Educational materials


-rasm. Aktsiyadorlik jamiyatlarni boshqarishning namunaviy



Download 4,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/374
Sana10.02.2022
Hajmi4,65 Mb.
#441699
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   374
Bog'liq
INVESTITSION LOYIHALASHTIRISH FANIDAN MAJMUA 2020-2021

17.5-rasm. Aktsiyadorlik jamiyatlarni boshqarishning namunaviy 
tuzilmasi
27
 
 
Jamiyatni yangidan ta’sis etish va (yoki) mavjud yuridik shaxsni qayta 
tashkil etish (qo‘shib yuborish, birlashtirish, bo‘lish, ajratib chiqarish, qayta tuzish) 
yo‘li bilan tuzilishi mumkin. Aksiyadorlik jamiyatlari ustav kapitalining minimal 
miqdori 1 600 mln. so‘mni tashkil etadi. Jamiyatning ustav fondi aksiyadorlar sotib 
olgan jamiyat aksiyalarining nominal qiymatidan tashkil topadi. 
Aksiya – bu uning egasi aksiyadorlik jamiyati kapitaliga o‘zining ma’lum 
hissasini qo‘shganligiga va uning foydasidan dividend shaklida daromad olish 
huquqi borligiga guvohlik beruvchi qimmatli qog‘oz. 
Aksiyaning nominal qiymati – aksiyaning o‘zida belgilab qo‘yilgan qiymati. 
27
A.S.Begmatov, M.B.Xamidulin, M.Sh.Bo‘taboev. Korporativ madaniyat va korporativ boshqaruv.- 
T:«Akademiya» nashriyoti, 2007 y., 224 b.


Jamiyat chiqaradigan barcha aksiyalarning nominal qiymati bir xil bo‘lishi 
lozim. Aksiyalar egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar bo‘lib, 
ular turiga ko‘ra oddiy va imtiyozli bo‘lishi mumkin. 
Aksiyalar mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida qaysi yuridik 
yoki jismoniy shaxsga tegishli bo‘lsa, o‘sha yuridik yoxud jismoniy shaxs 
aksiyaning egasi – aksiyador deb yuritiladi. 
Aksiyador – aksiyaning egasi bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs. 
Oddiy aksiyalar ovoz beruvchi bo‘lib, ular egasiga dividendlar olish, 
aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishlarida va jamiyatni boshqarishda ishtirok etish 
huquqini beradi. Aksiya egalariga dividendlarni, shuningdek, jamiyat tugatilganda 
aksiyalarga qo‘yilgan mablag‘larni birinchi navbatda olish huquqini beradigan 
aksiyalar imtiyozli aksiyalardir. Imtiyozli aksiyalar o‘z egalariga jamiyat foyda 
ko‘rish-ko‘rmasligidan qat’i nazar, muayyan dividendlar olish huquqini beradi. 
Oddiy aksiya – dividendni qo‘yilgan mablag‘ga mutanosib ravishda 
taqsimlash imkonini beruvchi aksiya. 
Imtiyozli aksiya – aksiyadorlik jamiyati dividendi va mol-mulkini 
taqsimlashda oddiy aksiya egasiga nisbatan ustunlik beruvchi aksiya. 
Aksiyadorlarga e’lon qilingan dividendlar qonun hujjatlariga muvofiq 
soliqqa tortiladi. Aksiyalarni sotishda jismoniy yoki yuridik shaxs uchun 
solinadigan daromad solig‘i to‘lanadi. Daromad solig‘i aksiyani xarid qilish va 
sotish orasidagi farqdan hisoblab chiqiladi. Aksiyador, shuningdek, jamiyatdan 
uning aksiyalarini xarid qilishni so‘rash bilan biznesni tark etishi mumkin. Bu kabi 
masalalar esa, O‘zbekiston Respublikasining «Aksiyadorlik jamiyatlari va 
aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonuni bilan tartibga 
solinadi.Ustav fondi (ustav kapitali) aktsiyadorlarning aktsiyadorlik jamiyatiga 
nisbatan huquqlarini tasdiqlovchi muayyan miqdordagi aktsiyalarga taqsimlangan 
tijorat tashkiloti aktsiyadorlik jamiyati (bundan buyon matnda jamiyat deb 
yuritiladi) deb e‘tirof etiladi.
Jamiyat yuridik shaxs bo‘lib, u o‘z mustaqil balansida hisobga olinadigan 
alohida mol-mulkka, shu jumladan o‘zining ustav fondiga (ustav kapitaliga) 
berilgan mol-mulkka ega bo‘ladi, o‘z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy 
huquqlarni olishi hamda amalga oshirishi, zimmasiga majburiyatlar olishi, sudda 
da‘vogar va javobgar bo‘lishi mumkin. 
Jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e‘tiboran yuridik shaxs 
maqomiga ega bo‘ladi. Jamiyat, agar uning ustavida boshqacha qoida 
belgilanmagan bo‘lsa, cheklanmagan muddatga tuziladi.
Jamiyat O‘zbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida bank 
hisobvaraqlari ochishga haqlidir. Jamiyat o‘zining tashkiliy-huquqiy shakli 
ko‘rsatilgan to‘liq firma nomiga ega bo‘ladi va qisqartirilgan firma nomiga ega 
bo‘lishi mumkin. Jamiyat o‘zi chiqarayotgan aktsiyalarga ularni ommaviy 
joylashtirish yo‘li bilan qonun hujjatlari talablarini hisobga olgan holda ochiq 
obuna o‘tkazishga haqli. Jamiyat o‘zi chiqarayotgan aktsiyalarga ularni xususiy 
joylashtirish yo‘li bilan yopiq obuna o‘tkazishga haqli, yopiq obuna o‘tkazish 
imkoniyati qonun hujjatlarida va jamiyat ustavida cheklab qo‘yilgan hollar bundan 
mustasno.


Aksiyadorlar o‘zlariga tegishli aksiyalarni boshqa aktsiyadorlarning va 
jamiyatning roziligisiz o‘zga shaxsga berishga haqli. Agar aktsiyadorlarning soni 
ellik nafardan oshmasa, jamiyat ustavida:
ushbu jamiyatning boshqa aktsiyadorlari tomonidan sotilayotgan aksiyalarni 
uchinchi shaxsga taklif etilayotgan narx bo‘yicha va shartlar asosida, 
aktsiyadorlarning har biriga tegishli aktsiyalarning soniga mutanosib ravishda olish 
yuzasidan aktsiyadorlar uchun; 
agar ushbu jamiyatning boshqa aktsiyadorlari o‘z imtiyozli huquqlaridan 
foydalanmagan bo‘lsa, jamiyatning aktsiyadorlari sotayotgan aktsiyalarni olish 
yuzasidan jamiyat uchun imtiyozli huquq nazarda tutilishi mumkin.
O‘z aktsiyalarini sotayotgan aktsiyador aktsiyalarini sotish niyati to‘g‘risida 
boshqa aktsiyadorlarni aktsiyalarning narxini va uchinchi shaxsga taklif etish 
shartlarini ko‘rsatgan holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoxud jamiyat orqali yozma shaklda 
xabardor qilishi shart. Aktsiyadorlar sotayotgan aktsiyalarni olishga doir imtiyozli 
huquqni amalga oshirish tartibi va muddatlari jamiyat ustavida belgilanadi, bunda 
imtiyozli huquqdan foydalanish muddati aktsiyalar sotuvga qo‘yilgan paytdan 
e‘tiboran o‘n kundan kam va o‘ttiz kundan ko‘p bo‘lishi mumkin emas.
Aktsiyador tomonidan o‘ziga tegishli aktsiyalar imtiyozli huquq buzilgan 
holda sotilgan taqdirda, jamiyatning istalgan aktsiyadori va (yoki) jamiyat bunday 
qoidabuzarlik to‘g‘risida aktsiyador yoki jamiyat bilgan yoxud bilishi lozim 
bo‘lgan paytdan e‘tiboran uch oy ichida o‘ziga sotib oluvchining huquq va 
majburiyatlari o‘tkazilishini sud tartibida talab qilish huquqiga ega. Aktsiyalarni 
olishga bo‘lgan ushbu imtiyozli huquqdan boshqa shaxs foydasiga voz kechishga 
yo‘l qo‘yilmaydi. Aktsiyadorlarning umumiy yig‘ilishi, kuzatuv kengashi va 
ijroiya organi jamiyatning boshqaruv organlaridir.
Aktsiyadorlarning umumiy yig‘ilishi jamiyatning yuqori boshqaruv 
organidir. Aktsiyadorlarning umumiy yig‘ilishini jamiyat kuzatuv kengashining 
raisi, u uzrli sabablarga ko‘ra bo‘lmagan taqdirda esa, jamiyat kuzatuv 
kengashining a‘zolaridan biri olib boradi.
Jamiyat har yili aktsiyadorlarning umumiy yig‘ilishini (aktsiyadorlarning 
yillik umumiy yig‘ilishini) o‘tkazishi shart. Aktsiyadorlarning yillik umumiy 
yig‘ilishi jamiyat ustavida belgilangan muddatlarda, ammo moliya yili tugaganidan 
keyin olti oydan kechiktirmay o‘tkaziladi.
Aktsiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishida jamiyatning kuzatuv 
kengashini va taftish komissiyasini (taftishchisini) saylash to‘g‘risidagi, 
jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi direktori, kollegial ijroiya 
organining a‘zolari, ishonchli boshqaruvchi bilan tuzilgan shartnomaning 
muddatini uzaytirish, uni qayta tuzish yoki bekor qilish mumkinligi haqidagi 
masalalar hal etiladi, qonunchilikka muvofiq jamiyatning yillik hisoboti va boshqa 
hujjatlari ko‘rib chiqiladi. 
Aktsiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishidan tashqari o‘tkaziladigan 
umumiy yig‘ilishlari navbatdan tashqari yig‘ilishlardir. 
Aktsiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazish sanasi va tartibi, yig‘ilish 
o‘tkazilishi haqida aktsiyadorlarga xabar berish tartibi, aktsiyadorlarning umumiy 
yig‘ilishini o‘tkazishga tayyorgarlik vaqtida aktsiyadorlarga beriladigan 


materiallarning (axborotning) ro‘yxati jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan 
belgilanadi. 
Barcha oddiy aktsiyalar bitta aktsiyadorga tegishli bo‘lgan jamiyatda 
aktsiyadorlarning umumiy yig‘ilishi o‘tkazilmaydi. Jamiyatning ustavi bilan 
aktsiyadorlarning umumiy yig‘ilishi vakolatiga kiritilgan masalalar bo‘yicha 
qarorlar bunday aktsiyador tomonidan yakka tartibda qabul qilinadi hamda yozma 
shaklda rasmiylashtirilishi kerak, jamiyatning imtiyozli aktsiyalari qonunchilikka 
muvofiq ovoz berish huquqini olishlari mumkin.
Aktsiyadorlarning umumiy yig‘ilishi korporatsiyani boshqarishinng oliy 
organi bo‘lib, investorlarga korporatsiyaning eng muhim masalalari bo‘yicha qaror 
qabul qilishga imkoniyat beradi. Aktsiyadorlar umumiy yig‘ilishi, aktsiyadorlar 
qo‘lidagi yagona ta‘sir qilish vositasi bo‘lib, u barcha korporativ boshqaruv 
organlarini hosil qiladi va vakolatlar beradi, hamda ular faoliyati samaradorligini 
baholaydi. Biroq, umumiy yig‘ilishni chaqirish, tayyorlash, o‘tkazish va qabul 
qilingan qarorlarni rasmiylashtirishga korporatsiya kuzatuv kengashi, korporativ 
kotibi, sanoq komissiyasi va ijroiya organi javobgardir. Umumiy yig‘ilishni 
tayyorlash va o‘tkazish jarayonida qatnashayotgan korporativ boshqaruv a‘zolari 
ularning manfaatlariga aloqador bo‘lgan (bandlikning ta‘minlanishi, faoliyatining 
moliyaviy shartlari, tanqidni oldini olish) kun tartibining shakllanishiga va 
qarorlarni qabul qilinishiga manfaatdor bo‘lishlari mumkin. Shuning uchun, ular 
tomonidan aktsiyadorlar irodasiga (ochiqdan-ochiq emas, ko‘proq yashirish tarzda) 
qarshilik qilishlarini kutish mumkin, va ular bunday imkoniyatga egadirlar, chunki 
umumiy yig‘ilish o‘tkazilishining asosiy shaklu-shamoyilini ular belgilaydilar. 
Bozor munosabatlari sharoitida tadbirkor hal etuvchi shaxs rolida bo‘ladi. Korxona 
davlat ro‘yxatidan o‘tishi bilan tadbirkorlik faoliyatiga ega bo‘ladi. Bunda alohida 
fuqarolar ham, fuqarolar birlashmasi ham tadbirkorlik faoliyati subyekti bo‘lishi 
mumkin. 
Umuman olganda, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini 
himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning maqsadi aksiyadorlik jamiyatlarini, 
ularning faoliyatini tashkil etish va tugatish hamda aktsiyadorlarning huquqini 
himoya qilish bilan bog’liq munosabatlarni tartibga solish hisoblanadi. Qonun 13 
ta bo’lim, 118 ta moddadan iborat bo’lib, unda bir necha muhim yo’nalishlar 
bo’yicha qoida va normalar o’z aksini topgan. Jumladan, loyihada aksiyadorlik 
jamiyatlarining shakllarini, ya’ni ochiq va yopiq aktsiyadorlik jamiyatlarini 
chiqarib tashlash ko’zda tutilmoqda, shu bilan birga aktsiyadorlik jamiyatlari 
tomonidan chiqariladigan aktsiyalarni ochiq va yopiq obuna yo’li bilan 
joylashtirish mumkinligi to’g’risidagi normalar kiritilmoqdaki, bu bilan 
aktsiyadorlik jamiyatlaridagi boshqaruv organlarining vakolatlari, huquqlari va 
javobgarligi bilan bog’liq normalar belgilab berilgan. Xususan, Kuzatuv 
kengashining roli va javobgarligini oshirish maqsadida loyihaga ushbu 
kengashning yirik bitimlar tuzish bo’yicha qarorlar qabul qilish, jamiyat ustav 
fondini oshirish, ustav fond oshishi munosabati bilan nizomga qo’shimcha va 
o’zgartirishlar kiritish, auditorlik tashkilotini tanlash va unga to’lanadigan haq 
miqdorini belgilash, jamiyatning ichki nazorat organlari hisobotini tinglashda 
huquqlarini kengaytirish me’yorlari kiritilgan. Shuningdek, qonunda yagona 


aktsiyadorga ega bo’lgan jamiyatlarda jamiyat ustaviga asosan aktsiyadorlarning 
umumiy yig’ilishi vakolatlari kuzatuv kengashiga berilishi mumkinligi belgilangan 
va jamiyat ijro organining majburiyatlari hamda huquqlarini aniq belgilash 
maqsadida bitimlar tuzishda jamiyat ijro organining vakolatlarini va 
majburiyatlarini aniqlashtiruvchi me’yorlar kiritilgan. Shu bilan birga, jamiyat 
aktsiyadorlarining umumiy yig’ilishi yoki kuzatuv kengashining qarorlarini 
surunkali ravishda bajarmaslik ijro organi bilan tuzilgan shartnomani tugatish 
(bekor qilish)ga asos bo’lishi belgilanmoqda. Mazkur norma orqali jamiyatning 
kollegial ijroiya organi a’zolari bilan shartnomalarni tuzish tartibi, ya’ni kollegial 
ijroiya organi a’zosining funktsional majburiyatlarini bajarishi, shuningdek, uning 
kollegial ijroiya organi a’zosi sifatida kelib chiqadigan majburiyatlari va kollegial 
ijroiya organining jamiyatga etkazilgan zarar bo’yicha jamiyat va aktsiyadorlar 
oldidagi javobgarligi aniqlashtirilmoqda. Bundan tashqari, jamiyat taftish 
komissiyasining roli va javobgarligini oshirish maqsadida komissiya a’zolariga 
malakaviy talablar o’rnatilishi va bir shaxsning taftish komissiyasi a’zoligiga 
ketma-ket ikki martadan ortiq saylanishiga cheklov o’rnatilishi ko’zda tutilgan. 
Mazkur qonun loyihasining ahamiyatga molik tomonlaridan yana biri, bu minoritar 
aktsiyadorlar 
huquqlarini 
himoyalash 
kafolatlari 
haqidagi 
normalarning 
kiritilayotganidir. Ta’kidlash joizki, aktsiyadorlar umumiy yig’ilishida yirik 
aktsiyadorlarning ishtirok etmasligi va buning oqibatida kvorum mavjud 
bo’lmasligi oqibatida yig’ilish o’tkazilmasligi holatlari uchramoqda. Bu nafaqat 
jamiyatning moliyaxo’jalik faoliyati, balki ishlab chiqarish jarayoni bilan bog’liq 
korporativ qarorlarni o’z vaqtida qabul qilinmayotganligiga sabab bo’lmoqda. 
Aynan shu kabi muammolarni bartaraf etish maqsadida xalqaro tajribalar asosida 
qonun loyihasida aktsiyadorlarning yangi chaqirilgan umumiy yig’ilishida ishtirok 
etuvchilarni ro’yxatga olish tugagan paytga kelib, jamiyatning joylashtirilgan ovoz 
beruvchi aktsiyalarining jami 50 foizdan kam bo’lmagan ovoziga ega bo’lgan 
aktsiyadorlar (ularning vakillari) ro’yxatga olingan bo’lsa, bu umumiy yig’ilish 
vakolatli hisoblanishi to’g’risidagi me’yor kiritilmoqda. Qonunda aksiyadorlik 
jamiyatlari tomonidan fond birjasi saytida jamiyatning ustavi, unga kiritilgan 
o’zgartish va qo’shimchalar matnining chop etilishi majburiyligi to’g’risidagi 
me’yorning hamda aksiyadorlar va potentsial investorlar uchun aksiyadorlik 
jamiyatining faoliyati to’g’risidagi axborotlarning jamiyat tomonidan oshkor 
qilishni ko’zda tutuvchi moddalarham mavjud. 

Download 4,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   374




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish