Bank aktivlari –
banklarning asosiy faoliyatini amalga oshirishda
foydalanuvchi turli moddiy va moliyaviy resurslar majmui. Ular asosan bank
kreditlari, asosiy vositalari, sotib olgan qimmatli qog’ozlari, investitsiyalari,
valyuta boyliklari ko’rinishida bo’ladi.
Bank depozitlari
– jismoniy va yuridik shaxslarning bank muassasalariga
ma’lum muddatga va muddatsiz omonat shaklida qo’yilgan bo’sh pul mablag’lari.
Bank kapitalining etarlilik darajasi
– jami kapitalning riskka tortilgan
aktivlarga nisbati bo’lib, u xalqaro Bazel kelishuviga ko’ra kamida 8% ni tashkil
etishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |