187
www.ziyouz.com kutubxonasi
9-BOB
QISHLOQ XO‘JALIGINING YALPIVA TOVAR
MAHSULOTI, ULARNI KO'PAYTIRISH YO‘LLARI
• Qishloq xo'jaligi yalpi va tovar mahsuloti to‘g ‘risida tushuncha, ulami
aniqlash tartibi.
• Qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotini sotish va taqsimlash yo'nalishlari.
• Yalpi mahsulotni ko'paytirish va uning tovarlilik darajasini oshirish yoilari.
9.1. Qishloq xo‘jaligi yalpi va tovar mahsuloti to‘g‘risida tushuncha,
ularning ahamiyati.
Qishloq xo‘jaligidagi barcha korxonalar ishlab chiqarish jarayonida
turli mahsulotlami yetishtiradi, ishlar va xizmatlami bajaradilar. Jumladan,
paxta, bug‘doy, sholi, makkajo‘xori, kartoshka, karam, pomidor, sabzi, sut,
go‘sht va boshqa mahsulotlami yetishtiradilar. Qishloq xo‘jaligi korxonalarida
ma'lum davr mobaynida, odatda bir yil mobaynida ishlab chiqarilgan barcha
mahsulotlar, bajarilagn ish va xizmatlar yig‘indisi tarmoqning yalpi mahsuloti
deyiladi. Qishloq xo'jalik mahsulotlarining alohida turlari bo‘yicha natural
holidagi
yalpi
mahsulotni
aniqlash
mumkin.
Masalan,
2009-yilda
mamlakatimizda 6 million 600 ming tonna bug‘doy yetishtirilgan. Natural
holidagi yalpi mahsulot qishloq xo'jalik mahsulotlari turlari bo‘yicha alohida
hisoblanadi. Lekin, natural o‘lchov birligida barcha qishloq xo‘jaIik
mahsulotlarini bir-biriga qo‘shib bo‘lmasligi sababli tarmoqning yalpi
mahsulotini mazkur o‘lchov birligida aniqlab bo‘lmaydi.
Shuning uchun
qishloq xo‘jalik yalpi mahsuloti qiymat oichov birligida aniqlanadi. Buning
uchun bir yil mobaynida tarmoqda yetishtirilgan barcha mahsulotlar va
ko‘rsatilgan xizmatlar qiymatlarining yigindisi aniqlanadi.
Yalpi mahsulot tarmoqning, korxonaning bir yillik faoliyatini
ifodalovchi umumiy ko‘rsatkichdir. Qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotining
tarkibi quyidagilardan iborat bo'Iadi:
- tayyor mahsulot;
- tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi jarayonida bir yil davomida
yetishtirilib, yig‘ ishtirilib, hisobga olingan, taqsimlashga va sotishga tayyor
boigan mahsulotlar qishloq xo‘jaligining tayyor mahsuloti hisoblanadi.
188
www.ziyouz.com kutubxonasi
Kelgusi yillarda mahsulotlar yetishtirish
uchun joriy
yilda
sarflanadigan xarajatlar tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari deb ataladi.
Masalan, kuzgi bug‘doy yetishtirish uchun mamlakatimiz sharoitida oktabr
oyidan boshlab ko‘plab xarajatlar qilinadi. Jumladan, yerlami shudgorlash,
tekislash, urug'lik, o‘g‘it, yoqilg'i-moylash materiallari, mehnat haqi sarfi va
hokazo. Lekin mahsulot keyingi yilda tayyor boiadi. Bundan tashqari, asosiy
podaga o‘tkazish uchun moijallangan yosh chorva mollariga qilingan
xarajatlar, mevali bog‘ yaratishda nihollar voyaga yetguncha qilingan xarajatlar
ham tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlaridir.
Qishloq xo‘jaligi
yalpi
mahsulotini
aniqlashda
yetishtirilgan
mahsulotlar quyidagi baholarda aniqlanadi:
- sotilgan mahsulotlar sotish baholarida;
- xo‘jalik ichki ehtiyoji uchun sarflanganlari tannarxi bo‘yicha.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ichki ehtiyoj uchun ishlatilgan
mahsulotlami tannarxi bo‘yicha baholash xo'jalik ehtiyojlarini, ishlab chiqarish
bilan shug‘ullanganlaming moddiy manfaatdorligi oshishini yetarli darajada
ta’minlay olmaydi. Ichki ehtiyojlar uchun ishlatilgan mahsulotlar tannarxda
baholanganligi uchun ishlab chiqaravchilar uni yetishtirishdan foyda
ololmaydilar. Foyda bo‘lmagach, ishchilarni mahsulot ishlab chiqarish
natijasiga ko‘ra, rag‘batlantirib bo‘lmaydi. Shuning uchun ichki ehtiyojlarga
berilgan mahsulotlaming qiymatini ham o‘rtacha sotish baholarida aniqlash
yoki ichki baholami belgilash maqsadga muvofiqdir.
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarining turlari bo‘yicha jami yalpi mahsulot
qiymatidagi salmog'ini aniqlab, tahlil qilish mumkin. Bundan tashqari, qishloq
xo‘jaligi
tarmoqlarida
yetishtirilgan
yalpi
mahsulotning jami
yalpi
mahsulotdagi ulushini ham tahlil etish mumkin. Bu ko'rsatkichlar asosida
qishloq xo‘jaligi korxonalari iqtisodiyotiga oid umumiy xulosalar chiqarish
mumkin bo‘ladi.
Qishloq xo‘jaligi yalpi mahsuloti hajmining o‘zgarishiga quyidagi
omillar ta'sir ko‘rsatadi:
- qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining ishlab chiqarish hajmi;
- qishloq xo'jaligi mahsulotlarining baholari darajasi;
- qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish tarkibining o‘zgarishi.
Qishloq xo‘jaligi yalpi mahsuloti hajmining o‘zgarishida ishlab
chiqarish tarkibi ham ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni yuqori baholi mahsulotlaming jami
ishlab chiqarishdagi salmog‘i o‘zgarishi yalpi mahsulot hajmining ham
o‘zgarishiga olib keladi.
Tarmoqdagi yoki xo‘jalilcdagi qishloq xo‘jalik yalpi mahsulotining bir
necha yillik o‘zgarish dinamikasini tahlil etishda haqiqiy baholar orqali chuqur
tahlil qilib bo‘lmaydi. Chunki haqiqiy baholar har yili o‘zgarib turadi. Masalau,
1 tonna paxta xomashyosining davlat xarid bahosi 2002-yilda 104,7 ming so‘m
189
www.ziyouz.com kutubxonasi
darajasida belgilangan bo‘lsa, 2009-yilda 502,0 ming so‘mga yaqin bo‘lgan.
Shu yillar ichida uning mutlaq miqdori 5 marta oshgan. Yalpi mahsulotning
umumiy qiymatiga ta’sir ko‘rsatuvchi bunday holatning oldini olish uchun
yalpi mahsulot qiymatining yillar bo‘yicha o‘zgarish dinamikasini tahlil etishda
qiyosiy baholarda aniqlanadi. Bunda baho o‘zgarishining yalpi mahsulot
o‘zgarishiga ta’siri bartaraf etilib, yalpi mahsulotning haqiqiy o‘zgarishini
aniqlash imkoniyati yaratiladi. Hozirgi davrda qiyosiy baholar sifatida 1996-
yildagi qishloq xo‘jalik mahsulotlari haqiqiy baholarining o‘rtacha yillik
miqdori olingan. Keyinchalik boshqa yilning o‘rtacha baholari qiyosiy baho
sifatida olinishi mumkin.
Qishloq xo‘jaligidagi tayyor mahsulotlar ichki va tashqi bozor talabini
e'tiborga olgan holda sotiladi, ya’ni qishloq xo‘jaligida ham tovar-pul
munosabatlari amalga oshiriladi. Mahsulotlarning tovar-pul munosabatlari
asosida sotilgan miqdori tovar mahsuloti deb ataladi. Shunga asoslangan holda
mahsulotlaming tovarlilik darajasi ham aniqlanadi. Uni aniqlash uchun sotilgan
mahsulot qiymatini jami yetishtirilgan mahsulotning miqdoriga taqsimlab,
natijani 100 ga ko‘paytirish lozim. Bunda quyidagi formuladan foydalanish
mumkin:
Td =
SM
YJM
xl
00
Bunda:
T d —
mahsulotning tovarlilik darajasi, foizda;
S M —
sotilgan mahsulot miqdori, tonna;
Y JM -
yetishtirilgan jami mahsulot miqdori, tonna.
Qishloq xo'jalik mahsulotlarining tovarlilik darajasi turlicha bo'lishi
mumkin. Ayrim texnika ekinlarini qishloq xo‘jalik korxonalarining o‘zida
qayta ishlash yo‘lga qo'yilmaganligi sababli ulaming tovarlilik darajasi 100
foizga teng bo‘ladi. Masalan, paxta xomashyosi, kanop va boshqalar. Ayrim
mahsulotlar esa faqat ichki talablami qondirish maqsadida yetishtirilishi
mumkin. Bunday hollarda ulaming tovarlilik darajasi aniqlanmaydi. Jumladan,
chorva mollari uchun ozuqa sifatida yetishtirilgan yem-xashak va boshqalar.
Yalpi va tovar mahsulotlaming mamlakat, tarmoqlar hamda
korxonalar iqtisodiyotidagi ahamiyati katta. Jumladan, ishlab chiqarilgan yalpi
mahsulot hajmi, qiymati o‘sishi natijasida mamlakat yalpi ichki mahsulotining
ham o‘sishi ta'minlanadi. Korxonalar yalpi va tovar mahsulotining ko‘payishi
ulaming iqtisodiyoti yuksalishini ta'minlaydi. Xo‘jalik yalpi mahsulotining,
natural holdagi miqdori ko‘payishi tayyor mahsulot miqdori oshishiga sabab
bo‘lib, ichki va tashqi talab to‘liqroq qondirilishiga imkoniyat yaratadi.
Natijada
sotiladigan mahsulot miqdori
ortadi.
Uni
sotish
evaziga
korxonalarning pul daromadlari ko'payadi. Bu qishloq xo‘jalik ishlab
chiqarishining kengaytirilgan holda rivojlanishini, ishchi-xizmatchilaming esa
190
www.ziyouz.com kutubxonasi
moddiy rag'batlantirilishini ta’minlaydi. Shuning uchun ham respublika
hukumati qishloq xo'jalik mahsulotlari miqdorini oshirishga, ulaming sifatini
yaxshilab, raqobatbardorligini yuksaltirishga katta e'tibor bermoqda. Chunki
qishloq xo‘jalik mahsulotlarini chet davlatlarga sotish natijasida mamlakatning
valyuta tushumi ortib bormoqda. Ulaming evaziga qishloq xo‘jaligi uchun
zarur bo'lgan ishlab chiqarish vositalari, yangi texnikalar, ilg'or texnologiyalar
sotib olinmoqda.
Qishloq xo‘jaligiga yangi texnikalar, samarali texnologiyaiar kiritilib,
uning moddiy-texnika bazasi mustahkamlanmoqda. Tarmoqdagi ishchi-
xizmatchilaming
bilimlari,
malakalari,
tadbirkorlik
qobiliyatlari
yuksaltirilmoqda. Natijada so‘nggi yillarda qishloq xo‘jaligining yalpi
mahsuloti yil sayin ortib bormoqda.
2008-yilda mamlakatimizda qishloq xo'jaligi yalpi mahsuloti
yetishtirish 2007-yilga nisbatan 4,5 foizga, 2009-yilda esa qishloq xo‘jalik
mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2008-yilga nisbatan 5,7 foizga o‘sgan.
Mamalakatimiz viloyatlarining yalpi hududiy mahsulotida qishloq
xo'jaligi tarmog‘ining salmog‘ida sezilarli o‘zgarishlar yuz bermoqda (9.1-
jadval).
9.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |