Educational materials


-rasm. O’zbekistonda mas’uliyati cheklangan jamiyat xususiyatlari



Download 4,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/374
Sana10.02.2022
Hajmi4,65 Mb.
#441699
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   374
Bog'liq
INVESTITSION LOYIHALASHTIRISH FANIDAN MAJMUA 2020-2021

17.3-rasm. O’zbekistonda mas’uliyati cheklangan jamiyat xususiyatlari
Qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat ishtirokchilari javobgarligining eng yuqori 
miqdori qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatning ustavida nazarda tutiladi. 
Ishtirokchilardan biri bankrot bo‘lib qolganida uning qo‘shimcha 
mas’uliyatli jamiyat majburiyatlari bo‘yicha javobgarligi, agar jamiyatning ta’sis 
hujjatlarida javobgarlikni taqsimlashning boshqacha tartibi nazarda tutilgan 
bo‘lmasa, boshqa ishtirokchilar o‘rtasida ularning qo‘shgan hissalariga mutanosib 
ravishda taqsimlanadi. 
Mas’uliyati cheklangan yoki qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat (bundan 
buyon matnda jamiyat deb yuritiladi) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat 
ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran yuridik shaxs maqomiga ega bo‘ladi. 
Jamiyat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa yuridik shaxslarning 
muassisi bo‘lishga yoki ularning ustav fondida (ustav kapitalida) boshqacha tarzda 
ishtirok etishga, vakolatxonalar va filiallar tuzishga haqlidir. 
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 47-moddasiga ko‘ra 
vakolatxona – yuridik shaxsning u turgan yerdan tashqarida joylashgan, yuridik 
shaxs manfaatlarini ifodalaydigan va ularni himoya qiladigan alohida 
bo‘linmasidir. Filial – yuridik shaxsning u turgan yerdan tashqarida joylashgan 
hamda uning barcha vazifalarini yoki vazifalarining bir qismini, shu jumladan 
vakolatxona vazifalarini bajaradigan alohida bo‘linmasidir. 
Jamiyat, agar uning ta’sis hujjatlarida boshqacha qoida belgilangan 
bo‘lmasa, nomuayyan muddatga tuziladi. 


Jamiyat o‘zining to‘liq firma nomi davlat tilida ifodalangan va jamiyatning 
joylashgan yeri ko‘rsatilgan dumaloq muhrga ega bo‘lishga haqli. Jamiyatning 
muhrida uning firma nomi jamiyatning tanloviga ko‘ra boshqa tillarda ham 
ifodalanishi mumkin. 
Jamiyat o‘zining firma nomi yozilgan shtamplariga va blankalariga, o‘z 
emblemasiga, shuningdek belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar 
belgisiga hamda fuqarolik muomalasi ishtirokchilarini, tovarlar, ishlar va 
xizmatlarni individuallashtiruvchi o‘zga vositalarga ega bo‘lishga haqli. 
Jamiyat o‘zining mustaqil balansida hisobga olinadigan alohida mol-mulkka 
ega bo‘ladi, o‘z nomidan huquqlarni olishi, majburiyatlarga ega bo‘lishi, sudda 
da’vogar va javobgar bo‘lishi mumkin. 
Jamiyat qonun hujjatlarida taqiqlanmagan har qanday faoliyat turlarini 
amalga oshirishi mumkin. 
Ro‘yxati qonunlarda belgilanadigan ayrim faoliyat turlari bilan jamiyat faqat 
litsenziya asosida shug‘ullanishi mumkin. 
Jamiyat o‘z majburiyatlari yuzasidan o‘ziga qarashli barcha mol-mulk bilan 
javobgar bo‘ladi. 
Jamiyat o‘z ishtirokchilarining majburiyatlari yuzasidan javob bermaydi. 
Jamiyatning bankrotligi ishtirokchi sifatidagi shaxsning aybi tufayli vujudga 
kelgan bo‘lsa, jamiyatning mol-mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda bunday shaxs 
zimmasiga uning majburiyatlari bo‘yicha subsidiar javobgarlik yuklatilishi 
mumkin. 
Davlat va uning organlari jamiyatning majburiyatlari yuzasidan javobgar 
bo‘lmaydi, xuddi shuningdek jamiyat ham davlat va uning organlari majburiyatlari 
yuzasidan javobgar bo‘lmaydi. 
Mas’uliyati cheklangan jamiyatning to‘liq firma nomi jamiyatning to‘liq 
nomini va “mas’uliyati cheklangan jamiyat” so‘zlarini o‘z ichiga olishi kerak. 
Mas’uliyati cheklangan jamiyatning qisqartirilgan firma nomi uning to‘liq yoki 
qisqartirilgan nomini hamda “mas’uliyati cheklangan jamiyat” degan so‘zlarni 
yoki MChJ abbreviaturasini o‘z ichiga olishi kerak.
Qo‘shimcha mas’uliyatli 
jamiyatda ham qoida amal qiladi. 
Jamiyatning joylashgan manzili uning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joyiga 
qarab belgilanadi. Jamiyatning ta’sis hujjatlarida uning boshqaruv organlari doimiy 
joylashgan yer yoki uning asosiy faoliyati yuritiladigan joy jamiyatning joylashgan 
manzili deb belgilanishi mumkin. 
Jamiyat u bilan aloqa amalga oshiriladigan pochta manziliga ega bo‘lishi 
lozim va yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organni o‘zining pochta 
manzili o‘zgargani to‘g‘risida xabardor qilishi shart. 
Yuridik va jismoniy shaxslar jamiyatning ishtirokchilari bo‘ladilar. 
Qonunda ayrim toifadagi jismoniy shaxslarning jamiyatda ishtirok etishi 
taqiqlanishi yoki cheklanishi mumkin. 
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, agar qonun hujjatlarida 
boshqacha qoida belgilangan bo‘lmasa, jamiyatning ishtirokchilari bo‘lishga haqli 
emaslar. 


Jamiyat bir shaxs tomonidan ta’sis etilishi mumkin bo‘lib, u jamiyatning 
yagona ishtirokchisiga aylanadi. Jamiyat keyinchalik bir ishtirokchisi bo‘lgan 
jamiyatga aylanishi mumkin. 
Jamiyat yagona ishtirokchi sifatida bitta shaxsdan iborat boshqa jamiyatga 
ega bo‘lishi mumkin emas, bir aksiyadordan iborat aksiyadorlik jamiyati 
jamiyatning yagona ishtirokchisi bo‘lgan hollar bundan mustasno. 
Jamiyat ishtirokchilarining soni 50 kishidan oshmasligi lozim. 
Agar jamiyat ishtirokchilarining soni ushbu moddaning oltinchi qismida 
belgilangan me’yordan oshib ketsa, jamiyat bir yil ichida aksiyadorlik jamiyati 
yoki ishlab chiqarish kooperativi etib qayta tuzilishi kerak. Agar ko‘rsatilgan 
muddat davomida jamiyat qayta tuzilmasa va jamiyat ishtirokchilarining soni 
belgilangan me’yorga qadar kamaymasa, u yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan 
o‘tkazuvchi organning talabiga binoan sud tartibida tugatilishi kerak. 
Jamiyat ishtirokchilari o‘rtasida murosasiz ziddiyatlar sababli qaror qabul 
qilish uchun yetarli ovozlar soni mavjud bo‘lmaganligi tufayli jamiyatni 
boshqarish masalalari yuzasidan kelishuvga erishish mumkin bo‘lmagan taqdirda, 
nizoli vaziyat sud tartibida hal etiladi. 
Jamiyat ishtirokchilari quyidagilarga haqlidirlar: 
-
ushbu Qonunda va jamiyatning ta’sis hujjatlarida belgilangan tartibda 
jamiyatning ishlarini boshqarishda ishtirok etish; 
-
qonun hujjatlarida va jamiyat ta’sis hujjatlarida belgilangan tartibda 
jamiyatning faoliyati to‘g‘risida axborot olish hamda uning buxgalteriya daftarlari 
va boshqa hujjatlari bilan tanishish; 
-
foydani taqsimlashda ishtirok etish; 
-
jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) o‘z ulushini yoxud uning 
bir qismini ushbu Qonunda va jamiyatning ustavida nazarda tutilgan tartibda 
mazkur jamiyatning bir yoki bir necha ishtirokchisiga sotish yoki o‘zga tarzda 
ularning foydasiga voz kechish; 
-
jamiyat boshqa ishtirokchilarining roziligidan qat’i nazar ushbu Qonunda 
va jamiyatning ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda istalgan vaqtda 
jamiyatdan chiqish; 
-
jamiyat tugatilgan taqdirda, kreditorlar bilan hisob-kitob qilinganidan 
keyin qolgan mol-mulkning bir qismini yoki uning qiymatini olish. 
-
Jami ulushlari jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) kamida o‘n 
foizini tashkil etadigan jamiyat ishtirokchilari o‘z majburiyatlarini qo‘pol 
buzayotgan yoxud o‘z harakatlari (harakatsizligi) bilan jamiyatning faoliyat 
ko‘rsatishiga imkon bermayotgan yoki uni jiddiy tarzda qiyinlashtirayotgan 
ishtirokchini jamiyatdan sud tartibida chiqarilishini talab qilishga haqlidirlar. 
-
Jamiyat ishtirokchilari qonun hujjatlarida va jamiyatning ta’sis 
hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin. 
Jamiyat ishtirokchilari: 
-
ushbu Qonunda va jamiyatning ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan 
tartibda, miqdorda, usullarda va muddatlarda hissa qo‘shishlari; 


-
jamiyat faoliyati to‘g‘risidagi sir tutilgan axborotni oshkor qilmasliklari 
shart. 
-
Jamiyat ishtirokchilarining qonun hujjatlarida va jamiyatning ta’sis 
hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlari ham bo‘lishi mumkin. 
Jamiyatni ta’sis etish tartibi 
Jamiyatning muassislari ta’sis shartnomasini tuzadilar va jamiyat ustavini 
tasdiqlaydilar. Jamiyat muassislari jamiyatning ijro etuvchi organlarini saylaydilar 
(tayinlaydilar), shuningdek jamiyatning ustav fondiga (ustav kapitaliga) pulsiz 
hissalar qo‘shilgan taqdirda, ularning pul bahosini tasdiqlaydilar. Jamiyat ustavini 
tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror, shuningdek jamiyat muassislari kiritadigan 
hissalarning pul bahosini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror muassislar tomonidan bir 
ovozdan qabul qilinadi. Boshqa qarorlar jamiyatning muassislari tomonidan ushbu 
Qonunda va jamiyatning ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi. 
Jamiyatning muassislari jamiyatni ta’sis etish bilan bog‘liq va uni davlat 
ro‘yxatidan o‘tkazishga qadar yuzaga kelgan majburiyatlar yuzasidan solidar 
javobgar bo‘ladilar. Jamiyat muassislarning uni ta’sis etish bilan bog‘liq 
majburiyatlari 
yuzasidan, 
ularning 
harakatlari 
keyinchalik 
jamiyat 
ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi tomonidan ma’qullangan taqdirdagina 
javobgar bo‘ladi. 
Jamiyatning ta’sis shartnomasi va ustavi jamiyat ta’sis hujjatlari deb 
hisoblanadi. 
Agar jamiyat bir shaxs tomonidan ta’sis etilsa, shu shaxs tasdiqlagan ustav 
jamiyatning ta’sis hujjati hisoblanadi. Jamiyat ishtirokchilarining soni ikki va 
undan ortiq kishiga ko‘paysa, ular o‘rtasida ta’sis shartnomasi tuzilishi kerak. 
Jamiyat ishtirokchisining, auditorning yoki istalgan manfaatdor shaxsning 
talabiga binoan jamiyat ularga jamiyatning ta’sis hujjatlari bilan, shu jumladan 
unga kiritilgan o‘zgartishlar bilan tanishish imkoniyatini berishi shart. Jamiyat 
ishtirokchisining talabiga binoan jamiyat unga jamiyatning ta’sis shartnomasi va 
ustavi nusxalarini berishi shart. Nusxalarni berganlik uchun jamiyat tomonidan 
olinadigan haq ularni tayyorlashga ketgan xarajatlardan ortiq bo‘lishi mumkin 
emas. 



Download 4,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   374




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish