Educational materials


Risklarni boshqarish usullari



Download 4,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/374
Sana10.02.2022
Hajmi4,65 Mb.
#441699
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   374
Bog'liq
INVESTITSION LOYIHALASHTIRISH FANIDAN MAJMUA 2020-2021

Risklarni boshqarish usullari. 
Risklarni boshqarishning ko’p qo’llaniladigan aniq usullari quyidagilar: 
1.
Riskdan qochish yoki inkor qilish (Risk avoidance). Kompaniyalar ishida 
qochish mumkin bo’lmagan katta risklar mavjud bo’ladi. Bunday risklarni biroz 
kamaytirish mumkin, ammo bu ularning ta’sir kuchini kamaytirmaydi. Shuning 
uchun ulardan qochishning eng yaxshi usuli ular sodir bo’lishi ehtimolini umuman 
yo’q qilish kerak. Bunday usulni qo’llashga misol ma’lum maxsulotni ishlab 
chiqarishni to’xtatish, shu sohada biznesdan ketish va bunday risklar bo’lmagan 
boshqa sohalarni tanlash. 
2.
Riskni o’ziga olish (Risk assumption). Uning mohiyati – zararlarni 
xususiy moliyaviy imkoniyatlar asosida qoplashdir. Bu usul quyidagi holatlarda 
ma’qul: 

Zararlar chastotasi katta bo’lmaganda; 

Potentsial zararlar xajmini firma joriy aktivlari xisobidan qoplash 
mumkin bo’lganda. Bu usulda zararlar joriy pul tushumlari yoki shu maqsadlarda 
maxsus tuzilgan zaxira fondi xisobidan qoplanadi. 
3.
Riskni oldini olish (Loss prevention). Bu usulda ular yuzaga kelishi 
ehtimolini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar qilinadi. quyidagi hollarda uni 
qo’llash ma’quldir: 

Zarar yuzaga kelishi ehtimoli yuqori; 

Zarar miqdori katta emas. 
Risklarni boshqarishda bu usulni qo’llash har xil oldini olish dasturlarini 
ishlab chiqish va qo’llash bilan bog’liq. Bu dasturlar davriy bo’ladi va ular nazorat 
qilib turilishi kerak. Misol sifatida, qorovullar (banklarda), xaydovchilarni o’qitish 
(xafvsizlik maqsadida) ,kimyoviy zararlardan ogoxlantirish, mexnat muxofazasi va 
hokazo. 
4.
Zararni kamaytirish (Loss reduction). Bu usulning moxiyati zararlarni 
kamaytirishga qaratilgan usullarga qaratilgan. Bu usuldan quyidagi hollarda 
foydalanish mumkin: 

Zarar katta bo’lishi ehtimoli yuqori; 

Zarar yuzaga kelish ehtimoli katta emas. 
Misol, ajratish usuli, yonqin xavfidan zarar ehtimoliy xajmini kamaytirish 
maqsadida bitta katta omborning o’rniga ikkita kichik ombordan foydalanish 


mumkin. Agar bunga xarajatlar extimol zararlardan kam bo’lsa. Bu usulni iqtisodiy 
tarafdan qo’llasa bo’ladi. 
5.
Sug’urtalash (Incurance). Bu usul risk boshqaruvida eng ko’p 
qo’llaniladigan usullardan biridir. Uning moxiyati shundaki, firma ma’lum 
risklarni sug’urta kompaniyasiga beradi va agar bular sodir bo’lganda sug’urta 
firmasi ko’rilgan zararni qoplaydi. quyidagi hollarda firma uchun bu usulni 
qo’llash ma’quldir: 

Agar risk, zarar ehtimoli yuqori emas, ammo ehtimol zarar xajmi katta 
bo’lsa. Shuni nazarda tutish kerakki, firmada risklar bir xil turda va ko’p bo’lsa, 
ularni sug’urta kompaniyasi orqali sug’urtalash yo’li bilan emas, balki sug’urta 
badallarini firma ichida joriy etish orqali boshqarish mumkin. 

Risk, zarar bo’lishi ehtimoli yuqori, ammo zarar miqdori kam bo’lsa. 
Sug’urta asosan baxtsiz xodisa yuz bergan hollarda juda zarurdir. Ko’p 
hollarda sug’urta risk boshqaruvida yagona usul xisoblanadi, ba’zida esa qonun 
tomonidan majburiy qilib qo’yiladi. 
6.
O’z-o’zini sug’urta qilish (Self-insurance) usuli ya’ni zararlarni 
qoplashga qaratilgan shaxsiy sug’urta fondlarini tuzishga qaratilgan. U risk 
boshqaruv usuli sifatida quyidagilarga sharoit yaratadi: 

Zararni qoplash imkoniyatlarini oshirish; 

Sug’urta fondlarini investitsiya qilish orqali firma foydaliligini oshirish. 
Keptiv sug’urta – bu nosug’urta tashkilotlari guruhiga kiruvchi sug’urta 
tashkilotidir – sanoat, sanoat-moliyaviy, moliyaviy guruhlar va hamma guruh 
qaltislarini sug’urta qiladi. 
7.
Riskni boshqaga o’tkazish (Risk transfer) usuli shuni anglatadiki firma 
o’zidagi ehtimoliy risk , zararni boshqa firmaga o’tkazadi. Buning bir turi sug’urta, 
firma sug’urta badalini to’laydi va risk sug’urta kompaniyasiga o’tadi. Bundan 
tashqari riskni o’tkazishning , ijara, hold-harmle
ss
tipidagi kelishuvlari kabi 
ko’rinishlari mavjud. 
Xedjirlash (hedging) – sug’urta bilan bog’liq bo’lmagan narx bo’yicha 
risklarni berish. Buning ma’nosi bozorda narxlarning o’zgarishi xisobidan 
keladigan foyda va zararlarni chegaralash xisoblanadi. Xedjirlash savdo 
auktsionlari, fyuchers va forvard shartnomalari orqali joriy qilinadi va risk 
menejmentining ajralmas qismi bo’lib qoladi. 
Ijara usuli mulkni ijaraga olgan kishi uchun uning eskirish qaltisini mulk 
egasiga qoldirish imkonini yaratadi. Odatda bunday risk uchun to’lov ijara xaqi 
tarkibiga kiritiladi.
Hold-harmle
ss 
tipidagi kelishuvlar (ushlovchi uchun zararsiz) zararlar 
bo’lishiga tuziladi. Bunda bir tomonda zarar yuzaga kelganda, ikkinchi tomonning 
qaltisligini o’ziga olishi bo’yicha kelishuv bo’ladi. 
Yana shuni ham aytish mumkinki, davlat tomonidan ham firmalar 
qaltisligini kamaytiruvchi siyosatlar yuritiladi. Masalan, ma’lum sharoitlarda 
majburiy sug’urta, iqtisodiy-ijtimoiy risk juda yuqori faoliyatlar bilan 
shug’ullanishni cheklash va hokazo. 


Bu usullarni qaysi birini qo’llash yoki qo’llamaslikda iqtisodiy tamoyil 
shundaki shu usulga xarajatlar undan keladigan qo’shimcha foydadan kam bo’lishi 
kerak. 



Download 4,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   374




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish