig‘indisi tarmoqning yalpi mahsuloti 
deyiladi. Qishloq xo'jalik mahsulotlarining alohida turlari bo‘yicha natural 
holidagi 
yalpi 
mahsulotni 
aniqlash 
mumkin. 
Masalan, 
2009-yilda 
mamlakatimizda 6 million 600 ming tonna bug‘doy yetishtirilgan. Natural 
holidagi yalpi mahsulot qishloq xo'jalik mahsulotlari turlari bo‘yicha alohida 
hisoblanadi. Lekin, natural o‘lchov birligida barcha qishloq xo‘jaIik 
mahsulotlarini bir-biriga qo‘shib bo‘lmasligi sababli tarmoqning yalpi 
mahsulotini mazkur o‘lchov birligida aniqlab bo‘lmaydi. 
Shuning uchun 
qishloq xo‘jalik yalpi mahsuloti qiymat oichov birligida aniqlanadi. Buning 
uchun bir yil mobaynida tarmoqda yetishtirilgan barcha mahsulotlar va 
ko‘rsatilgan xizmatlar qiymatlarining yigindisi aniqlanadi.
Yalpi mahsulot tarmoqning, korxonaning bir yillik faoliyatini 
ifodalovchi umumiy ko‘rsatkichdir. Qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotining 
tarkibi quyidagilardan iborat bo'Iadi:
- tayyor mahsulot;
- tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi jarayonida bir yil davomida 
yetishtirilib, yig‘ ishtirilib, hisobga olingan, taqsimlashga va sotishga tayyor 
boigan mahsulotlar qishloq xo‘jaligining tayyor mahsuloti hisoblanadi.
188
www.ziyouz.com kutubxonasi


Kelgusi yillarda mahsulotlar yetishtirish 
uchun joriy 
yilda 
sarflanadigan xarajatlar tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari deb ataladi. 
Masalan, kuzgi bug‘doy yetishtirish uchun mamlakatimiz sharoitida oktabr 
oyidan boshlab ko‘plab xarajatlar qilinadi. Jumladan, yerlami shudgorlash, 
tekislash, urug'lik, o‘g‘it, yoqilg'i-moylash materiallari, mehnat haqi sarfi va 
hokazo. Lekin mahsulot keyingi yilda tayyor boiadi. Bundan tashqari, asosiy 
podaga o‘tkazish uchun moijallangan yosh chorva mollariga qilingan 
xarajatlar, mevali bog‘ yaratishda nihollar voyaga yetguncha qilingan xarajatlar 
ham tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlaridir.
Qishloq xo‘jaligi 
yalpi 
mahsulotini 
aniqlashda 
yetishtirilgan 
mahsulotlar quyidagi baholarda aniqlanadi:
- sotilgan mahsulotlar sotish baholarida;
- xo‘jalik ichki ehtiyoji uchun sarflanganlari tannarxi bo‘yicha.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ichki ehtiyoj uchun ishlatilgan 
mahsulotlami tannarxi bo‘yicha baholash xo'jalik ehtiyojlarini, ishlab chiqarish 
bilan shug‘ullanganlaming moddiy manfaatdorligi oshishini yetarli darajada 
ta’minlay olmaydi. Ichki ehtiyojlar uchun ishlatilgan mahsulotlar tannarxda 
baholanganligi uchun ishlab chiqaravchilar uni yetishtirishdan foyda 
ololmaydilar. Foyda bo‘lmagach, ishchilarni mahsulot ishlab chiqarish 
natijasiga ko‘ra, rag‘batlantirib bo‘lmaydi. Shuning uchun ichki ehtiyojlarga 
berilgan mahsulotlaming qiymatini ham o‘rtacha sotish baholarida aniqlash 
yoki ichki baholami belgilash maqsadga muvofiqdir.
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarining turlari bo‘yicha jami yalpi mahsulot 
qiymatidagi salmog'ini aniqlab, tahlil qilish mumkin. Bundan tashqari, qishloq 
xo‘jaligi 
tarmoqlarida 
yetishtirilgan 
yalpi 
mahsulotning jami 
yalpi 
mahsulotdagi ulushini ham tahlil etish mumkin. Bu ko'rsatkichlar asosida 
qishloq xo‘jaligi korxonalari iqtisodiyotiga oid umumiy xulosalar chiqarish 
mumkin bo‘ladi.
Qishloq xo‘jaligi yalpi mahsuloti hajmining o‘zgarishiga quyidagi 
omillar ta'sir ko‘rsatadi:
- qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining ishlab chiqarish hajmi;
- qishloq xo'jaligi mahsulotlarining baholari darajasi;
- qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish tarkibining o‘zgarishi.
Qishloq xo‘jaligi yalpi mahsuloti hajmining o‘zgarishida ishlab 
chiqarish tarkibi ham ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni yuqori baholi mahsulotlaming jami 
ishlab chiqarishdagi salmog‘i o‘zgarishi yalpi mahsulot hajmining ham 
o‘zgarishiga olib keladi.
Tarmoqdagi yoki xo‘jalilcdagi qishloq xo‘jalik yalpi mahsulotining bir 
necha yillik o‘zgarish dinamikasini tahlil etishda haqiqiy baholar orqali chuqur 
tahlil qilib bo‘lmaydi. Chunki haqiqiy baholar har yili o‘zgarib turadi. Masalau, 
1 tonna paxta xomashyosining davlat xarid bahosi 2002-yilda 104,7 ming so‘m
189
www.ziyouz.com kutubxonasi


darajasida belgilangan bo‘lsa, 2009-yilda 502,0 ming so‘mga yaqin bo‘lgan. 
Shu yillar ichida uning mutlaq miqdori 5 marta oshgan. Yalpi mahsulotning 
umumiy qiymatiga ta’sir ko‘rsatuvchi bunday holatning oldini olish uchun 
yalpi mahsulot qiymatining yillar bo‘yicha o‘zgarish dinamikasini tahlil etishda 
qiyosiy baholarda aniqlanadi. Bunda baho o‘zgarishining yalpi mahsulot 
o‘zgarishiga ta’siri bartaraf etilib, yalpi mahsulotning haqiqiy o‘zgarishini 
aniqlash imkoniyati yaratiladi. Hozirgi davrda qiyosiy baholar sifatida 1996- 
yildagi qishloq xo‘jalik mahsulotlari haqiqiy baholarining o‘rtacha yillik 
miqdori olingan. Keyinchalik boshqa yilning o‘rtacha baholari qiyosiy baho 
sifatida olinishi mumkin.
Qishloq xo‘jaligidagi tayyor mahsulotlar ichki va tashqi bozor talabini 
e'tiborga olgan holda sotiladi, ya’ni qishloq xo‘jaligida ham tovar-pul 
munosabatlari amalga oshiriladi. Mahsulotlarning tovar-pul munosabatlari 
asosida sotilgan miqdori tovar mahsuloti deb ataladi. Shunga asoslangan holda 
mahsulotlaming tovarlilik darajasi ham aniqlanadi. Uni aniqlash uchun sotilgan 
mahsulot qiymatini jami yetishtirilgan mahsulotning miqdoriga taqsimlab, 
natijani 100 ga ko‘paytirish lozim. Bunda quyidagi formuladan foydalanish 
mumkin:
Td =
SM
YJM
xl
00
Bunda: 
T d —
mahsulotning tovarlilik darajasi, foizda; 
S M —
sotilgan mahsulot miqdori, tonna;
Y JM -
yetishtirilgan jami mahsulot miqdori, tonna.
Qishloq xo'jalik mahsulotlarining tovarlilik darajasi turlicha bo'lishi 
mumkin. Ayrim texnika ekinlarini qishloq xo‘jalik korxonalarining o‘zida 
qayta ishlash yo‘lga qo'yilmaganligi sababli ulaming tovarlilik darajasi 100 
foizga teng bo‘ladi. Masalan, paxta xomashyosi, kanop va boshqalar. Ayrim 
mahsulotlar esa faqat ichki talablami qondirish maqsadida yetishtirilishi 
mumkin. Bunday hollarda ulaming tovarlilik darajasi aniqlanmaydi. Jumladan, 
chorva mollari uchun ozuqa sifatida yetishtirilgan yem-xashak va boshqalar.
Yalpi va tovar mahsulotlaming mamlakat, tarmoqlar hamda 
korxonalar iqtisodiyotidagi ahamiyati katta. Jumladan, ishlab chiqarilgan yalpi 
mahsulot hajmi, qiymati o‘sishi natijasida mamlakat yalpi ichki mahsulotining 
ham o‘sishi ta'minlanadi. Korxonalar yalpi va tovar mahsulotining ko‘payishi 
ulaming iqtisodiyoti yuksalishini ta'minlaydi. Xo‘jalik yalpi mahsulotining, 
natural holdagi miqdori ko‘payishi tayyor mahsulot miqdori oshishiga sabab 
bo‘lib, ichki va tashqi talab to‘liqroq qondirilishiga imkoniyat yaratadi. 
Natijada 
sotiladigan mahsulot miqdori 
ortadi. 
Uni 
sotish 
evaziga 
korxonalarning pul daromadlari ko'payadi. Bu qishloq xo‘jalik ishlab 
chiqarishining kengaytirilgan holda rivojlanishini, ishchi-xizmatchilaming esa
190
www.ziyouz.com kutubxonasi


moddiy rag'batlantirilishini ta’minlaydi. Shuning uchun ham respublika 
hukumati qishloq xo'jalik mahsulotlari miqdorini oshirishga, ulaming sifatini 
yaxshilab, raqobatbardorligini yuksaltirishga katta e'tibor bermoqda. Chunki 
qishloq xo‘jalik mahsulotlarini chet davlatlarga sotish natijasida mamlakatning 
valyuta tushumi ortib bormoqda. Ulaming evaziga qishloq xo‘jaligi uchun 
zarur bo'lgan ishlab chiqarish vositalari, yangi texnikalar, ilg'or texnologiyalar 
sotib olinmoqda.
Qishloq xo‘jaligiga yangi texnikalar, samarali texnologiyaiar kiritilib, 
uning moddiy-texnika bazasi mustahkamlanmoqda. Tarmoqdagi ishchi- 
xizmatchilaming 
bilimlari, 
malakalari, 
tadbirkorlik 
qobiliyatlari 
yuksaltirilmoqda. Natijada so‘nggi yillarda qishloq xo‘jaligining yalpi 
mahsuloti yil sayin ortib bormoqda.
2008-yilda mamlakatimizda qishloq xo'jaligi yalpi mahsuloti 
yetishtirish 2007-yilga nisbatan 4,5 foizga, 2009-yilda esa qishloq xo‘jalik 
mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2008-yilga nisbatan 5,7 foizga o‘sgan.
Mamalakatimiz viloyatlarining yalpi hududiy mahsulotida qishloq 
xo'jaligi tarmog‘ining salmog‘ida sezilarli o‘zgarishlar yuz bermoqda (9.1- 
jadval).
9.1-jadval

Download 10,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish